O’qituvchilarning klassik usulda dars o’tishga moslashib qolganligi
Dars jarayonlarida obyekt – subyekt munosabatining qati’y o’rnatilganligi
Dars jarayonlarida asosan darsliklardagi ma’lumotlar bilan cheklanishi
O’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga yo’l qo’ymasligi
O’qituvchiva o’quvchi o’rtasida ijodiy muhitning to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi
O’z fanini chuqur o’zlashtirgan o’qituvchilarning yetishmasligi va ular o’rtasida o’zaro hamkorlik, tajriba almashinish tizimining yo’qligi
Bilim saviyasi yetarli bo’lmagan yoshlarni turli egri yo’llar bilan OTMlarining talabasiga aylanishi
Pedagog kadrlarni tayyorlovchi OTMlarida talabalar bilimini baholash tizimi, ta’lim sifati va samaradorligi, malakaviy amaliyotlarning talab darajasida emasligi
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida o’qitish usullaridan foydalanish mexanizmining zamon talablaridan ortda qolganligi, samarasizligi
O’qituvchilar orasida o’zaro tajriba almashinuvini amalga oshirishning markazlashgan tizimini mavjud emasligi
Sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi(35-40 ta)
Hozirgi kunda maktablarda o’quvchilar soni ning ko’pligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mantiqan o’ylaganda ham 45 minutda 30-40 ta o’quvchini qamrab olish o’qituvchiga jismonan va ma’nan qiyinchilikni keltirib chiqaradi
O’quvchilar bilimini baholashda turli noqulaylik va qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Ayniqsa laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarini bajarishda o’qituvchining o’quvchilar bilan individual ishlash imkoniyatlarini chegaralaydi
Turli fanlar uchun ishlab chiqilgan o’quv dasturlari orasidagi o’zaro muvofiqlik va fanlararo aloqadorlikning yetarli emasligi
Aniq va tabiiy fanlar (Fizika, matematika , kimyo) mavzulari orasida mantiqiy izchillik va muvofiqlik yetarli emas.
Mavzularni tuzishda bir – birini to’ldiruvchilik tamoyiligi yetarlicha ahamiyat berilmagan
Innovatsion yondoshuv va g’oyalarni dars jarayonlariga izchil tadbiq etishdagi yuqoridagi muammolarning barchasi bir-biri bilan uzluksiz bog’liq bo’lib, biri keyingisini to’ldiradi. Ushbu muammolar tizimli va murakkab xarakerga ega bo’lganligi sababli, bitta loyiha doirasida ularning barchasiga samarali yechim topishning iloji yo’q. Shu sababli, biz ushbu loyihada maktab darsliklarining sifati va samaradorligini oshirish, ularni jahon standartlari darajasiga ko’tarish, xususan xalqaro baholash mezonlari(PISA, PIRLS) ga javob beraoladigan, milliylik va zamonaviylik sintezi asosida darsliklar ishlab chiqish lozim.
Darsliklarni ishlab chiqishda quyidagi jihatlarga e’tabor qaratish zarur!
Darsliklarda ifodalangan nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg’unligini yetarlicha ta’minlash zarur
Darslikda keltirilgan har bir mavzuga oid fanning eng so’ngi yutuqlari va muammolari aks ettirilishi lozim
Darsliklarda berilgan savol va topshiriqlar mazmuni kundalik hayot bilan bog’langan, o’quvchilarni mustaqil va ijodiy izlanishga, mantiqiy mushohada yuritishga yo’naltirishi lozim.
Har bir sinf uchun belgilangan darsliklarga qo’shimcha ravishda o’quv va metodik qo’llanmalar, laboratoriya masala va mashqlar to’plami tizimli yo’lga qo’yilishi lozim.
Darsliklarda fan mavzulariga oid animatsion ko’rgazmalar, videoroliklar, tasvirlar, jarayon va hodisalarni ifodalovchi maxsus matritsali shtrix – kod (QR kod) lar, elektron adabiyotlar va linklardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |