Karmana tuman 8 – umumiy o’rta ta’lim maktabi texnologiya fani o’qituvchisi
Ro’ziyeva Zamira Mansurovnaning
“Amaliy fan ijodkori” innovatsion amaliy ish ko’rik – tanlovi uchun tayyorlagan “Tanlagan kasbim – faxrim mening” mavzusidagi
metodik tavsiyasi
2020-2021 o’quv yili
7 - sinfda uzviylashgan o’quv dasturi bo’yicha “Gazlamga ishlov berish” bo’limini o’quvchilarga yetkazish yuzasidan uslubiy tavsiya.
7- sinfda uzviylashgan o’quv dasturi bo’yicha “Kiyimlar ishlab chiqarish” bo’limini 20- soatga mo’ljallangan bo’lib, bu darsni nazariy - amaliy tipda, ko’rgazmalar asosida, guruhlarga bo’lib, musoboqa, munozara, aqliy hujum va amaliy mashg’ulotni birgalikda qo’llab o’qitish yaxshi natija beradi. Texnologiya darslarida interfaol usullardan foydalanib, ta’limda sifat va samaradorlikka erishish mumkin. Hozirgi zamon o’quvchisi bir xillikni yoqtirmaydi. Ular bilan ishlashda, ayniqsa texnologiya , tasviriy san’at, chizmachilik hamda musiqa darslarida ko’rgazmalilikka etibor berish zarur. Aziz o’qituvchilar har bir darsimizda “ Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal” maqoliga rioya qilsak, oquvchilarimiz chaqqon, bilimdon va chevar bo’lib yetishadilar. Konferensiya mashg’ulotini bo’lim tugagandan so’ng 4 ta sinf o’quvchilar xoxishiga ko’ra guruhlarga bo’lib tashkil etiladi. Har bir guruh o’z formasi, ish qurollari hamda ko’rgazmasini qo’lda o’zlari tayyorlaydilar.
Bugungi kunda ta’lim sohasida pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g’oyalarining paydo bo’lishi o’qituvchi faoliyatini yangilanishini talab etmoqda. Amaliy fanlar o’qituvchilarining asosiy maqsadi fanlarni o’qitishda o’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish, STEAM (fan, texnologiya, injiniring, san’at va matematika (science, technology, engineering, art and mathematics)) yondashuvi asosida fanlarni integratsiyasini kuchaytirish, har bir o’quvchini ijodkorga aylantirishga, turli manbalar (adabiyotlar, eksperimentlar va h.k) yordamida mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirishga, o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan munosabatni o’zgartirishga, yashirinib yotgan motivatsiyalarini ro’yobga chiqarishga e’tiborni qaratish hamda bilim olishga qiziqtirishi lozim.
Bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan davlatimiz yuqori texnologiyalar sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Bugungi kunda STEAM ta’limi birinchi o’rinda turadi. Bu esa kelajakda texnologik jarayonni rivojlantirish va mamlakatimizda ilmiy va muhandislik kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qoplanishiga yordam beradi.
T exnologiya faniga oid darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tadbirlarda konferensiya darsini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalar hal etiladi:
O‘quvchilarning texnologiya faniga oid nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash.
Kasblar xususiyatini farqlay bilishga o‘rgatish orqali ularni turli kasblarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish.
Fanlararo aloqalarni uzviy o‘rgatish.(matematika tasviriy san’at, konstruktorlik, tikuvchilik)
4.Unumli mehnat qilib, yuqori samaradorlikka erishishni o‘rgatish.
5. Ekologik, iqtisodiy tarbiya berish.
Mulohaza yuritish, fikrlash, xulosa chiqara olish malakalarini hosil qilishga o‘rgatish.
Qo‘shimcha adabiyotlardan va INTERNET tarmog’idan unumli foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.
O‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining cheksizligiga, o‘z qobiliyatlariga ishonch hosil qildirish.
Konferensiya darsi jarayonida o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Yuqoridagi dars jarayonida ishtirok etgan guruh o’quvchilari bir-birlari bilan fikr almashishlari natijasida kasb-hunarga qiziqishlari ortadi.
O‘quvchilar konferensiya darsida o‘zlari yoqtirgan kasb kishilari qiyofasi (har bir kasb egasi alohida kiyim ish quroli ) va holatiga kirib, ziyraklik, chaqqonlik, hozirjavoblik, bardoshlilik, tadbirkorlik vaziyatlari va ishbilarmonlik xislatini namoyish qiladilar. Bunday darslar o’quvchining kichik-kichik hajmdagi ilmiy ishlar qilish uchun bosilgan dastlabki qadamlari ham bo‘lishi mumkin.
Bunday konferensiya dars mashg’ulotlari boshqa sinflarda o‘tkazilsa ham o‘zining ijobiy natijalarini beradi. Bunda ma’lim bir bo’lim yoki katta mavzuni qamrab olish tavsiya etiladi.
100 marta eshidgandan 1 marta ko’rgan yaxshi.
“Tanlagan kasbim – faxrim mening” darsdan tashqari konferensiya mashg’ulotini o’tkazish texnologiyasi
Boshlovchi: Chiroyli xulq – oftobli,
Yana go’zal, odobli,
Diyonatli, insofli
O’zbekiston qizlari.
Har sohadan bilishar,
Bilib amal qilishar.
Yurtim, elim deb yashar
O’zbekiston qizlari.
Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchilar!
Bugungi “Bichish – tikish ”mavzusiga bag‘ishlangan anjumanimizni boshlaymiz. Tadnirda 7- sinf taqvim mavzudagi 33-52 mavzularni o’z ichiga qamrab olingan. Anjumanda yosh dizaynerlar, modelyerlar, bichuvchi - tikuvchilar , tadbirkorlar qatnashmoqda.
So‘z yosh dizaynerlarga, marhamat!
Dizayner : «Dizayn» so‘zi inglizsha («design») «dizayn» so‘zidan kelgan bo‘lib, shizma naqsh, g‘oya va loyihalash hamda konstruktsiyalash jarayoni ma’nosini bildiradi.
Dizayner : Dizayn – ijodiy loyihalashtirish faoliyati bo‘lib, uning maqsadi insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan buyumlarning uyg‘un olamini yaratishdan iborat. Dizayn sohasida faoliyat ko‘rsatadigan hamda buyumlar va mahsulotlarning yuqori iste’molbop va estetik sifatlarini ta’minlaydigan mutaxassislar dizaynerlar deb ataladi.
Dizayner : Dizayner – bu hozirgi kunda eng obro‘li, nufuzli va katta haq to‘lanadigan kasblardan biridir. Dizayner-modeler yangi, zamonaviy kiyim modellarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Bunda modeler moda yo‘nalishini, yaratilgan modelni kiyadigan insonlarning yosh va gavda xususiyatlarini, iqlim sharoiti va fasllarni e’tiborga olishi zarur. Bu bilan ular insonlar hayotini go‘zal qilishga harakat qiladilar.
4- Dizayner: Dizayner-modeler kasbi quyidagi sifatlarni o‘zida mujassam qiladi:
p redmetlar va turli vaziyatlarga original va noan’anaviy qarash mavjudligi;
turli ko‘rinishlar haqida fikr yurita olishi;
tayyor buyumni to‘laligisha ko‘ra olishi;
shiqishimli, gapga tuchunadigan bo‘lishi; – mijoz talablarini tinglash va eshitish mahorati;
kreativligi – har qanday masalaga ijodiy yondoshish mahorati, g‘oyalarni boshqarishi;
o‘tirib ishlay olishi – ayrim hollarda bitta narsani bir nesha marta qayta ko‘rib shiqishga to‘g‘ri keladi;
mehnatsevarligi – doimiy amaliy ishlarni bajarish kasbiy mahoratini o‘sishiga olib keladi;
sabr toqatliligi – muvaffaqiyatsizlikka ushragan vaqtda ham ruhan tushkunlikka tushmaslik, hesh narsaga qaramasdan o‘z yo‘lidagi barsha to‘siqlarni yengib o‘tishi.
5- dizayner : Dizayner-modeler insonlarga go‘zallikni ko‘ra bilishga, hayotni yanada yorqinroq, jozibali va xushshaqshaq bo‘lishiga yordam beradi. Bunda o‘zining qobiliyati va talantini tatbiq etib, bulardan zavqlanadi. Shuningdek, ijodkor insonga qo‘shimsha kush ham ato etib, o‘zining kasbiy sohasini kengaytiradi. Maqsadga intilishi, ishshanligi va sabrtoqatligi ko‘paygan sari dizaynerda moda olamida mashhur bo‘lishga imkoniyat yaratiladi. Demak, dizayner-modeler kiyim modellarini yaratish uchun dastlabki materialga, ya’ni asosiy fondga ega bo‘lishdan tashqari insonda xotira mustahkam bo‘lishi zarur. Ko‘rgan keshirganlarni eslab qolish va bular asosida yangi fikrlar, g‘oyalar va obazlarni yaratish uchun xotira, tasavvur, ijodiy fantaziya kabi sifatlarni rivojlantirib borish zarur.
6- dizayner: Dizayner faqat ofisda emas, balki uyida o‘zining dasturlashtirilgan kompyuterida ham ishlashi mumkin. Ish jarayonidagi qo‘yilgan xatolikka ishonshsizlik bilan qarash kerak emas, shunki har qanday xatolikni to‘g‘rilash mumkin. Dizaynerda o‘z ishining natijasini ko‘rish imkoniyati mavjud hamda estetik zavq olish mumkin. Dizayner-modeler rassomshilik bo‘yisha bilimlarga ega va oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak.
Boshlovchi: Endi navbatni yosh modelyerlarga beramiz. Marhamat! O’zini kamol toptira olmagan inson
o’zgalar kamolotini ta’minlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |