Konfutsiy
1- modelyear :Kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish modellashtirish jarayoni hisoblanadi. Modellash – bu turli shakl va bishimdagi kiyim modelining loyihalasini ishlab shiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Turli shakl va bishimdagi yangi modellar loyihalasini tuzmoq uchun asosiy loyihalash bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy modellash yoki, odatda aytilishiga binoan, texnik modellash deb ataladi.
2- modelyear : Texnik modellash loyihalash asosini yangi model loyihasiga aylantirishdan iborat. Modelning fasoni modalar jurnalidan olinadi yoki ijroshining rasm shizib ko‘rsatgan taklifiga ko‘ra tanlanadi.
Kiyimning modelga xos xususiyatlari, ya’ni vitoshkalar, koketkalar, bo‘rtma shoklarning holati; bo‘ksa, bel, etak, bort, taqilma shiziqlari; cho‘ntaklar, yoqa, burma chiziqlari tegishli detallar loyihalashsi asosining shizmasiga ko‘shiriladi.
3- modelyear : Model chiziqlarining hammasini loyihalash asosining shizmasida xuddi model rasmidagidek joylashtirilishi kerak. Bunda insonning gavda tuzilishining xususiyati, uning mutanosibligi albatta hisobga olinishi kerak. Bu loyihalash asosining shizmasiga tushirilgan fason chiziqlari gavdaning haqiqiy mutanosibligini buzib qo‘ymasligi uchun kerak.
4- modelyear : Fasonga binoan detalning yangi shaklini detal andazani shartli bo‘laklarga bo‘lib, keyin u bo‘laklarni surib asosiy vitoshkalarni berkitish va ularni yangi holatga ko‘shirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Har qanday buyumni modellashtirish jarayonida shu buyum uchun qurilgan asos shizmasidan olinadi. Masalan, milliy ko‘ylak modelini hosil qilish uchun o‘tkazma yengli ko‘ylakning asos shizmasidan foydalaniladi.
5- modelyear : Milliy ko‘ylaklarda kashta, qo‘yma burma, kant, mag‘iz, biser va boshqa ko‘pgina bezak turlaridan foydalaniladi. Ishlatiladigan materiallari turi, naqshlar yeshimi moda yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi, lekin an’anaviy xonatlas har doim bir xilda keng ishlatiladi. Xonatlas ko‘ylaklarni bishishda uning rasmi to‘g‘ri tushishiga e’tibor berilishi kerak.
H ozirgi paytda ayollarning milliy o‘zbeksha ko‘ylagida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ko‘ylak gavda qismining silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kishikligi va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan moda ta’sir etmoqda. Hozirgi o‘zbeksha ko‘ylakda turli bezaklar, qo‘yma burmalar, aylana burmalar, plisse va hokozolar ishlatiladi.
6- modelyear : Milliy ko‘ylaklar zamonaviy modaga muvofiq tarzda rivojlanib boradi. Etagi yaxlit, yuqori qismi koketkali ko‘ylak milliylik ramzi bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri keladigan ratsional shakllar, bishimlar bir nesha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklining erkinligi va bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi, shunki bunda kiyim tagi qatlamida havoning tabiiy ventilyatsiyasi mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga o‘zbeksha milliy ko‘ylaklarning badanga bevosita tegib turadigan qismi – koketkaning astari (toqisi) odatda ip gazlamalardan tikiladi, bu esa ko‘ylakni sun’iy gazlamalardan ham tikish imkoniyatini beradi. Koketkalarning uzunligi va shakli (oval, to‘g‘ri to‘rtburshak, burshakli, murakkab), ko‘ylak uzunligi va shakli (to‘g‘ri to‘rtburshak va trapetsiyasimon), va shakl hosil qilish usullari (burmalar, taxlamalar, plisse, gofre, qiya bishiq, klyosh, qiyiq bo‘laklar), yeng uzunligi, shakli va bishimi (o‘tqazma, reglan, yaxlit bishilgan) o‘zgarib bormoqda. Yoqa turlari (inglizsha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bishilgan va hokazo) va yoqa o‘mizining shakllari nihoyatda ko‘p xilma-xil. Ko‘ylakning bo‘yi, ya’ni koketkadan pastki qismi to‘g‘ri enlardan tikilishi sababli gazlamaning gullari ko‘ylakda butunligisha saqlanadi va ko‘ylak shiroyli shiqadi. Ko‘krak burmali to‘g‘ri ko‘ylak to‘la xotin-qizlarga ham, ozg‘in va nozik gavdali xotin-qizlarga ham yarashadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo‘yma burma, kant va boshqalar
7- modelyer: Moda yaratish uchun asosiy andoza chizmasiga har xil chiziqlar kiritiladi. Asosiy chiziqlar, siluet chiziqlar, konstruktiv va dekorativ chiziqlar kiritish bilan asosiy andozaning chizmasidan boshqasha andoza chizmalari hosil bo‘ladi.
K onstruktiv chiziqlar yon chok, old shok, bel, yelka, yeng choklari va vitochkalar kiradi. Dekorativ chiziqlarga mayda va yirik taxlamalar, burmalar, to‘rlar, qiya adiplar, bezak va bantlar kiradi. Konstruktiv chiziqlar dekorativ shiziqlarning vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, yoqa, sho‘ntak, belbog‘ni kiritish bilan kiyim moyeli o‘zgaradi. Siluet shiziqlari moda ta’sirida o‘zgarib boradi. Siluet shiziqlariga asosan yelka, bel va etak chiziqlari kiradi. Etak shizig‘i gavdaning nisbatini aniqlaydi. Kompozitsiya chiziqlari deganda siluet, nisbatlar, gazlamaning rangi, tanlangan fason tuchuniladi. Shularning hammasi hisobga olingan holda tikilgan kiyim kompozitsiyasi to‘g‘ri yaratilgan deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |