Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Дмитрусенко 0.3. Метание копья: Формы и методы тренировки //
Легкая атлетика. -1991. - № 5. - С. 15-18.
2.
Зеличенок В.Б., Никитушкин В.Г., Губа В.П. Легкая атлетика.
Критерии отбора – М., Терра-Спорт, Москва, 2000, - 240 стр.
3.
Шакиржанова К.Т. "Олий таълим муассасаларида енгил атлетика
бўйича факултатив машғулотлар (қисқа масофаларга югурувчилар учун)" ўқув
қўлланма. Т., ЎзДЖТИ. 2008.
4.
Шакиржанова К.Т. "Основы спортивной тренировки в легкой атлетике"
маъруза. Т., ЎзДЖТИ. 2008.
5.
Шакиржанова К.Т. "Енгил атлетикада бошқарув ва назорат” маъруза
Тошкент ЎзДЖТИ 2009.
69
3 – Modul. DISK ULOQTIRISH
3.1. DISK ULOQTIRISHNING RIVOJLANISHI
Disk uloqtirish
– bu yengil atletikaning qadimiy turlaridan biri bo’lib,
qadamgi Yunonistonda eramizdan oldingi Olimpiya o’yinlarida disk uloqtirish
bo’yicha musobaqalar ommaviy va qiziqarli bo’lib, o’sha zamonlarda disk toshdan,
taxtadan, bronza va mis kabi materiallardan tayyorlangan. O’sha davrda disklar
turli og’irliklarda bo’lib 1.25 kg dan 6 kg.gacha bo’lgan. Diametri 16 sm.dan 34
sm.gacha bo’lgan. Uloqtirish maxsus tosh miramir ustudidan uloqtrilgan. Uning
o’lchamlari 70x80sm bo’lgan miramir tosh ustuda joyidan turib uloqtirgan. Ilk
zomanaviy olimpiya o’yinlarida pentatlon ya’ni beshkurash tarkibida bo’lgan.
Diskni uloqtirish joyi doim chegaralangan. Dastlab, bu kvadrat shaklidagi,
uncha katta bo’lmagan (o’lchamlari 80 × 80 sm) supacha (postament) ko’rinishida
belgilangan, keyinchalik esa – doira shaklidagi (diametr o’lchami – 2,1 metr
atrofida) soha ko’rinishida belgilangan.
Keyin esa, doira soha o’rniga yana qaytadan kvadrat sohadan foydalanishga
o’tilgan va uning o’lchamlari kattalashtirilgan. Disk uloqtirish uchun yakuniy
holatdagi soha sifatida diametr o’lchami 2,5 metrni tashkil qiluvchi, doira
shaklidagi soha belgilanib, hozirgi kungacha bu tartib saqlanib qolgan.
Disk uloqtirish – bu tezlik – kuch tavsiflariga ega bo’lgan, asiklik
harakatlanishdan tashkil topgan bo’lib, makon bo’ylab murakkab harakatlanish
ko’rinishiga ega hisoblanadi, bu harakat o’z tarkibiga intilish va aylanish
harakatlari umumiyligini qamrab oladi. Disk aerodinamik tavsiflarga ega bo’lgan
holatda ishlab chiqilgan sport anjomi (snaryad) hisoblanadi.
Dunyoning eng kuchli disk uloqtiruvchilari tomonidan bajarilgan mashqlar
davomida diskning boshlang’ich tezligi qiymati 24 – 25 m/s ni tashkil qiladi, shu
bilan bir vaqtda quyi kvalifikatsiya darajasiga ega bo’lgan sportchilarda bu qiymat
18 – 19 m/s dan oshmasligi qayd qilinadi. Diskning 7 – 8 aylanish/s tezligida
aylanishi uning yerga tushishigacha barqaror holatda uchishini ta’minlab beradi.
70
Sekin aylanuvchi disk qayriladi va qovurg’a qismi bilan yerga qulab tushadi.
Diskni qarama – qarshi esuvchi shamol (5 m/s gacha tezlikda) yo’nalishida to’g’ri
holatda uloqtirish erishiluvchi natijani sezilarli darajada oshirishi, 5 metrgacha
qo’shimcha natija berishi mumkinligi qayd qilinadi.
Qadimgi Gretsiyada I Olimpia o’yinlarida disk uloqtirishning antik usulidan
foydalanilgan, ya’ni bunda disk vertikal tekislik bo’ylab uloqtirilgan. Biroq, II
Olimpia o’yinlarida zamonaviy davrda disk uloqtirish usulini Chexiyalik Ya.Suk
(1900 yil) namoyish qilib bergan, bunda disk aylantirish bilan va nisbatan
nishablik burchagi ostida uloqtirish amalga oshirilgan. Bu usul navbatdagi
davrlarda
Finlyandiyada
rivojlantirilgan.
Jumladan,
Finlyandiyada
disk
uloqtirishda
qo’llarning
a’lo
darajada
mayatniksimon
ko’rinishdagi
harakatlantirilishi va disk bilan birgalikda silliq holatda aylantirilishi bilan
ifodalanuvchi sport maktabi taraqqiy etgan. Bu usulga raqobatchi sifatida
Amerikalik disk uloqtiruvchilar o’z uslublarini ishlab chiqishgan, bunda diskni
uloqtirish vertikal o’q atrofida aylantirish bilan, oyoqlarda chuqur holatda o’tirish
orqali uloqtirilgan. Hozirgi kunda yuqorida keltirilgan har ikkala usulning turli xil
modifikatsiyalari ustunlik qiladi.
Olimpia o’yinlari dasturi tarkibiga erkaklar o’rtasida disk uloqtirish sport
turi dastlab 1896 yilda kiritilgan, ayollar o’rtasida esa 1928 yildan boshlab
foydalanilgan. 1928 yilda XXVII Olimpia o’yinlarida (Sidney shahri, 2000 yil)
disk uloqtirish bo’yicha Olimpia chempionlari sifatida quyidagi sportchilar qayd
qilib o’tilgan: jumladan, erkaklar o’rtasida V.Alekna (Litva) – 69,30 metr va
ayollar o’rtasida E.Zvereva (Belorussiya respublikasi) – 68,40 metr.
Afina shahrida o’tkazilgan XXVIII Olimpia o’yinlarida V.Alekna (Litva)
yana Olimpia chempioni sifatida qayd qilingan (69,89 metr). Ayollar o’rtasida
oltin medalni N.Sadova (Rossiya) qo’lga kiritgan (67,02 metr), bronza medali esa
Belorussiyalik I. Yatchenkoga nasib qilgan (66,17 metr).
Disk uloqtirish bo’yicha erkaklar o’rtasidagi dastlabki dunyo rekordi 1912
yilda, 47,58 metr natija bilan qayd qilingan (Dj. Dunkan, AQSh); ayollar o’rtasida
71
esa – 1936 yilda dunyo rekordchisi sifatida G.Mauermauer (Germaniya) 48,31
metr natija bilan qayd qilingan.
Disk uloqtirish bo’yicha dunyo rekordi uzoq vaqt davomida AQShlik
sportchilar qo’lida saqlangan, ayniqsa bu holat urushdan keyingi davrda yaqqol
kuzatilgan. Disk uloqtirish bo’yicha texnikani takomillashtirishda sezilarli faollik
ko’rsatgan sportchilar sifatida F.Gordiyen, R.Babka, D.Silvestr, A.Orter,
M.Uilkins kabilar ko’rsatib o’tiladi. Shuningdek, ushbu o’rinda L.Danek (Sobiq
Chexoslovakiya), R.Brux (Shvestiya), V.Shmidt (GDR), V.Trusenev va
Yu.Dumchev (Sobiq ittifoq) kabi sportchilarni qayd qilib o’tish mumkin.
Dunyo miqyosida disk uloqtirish bo’yicha kuchli sportchilar orasida yengil
atletikaning ushbu turining rivojlanishiga N.Dumbadze, N.Ponomareva, T.Press,
F.Melnik (Sobiq ittifoq); K.Shilberg, E.Yaal (GDR); A.Menis (Ruminiya);
Z.Shilxava (Sobiq Chexoslovakiya) kabi sportchilar sezilarli hissa qo’shishgan.
Hozirgi vaqtda disk uloqtirish bo’yicha erkaklar o’rtasida dunyo rekordi
GDRlik Yurgen Shultga tegishli bo’lib, 1986 yil, 74,08 m natija qayd etgan bo’lsa,
ayollar o’rtasida dunyo rekordi GDRlik Gabriela Raynshga tegishli u 1988 yil,
76,80 m natijani qayd etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |