83-rasm. Ko‘krak va qorin mushaklari: 1—qovurg‘alararo tashqi mushaklar; 2—qovurg‘alararo ichki mushaklar; 3-qorin- ning to‘g‘ri mushagi; 4—qorinning ko‘ndalang mushagi; 5—oq chiziq; 6—kichik ko‘krak mushagi.
Katta ko‘krak mushagi (m. pectoralis major) katta, yelpig‘ich- simon shaklda bo‘lib, ko‘krak qafasining oldingi devorini yuqo- ri qismini egallaydi. U o‘mrov suyagining ichki yarmidan, to‘sh suyagining oldingi yuzasi va II—VII qovurg‘alar tog‘ayidan, qorin to‘g‘ri mushagi qinining oldingi devoridan boshlanadi. Mushak to- lalari tashqi tomonga yo‘nalib, yelka suyagi katta do‘mboqcha qir- rasiga birikadi. Faoliyati: ko‘tarilgan qo‘lni tushirib tanaga yaqin- lashtiradi va ichkariga buradi. Agar qo‘l qimirlamay tursa, qovurg‘alarni ko‘tarib nafas olishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |