O‘tkir qirrali-ko‘ndalang mushaklar (mm. spinotransversales) umurtqalarning o‘tkir qirrali va ko‘ndalang o‘siqchalari o‘rtasi- dagi egatda birnecha qavat bo‘lib joylashgan. Bu mushak umurt- qalarning ko‘ndalang va qirrali o‘siqchalari o‘rtasida yuqoriga qiya yo‘nalgan tolalardan iborat. Uning tolalari turli uzunlikka ega bo‘lib, nechta umurtqaning ustidan o‘tishiga qarab uch guruhga bo‘linadi: mushakning yuza joylashgan qismi yarim qirrali mushak 4—6 ta umurtqa ustidan o‘tib birikadi. Uning o‘rta qavatida joy- lashgan ko‘p bo‘lakli mushak 2—4 ta umurtqa ustidan o‘tib birik- sa, chuqur joylashgan buruvchi mushak bitta umurtqa ustidan o‘tib keyingisiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini bo‘ylama o‘q atrofida buradi.
Chuqur qavatda:
Do'stlaringiz bilan baham: |