Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Download 0,59 Mb.
bet9/13
Sana12.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#782432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

17-rasm. Qovurg‘alar (costae).
A – birinchi qovurg‘a.
1 – caput costae I; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – sulcus arteriae subclaviae; 5 – tuberculum m.scaleni anterioris; 6 – sulcus v.subclaviae.
B – ikkinchi qovurg‘a.1 – caput costae II; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – tuberositas m.serrati anterioris; 5 – corpus costae.

qovurg‘alar (costae spuriae) deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg‘alarning tog‘aylari esa hech qayerga yopishmasdan qorin muskullarining oralarida erkin joylashgan. Shu sababli juda harakatchan bo‘ladi. Ular yetim qovurg‘alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Qovurg‘alarning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Qovurg‘aning orqa uchida yo‘g‘onlashgan boshchasi (caput costae) bor. II–X qovurg‘alar boshchasi umurtqalar oraliq chuqurchalariga qo‘shilgani uchun ularning bo‘g‘im yuzalari qirra (crista capitis costae) bilan ikkita bo‘g‘im yuzasiga ajralgan. I, XI va XII qovurg‘alar boshchalarida qirra bo‘lmaydi, chunki umurtqa tanasidagi butun bo‘g‘im chuqurchalari bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Qovurg‘a boshchasi ingichkalashgan bo‘yin (collum costae) qismiga o‘tadi. Bo‘yin qismining
qovurg‘a tanasiga o‘tish chegarasida do‘mboqcha (tuberculum costae) ko‘rinadi. I–X qovurg‘alar do‘mboqchalaridagi bo‘g‘im yuzlari




18-rasm. Sakkizinchi o‘ng qovurg‘a (costa VIII). Ichki yuzasi.1 – caput costae; 2 – collum costae; 3 – facies articularis capitis costae; 4 – crista capitis costae; 5 – corpus costae; 6 – sulcus costae.

(facies articularis tuberculi costae) ikki qismga ajralgan bo‘lib, ularning pastki qismi umurtqalar ko‘ndalang o‘siqlaridagi bo‘g‘im chuqurchalariga qo‘shilib turadi. Do‘mboqchalar bo‘g‘im yuzalarining yuqori qismlariga esa boylamlar yopishadi. XI–XII qovurg‘alardagi do‘mboqchalar unchalik rivojlanmagan, bo‘g‘im yuzalari bo‘lmaydi. Qovurg‘a tanasida (corpus costae) tashqi, ichki yuzalari, tepa va pastki chekkalari bor. Birinchi qovurg‘aning, aksincha yuqori va pastki yuzalari, ichki va tashqi chekkalari bo‘ladi. Qovurg‘a tanasi bir oz bukilib qovurg‘a burchagi (angulus costae)ni hosil qiladi. Ko‘pchilik qovurg‘alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg‘a egatchasi (sulcus costae) (nerv va tomirlar uchun) joylashgan. Qovurg‘alarning shakli va uzunligi ko‘krak qafasining tuzilishiga hamda shakliga bog‘liq. Qovurg‘alarning uzunligi I dan VII qovurg‘agacha orta borib, VIII qovurg‘adan oxirgi XII qovurg‘agacha qisqarib kamayadi.
Birinchi qovurg‘a boshqa qovurg‘alardan uning yuqori yuzasida narvonsimon muskul do‘mbog‘i (tuberculum musculi scaleni anterioris) bor. Do‘mboq oldida o‘mrov osti vena egati – sulcus venae subclaviae, do‘mboq orqasida esa o‘mrov osti arteriya egati – sulcus arteriae subclaviae bo‘ladi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish