Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Download 0,59 Mb.
bet1/13
Sana12.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#782432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar


Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

Reja:




  1. Muskullar fiziologiyasi

  2. Tana skeleti

  3. Umurtqalar

  4. Qovurg‘alar

  5. Tana suyaklarining birlashuvi

  6. Qovurg‘alarning umurtqalar va to‘sh suyagi bilan qo‘shilishi

  7. Ko‘krak qafasi

  8. Tana muskullari

Odam organizmida uch xil muskul mavjud: 1) skelet yoki ixtiyoriy qisqaruvchan muskul bo‘lib, mikroskop ostida uning tolalari ko‘ndalang-targ‘il ko‘rinadi. Shuning uchun skelet muskullari ko‘ndalang-targ‘il muskullar deb ataladi; 2) yurak muskullari garchand ko‘ndalang-targ‘il muskuldan tuzilgan bo‘lsa-da, ixtiyorsiz qisqaradi; 3) silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchan muskullar ichki a’zo va tomirlar devorida joylashgan.


Skelet muskullari harakat organlari sistemasi orasida o‘zining qisqaruvchan xususiyati bilan muhim vazifani bajaradi. Muskullar nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar ta’sirida qisqarganda, gavdada turli harakatlar vujudga keladi. Odatda, skelet muskullari odam ixtiyoriga monand qisqaradi.
Skelet muskullari o‘rta yashar odamda gavda og‘irligining 40 foizini, yosh organizmda esa 20–25 foizni tashkil etadi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda esa muskullarning umumiy og‘irligi gavdaga nisbatan 50 foizgacha yetadi. Yosh ulg‘aygan sari muskullar hajmi va og‘irligi asta-sekin kamayib boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor.
Skelet muskullarining (musculus) har biri ko‘ndalang-targ‘il tolalardan tuzilgan bo‘lib, qisqarish qobiliyatiga ega. Har bir muskulning qisqaruvchi qismi – tanasi (venter) va ikki uchi, ya’ni boshlanish (origo) va biriktiruvchi (pay) qismlari bor. Bundan tashqari, uzun muskullarning boshi (caput) va dumi – yopishadigan pay qismi (insertio) bo‘ladi. Yassi muskullar (qorin muskullari)ning yassi payi – aponevrozi (aponeurosis) bo‘ladi.






rasm. Gavda muskullari (old tomoni).
1–venter frontalis (m. occipitofrontalis); 2–m. orbicularis oris; 3–m. mentalis; 4–m. sternohyoideus; 5–m. extensor carpi ulnaris; 6–m. extensor digiti minimi; 7–m. extensor digitorum; 8–m. flexor carpi ulnaris; 9–m. anconeus; 10–m. rectus abdominis; 11–m. ofliquus externus abdominis; 12–pyramidalis; 13–m. iliopsoas; 14–tensor fasciae latae; 15–m. pectineus; 16–m. abductor longus; 17–m. sartorius; 18–m. gracilis; 19–m. rectus femoris; 20–m. vastus lateralis; 21–m. vastus medialis; 22–m. adductor hallucis; 23–m. extensor digitorum longus; 24–m. flexor digitorum longus; 25–m. extensor digitorum longus; 26–m. tibialis anterior; 27–m. soleus; 28–m. gastrocnemius; 29–m. extensor pollicus brevis; 30–m. abductor pollicis longus; 31–m. extensor carpi ulnaris; 32–m. extensor carpi radialis brevis; 33–m. extensor digitorum; 34–m. extensor carpi radialis brevis; 35–extensor carpi radialis longus; 36–m. brachioradialis; 37–m. brachialis; 38–m. triceps brachii; 39–m. biceps brachii; 40–m. serratus anterior; 41–m. pectoralis major; 42–m. deltoideus; 43–m. trapezius; 44–m. sternocleidomastoideus; 45–m. depressor anguli oris; 46–m. masseter; 47–m. zygomaticus major; 48–m. orbicularis oculi; 49–m. temporalis.



rasm. Gavda muskullari (orqa tomoni).
1 – venter occipitalis (m. occipitofrontalis); 2 – m. semispinalis capitis; 3 – m. splenius capitis; 4 – m. sternocleidomastoideus; 5 – m. trapezius; 6 – m. deltoideus; 7 – m. triceps brachii; 8 – m. biceps brahii; 9 – m. brachialis; 10 – pronator teres; 11 – m. brachioradialis; 12 – m. flexor carpi radialis; 13 – m. palmaris longus; 14 – m. flexor carpi ulnaris; 15 – m. flexor digitorum superficialis; 16 – m. semitendinosus; 17 – m. semimembranosus; 18 – m. biceps femoris; 19 – m. semimembranosus; 20 – m. gastrocnemius; 21 – m. soleus; 22 – m. peroneus longus; 23 – m. peroneus brevis; 24 – m. plantaris; 25 – m. gluteus maximus; 26 – m. gluteus medius; 27 – m. obliquus externus abdominis; 28 – m. latissimus dorsi; 29 – m. serratus anterior; 30 – m. teres major; 31 – m. infraspinatus; 32 – m. teres minor; 33 – m. brachioradialis; 34 – m. masseter; 35 – m. temporalis.

Har bir muskulni sirtidan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan parda – epimizit (epimysium) yoki fassiya o‘rab turadi. Muskul ichidagi muskul tutamlarini o‘ragan parda perimizit (perimysium) deb ataladi. Muskul tolasining har birini nafis to‘r parda – endomizit (endomysium) o‘raydi. Bu pardalar muskul tolalari, tutamlarini o‘zaro birlashtiradi va muskulning alohida qisqarishiga imkoniyat tug‘diradi. Ularga quyidagilar kiradi:

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish