Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Download 0,59 Mb.
bet5/13
Sana12.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#782432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

UMURTQALAR
Odam umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi (ko‘krak umurtqalari – vertebrae thoracicae) 12 dona. Tuzilishiga qarab boshqa umurtqalarga nisbatan namuna qilib olinsa bo‘ladi.
1. Ko‘krak umurtqalarining (8-rasmlar) tanasi – corpus vertebrae (tepadan pastga qarab) hajmi jihatidan kattalasha boradi. Ko‘krak umurtqalarining ikki yonboshiga va ko‘ndalang (processus transversus) o‘simtalariga 12 juft qovurg‘aning bo‘g‘im hosil qilib qo‘shilib turishi ularni boshqa umurtqalardan ajratib turadi. Aksariyat qovurg‘alarning boshchalari yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa tanalarining yonbosh oralig‘iga o‘rnashgan bo‘ladi. Shuning uchun aksariyat umurtqalarning ikkala tomonida (tepa va pastida) yarimtadan chuqurchasi (foveae costales sureriores et inferiores) bo‘ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno bo‘lib, tanasining yuqori qirrasida birinchi qovurg‘a uchun bitta butun qovurg‘a chuqurchasi (foveae costalis superior), tanasining pastida ikkinchi qovurg‘a uchun yarimta qovurg‘a chuqurchasi (foveae costalis inferior) bo‘ladi. O‘ninchi umurtqada esa (X qovurg‘a uchun) bitta yarim chuqurcha va XI–XII umurtqalarda har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg‘alar uchun) bittadan to‘la chuqurcha joylashgan.


8 - -rasm. Ko‘krak umurtqasi (vertebra thoracica). Yonboshdan ko‘rinishi.
1 – corpus vertebrae; 2 – fovea costalis superior; 3 – incisura vertebralis superior; 4 – processus articularis superior; 5 – fovea costalis transversalis; 6 – processus transversus; 7 – processus spinosus; 8 – processus articularis inferior; 9 – incisura vertebralis inferior; 10 – fovea costalis inferior.

Umurtqa tanasi bilan uning ravog‘i o‘rtasida umurtqa teshigi (foramen vertebrale) bor. Yuqori va pastdagi bir juftdan frontal holatda joylashgan bo‘g‘im o‘simtalari (processus atriculares superiores) bilan umurtqalar o‘zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki yonboshidagi ko‘ndalang o‘siqlari old tomonida bo‘g‘im yuzachalari (fovea costalis processus transversus) joylashadi. Umurtqa ravog‘ining o‘rta qismida o‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus) joylashgan.
2. Bo‘yin umurtqasi (vertebrae cervicales) (9-10-11-rasmlar), (S1–S7) 7 dona bo‘lib, yuqoridagi birinchi va ikkinchi umurtqalar boshqa beshta bo‘yin umurtqalaridan tuzilishi bo‘yicha ancha farq qiladi. Shuning uchun I, II bo‘yin umurtqalari tuzilishiga quyida to‘xtalib o‘tamiz. Qolgan beshtasi umurtqalar kabi tuzilgan. Bo‘yin umurtqalarining tana (corpus vertebrae)lari kichkina ko‘ndalang-oval shaklda bo‘lib, umurtqa teshigi (foramen vertebrale) katta burchak shaklida tuzilgan. Ko‘ndalang o‘siq (processus tranversus)larning oldingi tomoniga embrion o‘sishi davridagi qovurg‘a qoldiqlari yopishib, ko‘ndalang o‘siq teshigi (foramen processus tranversus)ni hosil qiladi. Shuning uchun ko‘ndalang o‘siqlar ko‘ndalang qovurg‘a o‘siqlar (processus costotransversarius BNA) deb ham ataladi. Bu o‘siqlarning uchlari ko‘pincha ikkita do‘mboqqa bo‘linadi.


9-rasm. Birinchi bo‘yin umurtqasi (atlas). Tepadan ko‘rinishi. 1 – tuberculum posterius; 2 – sulcus arteriae vertebralis; 3 – foramen transvesarium; 4 – fovea dentis; 5 – arcus anterior; 6 – tuberculum anterius; 7 – processus transversus; 8 – fovea articularis superior; 9 – arcus posterior; 10 – processus articularis inferior.






Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish