Tana harorati va uning fiziologik o‘zgarishlari



Download 90,21 Kb.
bet8/11
Sana02.01.2022
Hajmi90,21 Kb.
#311495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tana harorati va uning fiziologik o

Qaytalama isitma — febris rekurrens - bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlar bilan almashinib turishidir. Qaytalama isitma terlama uchun xos.

  • To‘lqinsimon isitma—febris undulans — harorat asta-sekin yuqori raqamlargacha ko‘tariladigan davrlarning asta-sekin subfebril yoki normal raqamlarga tushadigan davrlar bilan almashinishidir.Bruselloz va limfogranulematozda kuzatiladi.

    Harorat egri chizig‘ining ko‘rinishi kasallikni aniqlash imkonini beribgina qolmay, balki uning kelgusida qanday o‘tishi to‘g‘risida taxminiy fikr yuritishga ham yordam beradi. Masalan, o‘pkaning o‘chog‘li yallig‘lanishida atipik harorat egri chizig‘i gektik isitma bilan almashinsa, asorat bor, o‘pkada yiringlanish boshlanayapti deb gumon qilish kerak.

    1. Isitma davrlari va isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish

    Isitmaning o‘tishi uch davrga bo‘linadi: harorat ko‘tarilishi, maksimal darajaga chiqishi va pasayishi. Bu davrlarda har birining o‘z klinik ko‘rinishi bor, shunga ko‘ra bemorlarni parvarish qilishning ham o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi.

    Haroratning ko‘tarilish davrida issiqlik hosil qilish issiqlik yo‘qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko‘tarilishini ancha og‘ir o‘tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a’zoyi badani og‘rib, qaqshaydi. Bunday vaqtlarda uni issiq qilib o‘rab-chirmash, isitgich qo‘yish, issiq ichimliklar (choy, kofe) ichirish kerak.

    Harorat maksimal ko‘tarilgan davrda issiqlik yo‘qotishning kuchayishi bilan hosil qilishning kuchayishi nisbiy muvozanatda bo‘ladi. Bu davr bir necha soatdan bir necha haftalargacha davom etadi. Issiqlikning buzilishidan tashqari, barcha a’zo va tizimlar faoliyatining buzilishi kuzatiladi. Birinchi navbatda moddalar almashunuvi buziladi: bir tomondan isitmalash kuchayadi, ikkinchi tomondan esa hazm funksiyasi va ishtahaning pasayishi tufayli organizmga oziq moddalar tushishi kamayadi. Bunda esa organizmning o‘zida to‘qimalar: jigar uglevodlari, yog‘lar oksidlana boshlaydi. Oqsillar parchalanishga uchraydi. Bemorning tinkasi quriydi. Harorat qanchalik yuqori, uzoq davom etadigan va ko‘p o‘zgaradigan bo‘lsa bemor shuncha darmonsizlanadi.

    Ishtahaning pasayib ketganligini hisobga olib, ovqatni oz-ozdan tez- tez, kuniga 6—7 marta berish, buning uchun harorat birmuncha pasayadigan paytdan (kechqurun va hatto tunda ham) foydalanish zarur. Biroq moddalar almashinuvining buzilishi isitma kuchayishidan bo‘libgina qolmay, balki noto‘liq almashinuv mahsulotlari, shuningdek mikrob zaharlarining (agar bu infeksion isitma bo‘lsa) organizmga keng tarqalib, hujayra va to‘qimalarning zaharlanishini ham o‘z ichiga oladi. Buyraklar faoliyati pasayganligi sababli, zaharli mahsulotlar chiqarilishi susayib ketadi. Bemorlar isitmaning bu davrida ko‘p chanqaydilar. Shuning uchun imkon boricha ko‘proq suyuqlik ichirish bilan zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlash lozim. Har 20—30 daqiqada bemorga oz-ozdan suyuqlik ichirish kerak. Suyuqlik bilan birga C va A vitaminlarini kiritish tavsiya qilinadi, chunki isitmada ularning almashinuvi buzilib, ularga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

    Nerv sistemasining chala oksidlangan mahsulotlar va mikroblardan zaharlanishi odatda bosh og‘rishi, uyqusizlik, tezda charchash va shu kabilar bilan namoyon bo‘ladi. Biroq, es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lishidan to butunlay yo‘qolishigacha borib yetadigan birmuncha og‘ir hodisalar ham kuzatiladi. Bemor besaranjom bo‘lib qoladi, o‘ziga qattiq shikast yetkazib qo‘yishi, alahlab bo‘limdan chiqib ketishi va hatto o‘zini derazadan tashlab yuborishi ham mumkin. Buni o‘z vaqtida aniqlash va bemorni psixiatr ko‘rigidan o‘tkazish kerak. Bunday bemorlarni parvarish qilishda xodimlar g‘oyat hushyor bo‘lishlari lozim: bemorni imkoni boricha boshqa- lardan ajratish va unga hamshira qarab turishi kerak. Bunday bemor karavotining yon tomoniga to‘r tutib qo‘yiladi.

    Isitma yurak-tomir sistemasi va nafas funksiyalarining buzilishi, arterial bosimning pasayishi, puls va nafas olishning tezlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Haroratning 1°gacha oshishi pulsning har daqiqada o‘rta hisobda 8—10 taga tezlashishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasi bemorni kuzatishda uning pulsi va nafasiga qarab ahvolini aniqlay olishi va shunga yarasha unga yordam ko‘rsatishi lozim.

    Haroratning pasayish davrida issiqlik hosil qilish kamaygan, issiqlik yo‘qotish oshgan bo‘ladi. Haroratning tez, bir necha soat ichida tushishi «krizis», bir necha kun mobaynida asta-sekin pasayishi «lizis» deyiladi.

    Harorat pasayishi, ayniqsa kritik pasayishda yurak-tomirlarning o‘tkir yetishmovchiligi yuz berishi sababli bemor juda og‘ir ahvolga tushadi. Bunday vaqtda yordam ko‘rsatilmasa o‘lim sodir bo‘lishi mumkin.


    Download 90,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish