Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

26.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya 

 munosabatlarining roli va ahamiyati 

 

Jahon  iqtisodiyotining  rivojlanish  jarayoni  xalqaro  moliya 



munosabatlarining  rivojlanish  evolyutsiyasi  bilan  uzviy  bog‘liqdir. 

Xalqaro  moliya  munosabatlari  jahon  xo‘jaligining  shakllanishi 

jarayonida alohida o‘rin tutadi. 

Xalqaro  moliya  munosabatlari  asta-sekin  jahon  xo‘jaligining 

tarkibiy  elementiga  aylana  bordi.  Hozirgi  vaqtda  xalqaro  moliya 

munosabatlarini 

jahon 

xo‘jaligining 



rivojlanishi 

natijasida 

shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.  

Jahon 


xo‘jaligi 

– 

bozor 



iqtisodiyotining 

obyektiv 

qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali 

o‘zaro  bog‘liq  milliy  iqtisodiyotlar  yig‘indisi  sifatidagi  global 

iqtisodiy tizimdir. 

Jahon  xo‘jaligining  barqaror  rivojlanishida  alohida  olingan 

milliy  iqtisodiyotlar  holati  muhim  o‘rin  tutadi.  Chunki,  milliy 

iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.  

Milliy  iqtisodiyotning  rivojlanishida  uning  tashqi  dunyo  bilan 

aloqalari  holati,  mamlakatning  xalqaro  moliya  munosabatlaridagi 

ishtiroki  muhim  o‘rin  tutadi.  Mamlakatning  xalqaro  moliya 

munosabatlaridagi  ishtirokining  kuchayishida  xalqaro  moliya 

munosabatlarini  amalga  oshirish  mexanizmlarini  samarali  tarzda 

tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. 

Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya  munosabatlarining  predmeti 

ikkita  muhim  tarkibiy  qismni  o‘ziga  qamrab  oladi,  ya’ni  xalqaro 

moliyaviy  munosabatlar  va  ularni  amalga  oshirish  mexanizmi. 

Ma’lumki,  mamlakatlar  o‘rtasidagi  xalqaro  moliya  munosabatlari 

muayyan  mexanizm  orqali  amalga  oshiriladi,  bunda  xalqaro 

tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo 

darajadagi  shartnoma  va  bitimlar,  mamlakatlar  o‘rtasida  o‘zaro 

qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.  

Xalqaro 

moliya 


munosabatlari 

mexanizmiga 

huquqiy 

normalar  va  ularni  amalga  oshirish  vositalari  (shartnomalar, 

kelishuvlar,  bitimlar,  rezolyutsiya  va  konventiya)  xalqaro  iqtisodiy 

munosabatlarni  rivojlantirishga  qaratilgan  yo‘l-yo‘riqlarni  amalga 

oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. 

Xalqaro  moliya  munosabatlari  jahon  xo‘jaligi  tizimida  tez-tez 

takrorlanib  turuvchi  turli  xil  darajadagi  kompleks,  alohida  olingan 

713 


bir  mamlakat  va  ularning  hududiy  birlashmalari  va  subyektlari, 

alohida tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. 

Xalqaro 

moliya 


munosabatlari 

tuzilmaviy 

jihatdan 

quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi: 

–  xalqaro valyuta munosabatlari; 

–  xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; 

–  xalqaro savdo munosabatlari; 

–  investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; 

–  mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish; 

–  xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

–  xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. 

Xalqaro  moliya  munosabatlarining  obyektiv  asosini  xalqaro 

mehnat  taqsimoti  va  jahon  xo‘jaligi  hamda  undagi  iqtisodiy 

aloqalar  tizimi  tashkil  qiladi.  Hozirgi  zamon  jahon  xo‘jaligi  milliy 

iqtisodiyotlar  yig‘indisidan  iborat  bo‘lgan  global  iqtisodiy  tizim 

bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat 

taqsimotiga,  ishlab  chiqarish  va  kapitalning  xalqaro  harakatiga 

muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. 

Xalqaro 

moliya 


munosabatlari 

rivojlanishining 

milliy 

iqtisodiyotga  ta’siri  quyidagi  muhim  xususiyatlar  orqali  namoyon 

bo‘ladi: 

•  Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi 

o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 

–  mamlakatlarni  jahon  iqtisodiyotidagi  jarayonlarga  jalb 

etish; 

–  ishchi 

kuchi,  texnologiya,  kapital,  mahsulotlar  va 

xizmatlarning global bozorlarini barpo etish; 

–  jahon xo‘jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; 

–  xalqaro  moliya  munosabatlari  bilan  milliy  iqtisodiyotning 

qoidalarini universallashtirish; 

–  yirik  ishlab  chiqarishga  asoslangan  xalqaro  ishlab 

chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish. 

•  Iqtisodiy  integratsion  hudud  va  birlashmalarning  tashkil 

topishi.  Milliy  iqtisodiyotlarning  xalqaro  mehnat  taqsimotiga 

asoslangan 

holda 

iqtisodiy 



jihatdan 

birlashish 

jarayoni 

hisoblanadi.  

•  Xalqaro  moliya  bozorlaridagi  o‘zgarishlar.  Milliy 

iqtisodiyotda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  moliya  institutlarining  jahon 

moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. 

•  Global  raqobatlashuv  jarayonining  keskinlashuvi.  Ushbu 

holat,  milliy  iqtisodiyotlar  tomonidan  jahon  bozorlarida  o‘rin 



 

736 


ham  mamlakatdagi  daromad,  bandlik  va  narx  darajalarida 

muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda 

mamlakatimizda 

keskin 


raqobatlashuv 

sharoitida 

ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotlarning  jahon  va  mintaqaviy  bozorlarda 

xaridorgir  bo‘lishi  va  mustahkam  o‘rin  egallashi  uchun  bir  qator 

chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o‘rnini qoplash va 

eksportga  yunaltirilgan  ishlab  chiqarishni  qo‘llab-quvvatlash 

dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud 

resurs  va  ishlab  chiqarish  salohiyatidan  imkon  boricha  to‘liq  va 

samarali  foydalanish  hamda  uni  rivojlantirish  asosida  eksport 

hajmining  barqaror  o‘sishi  uchun  qulay  shart-sharoitlarni 

yaratishdir.  

 Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  erkinlashtirish  uchun 

xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo‘nalishlarga keng jalb qilish, ularga 

kafolat  va  imkoniyatlar  berish,  litsenziyalar,  nou-xaular  sotib 

olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  takomillashtirish  va  rivojlantirishda 

qo‘yidagilarni ustuvor yo‘nalishlar sifatida keltirish mumkin: 

–  Respublikaning  eksport  qudratini  rivojlantirish  va  yanada 

mustahkamlash, 

eksportga 

yo‘naltirilgan 

iqtisodiyotni 

shakllantirish; 

–  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirish,  jahon  bozorlariga 

kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash 

negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni 

rivojlantirish 

zarur. 


Eksportni 

kengaytirishga 

qaratilgan 

strategiyani  faol  qo‘llash  bilan  bir  qatorda  importning  salmog‘ini 

qisqartirishga  qaratilgan  siyosatni  izchillik  bilan  o‘tkazish,  o‘zimiz 

ishlab  chiqarishimiz  mumkin  bo‘lgan  tovarlar  va  maxsulotlarning 

chetdan  keltirilishini  oqilona  darajada  kamaytirib  borish  talab 

qilinadi; 

–  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  erkinlashtirish,  xo‘jalik 

ishlarini  yurituvchi  subyektlarga  xorijiy  sheriklar  bilan  bevosita 

aloqalar o‘rnatishda, o‘z maxsulotini chet ellarda sotishda ko‘proq 

erkinliklar  berish,  tovarlani  eksport  va  import  qilishda  birmuncha 

imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat 

o‘tkazish; 

 

721 



Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish