Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Market-meykerlar  -  bu  turli  valyutalarni  bitimlar  bo‘yicha 

sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga 

oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi.  

Albatta,  market-meykerlar  faqatgina  chet  el  valyutalarini 

milliy  valyuta  bilan  solishtirmaydilar,  balki  ular  milliy  valyutaga 

tegmagan holatda chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham 

amalga oshirishlari mumkin.  

Umuman, 


ma’lum 

bir 


valyutalarni 

emitenti 

bo‘lgan 

mamlakatlarda  shu  valyuta  bo‘yicha  market-meykerlar  mazkur 

mamlakatda  joylashgan  bo‘ladi.  Evro  bo‘yicha  yetakchi  market-

meykerlarni  Germaniyadan,  Shveytsariya  franki  bo‘yicha  esa, 

Shveytsariyadan topish mumkin.  



 

724 


Nisbatan  kam  banklar,  butun  dunyo  bo‘yicha  valyuta 

kotirovkasini  beradilar,  shunday  bo‘lsada,  Buyuk  Britaniyaning 

keng  tarmoqli  kliring  banklari  kabilar  o‘z  mijozlariga  keng 

ko‘lamda kotirovkalarini taklif etadi.  

Valyuta  bozorida  kam  uchraydigan  valyuta  bilan  bog‘liq 

operatsiyalarni  tijorat  banklarida  diling  bo‘limini  o‘zi  emas,  balki 

qo‘shimcha  bo‘limlar  amalga  oshiradilar.  Kam  uchraydigan 

valyutalar,  asosan,  valyuta  bozori  rivojlanmagan  mamlakatlarda 

yoki  chet  el  valyutasi  bilan  bog‘liq  operatsiyalarga  ma’lum  bir 

cheklovlar  qo‘yilgan  mamlakatlarda  uchraydi.  Albatta,  bunday 

cheklovlar  mamlakat  hududiga  valyuta  kirib  kelishiga  emas,  balki 

ko‘proq  chiqib  ketishiga  joriy  qilinishi  keng  qo‘llaniladi.  Agar, 

banklar 

ushbu 


(kam 

qo‘llaniladigan) 

valyutalar 

bo‘yicha 

mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o‘zlarining filiallari yoki 

boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to‘lovni amalga oshirish 

maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar. 

Valyuta  bozorlarini  quyidagi  belgilarga  muvofiq  tasniflash 

mumkin: 

 

1)  yoyilish  ko‘lamiga  qarab:  xalqaro  va  milliy  valyuta 



bozorlari; 

 

2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo‘lmagan 



valyuta bozorlari; 

 

3)  valyuta  kurslari  turiga  ko‘ra:  bir  rejimli  va  turli  rejimli 



valyuta bozorlari; 

 

4) tashkiliy darajasiga ko‘ra: birja va birjadan tashqari valyuta 



bozori. 

Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta 

bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, 

kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to‘lov aylanmasida keng 

foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.  

Milliy  valyuta  bozori  –  bu,  birinchidan,  bir  davlatning  valyuta 

bozori,  ya’ni  ushbu  davlat  hududida  amal  qiladi;  ikkinchidan, 

mazkur 


davlat 

hududida 

joylashgan 

banklar 


tomonidan 

mijozlariga  xorijiy  valyutada  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha  amalga 

oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi. 

 

Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining 



harakatini  ta’minlaydi  va  jahon  moliya  bozorlari  bilan  aloqalarga 

xizmat qiladi. 

 

733 


loyihalarni  amalga  oshirish  mexanizmini  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi, “Eksport  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchilarni 

rag‘batlantirish 

borasidagi 

qo‘shimcha 

chora-tadbirlar 

to‘g‘risida”gi, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar  jalb  etilishini 

rag‘batlantirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmon  va  qarorlarini 

kiritish mumkin.  

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy 

tamoyillari quyidagilardan iborat: 

–  barcha  davlatlar,  chet  el  yuridik  va  jismoniy  shaxslari, 

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘zaro manfaatliligi; 

–  tomonlarning tengligi; 

–  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  bo‘yicha  sheriklarning  ichki 

ishlariga aralashmaslik; 

–  xorijiy  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  bitimlar 

bo‘yicha  qabul  qilingan  majburiyatlarni  halol  va  aniq  bajarish 

prinsiplari; 

–  hamma  tomonidan  e’tirof  etilgan  boshqa  xalqaro 

normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish. 

O‘zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning 

obyektlari  bo‘lib,  hamma  turdagi  resurslar,  xalq  xo‘jaligining 

barcha  tarmoqlari  va  sohalarida  yaratiladigan  tovarlar  hamda 

ko‘rsatiladigan 

xizmat, 

qimmatbaho 

qog‘ozlar, 

fan-texnika 

mahsulotlari,  intellektual  va  boshqa  boyliklar  hisoblanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  bilan  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatda 

foydalanish 

man 

etiladigan 



obyektlar 

bundan 


mustasnodir. 

Mulkchilikning 

shakllaridan 

qat’iy nazar, 

O‘zbekiston 

Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida 

ro‘yxatga  olinib,  respublika  hududida  yoki  uning  tashqarisida  ish 

olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy 

yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  xalqaro  tashkilotlar  O‘zbekiston 

Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  faoliyatining  subyektlari  bo‘lishi 

mumkin. 

Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari: 




 

732 


–  O‘zbekiston 

Respublikasi 

hududidan 

tashqarida 

respublikaning,  uning  yuridik  shaxslari  va  fuqarolarining  iqtisodiy 

manfaatlarini himoya qilish; 

–  respublika  hududida  chet  ellik  investorlar  faoliyati  uchun 

huquqiy kafolatlarni belgilash; 

–  O‘zbekiston  Respublikasi  nomidan  xalqaro  iqtisodiy 

tashkilotlar va birlashmalarda vakillik qilish; 

–  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasidan 

kelib 


chiqadigan boshqa vakolatlar kiradi. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasidagi  asosiy  vazifalar  sifatida 

quyidagilar belgilangan: 

–  birinchidan, 

tashqi 

iqtisodiy 

faoliyatni 

yanada 


erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab o‘tkazish, tovarlarni 

eksport 


va 

import 


qilishda 

xorijiy 


sarmoyadorlar 

o‘z 


daromadlaridan erkin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni 

joriy etish; 

–  ikkinchidan,  xorijiy  sarmoyadorlarni,  asosan  bevosita 

kapital  mablag‘lar  tarzidagi  sarmoyalarni  respublika  iqtisodiyotiga 

keng  jalb  etish  uchun  huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  boshqa  shart-

sharoitlarni yanada takomillashtirish; 

–  uchinchidan, 

O‘zbekistonga 

jahon 

darajasidagi 



texnologiyalarni  olib  keladigan,  xalq  xo‘jaligining  zamonaviy 

strukturasini 

vujudga 

keltirishda 

yordam 

beradigan 

sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o‘tkazish; 

–  to‘rtinchidan,  mablag‘larni  eng  ustuvor  sohalarga  – 

respublika  mustaqillgini  ta’minlaydigan  agrar  sektorni,  yoqilg‘i-

energetika  kompleksini  hamda  boshqa  bazaviy  tarmoqlarni 

rivojlantirishga  qodir,  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni 

o‘zlashtirishga sarflash. 

Mazkur  ustuvor  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida 

mamlakatimizda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  huquqiy  asoslari 

yaratildi.  Bular  jumlasiga,  O‘zbekiston  Respublikasining  “Tashqi 

iqtisodiy 

faoliyat 

to‘g‘risida”gi, “Valyutani 

tartibga 

solish 


to‘g‘risida”gi, “Chet  el  investitsiyalari  to‘g‘risida”gi, “Chet  ellik 

investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ularni  himoya  qilish 

choralari  to‘g‘risida”gi, “Boj  tarifi  to‘g‘risida”gi, “Eksport  nazorati 

to‘g‘risida”gi  qonunlarni  hamda  “Chet  el  investitsiyalari  bilan 

 

725 


Valyutaning 

konvertirlanishi 

umuman 

ta’minlanmagan 

sharoitda  milliy  valyuta  bozori  samarali  faoliyat  ko‘rsata  olmaydi. 

Konvertirlikka  ega  bo‘lmagan  pul  birligi  faqatgina  davlatlararo 

munosabatlarda  shartli  hisob-kitob  vositasi  sifatida  foydalanilishi 

mumkin.  Bunday  sharoitda  “qora”  bozorda  “xufyona”  kurs,  ya’ni 

xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo‘lmagan sharoitdagi bozor 

bahosi shakllanishi mumkin. 

Erkin  valyuta  bozori  hech  qanday  valyutaviy  cheklovlarsiz 

amal  qilgani  holda,  erkin  bo‘lmagan  valyuta  bozorida  valyutaviy 

cheklovlar mavjud bo‘ladi. 

Bir  rejimli  valyuta  bozori  –  bu  valyuta  kursining  erkin  suzish 

rejimi  amal  qiladigan  bozor  bo‘lib,  undagi  kotirovkalar  birja 

savdolarida  talab  va  taklif  asosida  o‘rnatiladi.  Bunday  valyuta 

bozori  uzoq  yillar  mobaynida  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishning 

ta’minlanishi,  shuningdek,  valyutani  tartibga  solish  va  valyutaviy 

nazoratning  bozor  mexanizmiga  xos  shakllarini  qo‘llanishi  uchun 

etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi. 

Turli rejimli valyuta bozori – bu ko‘p pog‘onali valyuta kurslari 

rejimiga  ega  bo‘lgan  bozordir.  Ushbu  valyuta  bozori  davlatning 

kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat 

qiladi  va  ssuda  kapitali  bozorining  mamlakat  iqtisodiyotiga 

nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi. 

Birja  valyuta  bozori  –  valyuta  birjalari  ko‘rinishida  namoyon 

bo‘ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy 

valyutadagi  qimmatli  qog‘ozlar  savdolarini  tashkil  qiluvchi 

tashkilotdir.  U  tijorat  tashkiloti  emas,  ya’ni  uning  faoliyati  yuqori 

foyda olishga qaratilmagan.  

Birjadan  tashqari  valyuta  bozori  mohiyatiga  ko‘ra  banklararo 

valyuta  bozori  bo‘lib,  uning  tashkilotchilari  dilerlar  hisoblanadi. 

Birjadan  tashqari  valyuta  bozorida  quyidagi  operatsiyalar  amalga 

oshiriladi: 

−  xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; 

−  naqd  xorijiy  valyutalar  bilan  amalga  oshiriladigan  valyuta-

almashuv operatsiyalari; 

−  forvard operatsiyalari; 

−  valyuta  optsionlari  bilan  amalga  oshiriladigan  valyuta 

operatsiyalari. 




 

726 


Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga 

oshirish  uchun  vakolatli  banklar  o‘z  resurslari  va  jalb  qilingan 

valyuta mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. 

Valyuta  bozorlaridagi  operatsiyalarning  asosi  bo‘lib,  tashqi 

savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va 

kreditlarning  davlatlararo  harakati  hamda  chet  el  valyutasini  oldi-

sotdi  qilish  bilan  bog‘liq  boshqa  hisob-kitob  operatsiyalari 

hisoblanadi.  

 

Valyuta  operatsiyalari  vujudga  kelishi  uchun  obyektiv  asos 



bo‘lib,  tashqi  savdo,  kapitallar  va  kreditlarning  harakati  xizmat 

qiladi.  Xalqaro  mehnat  taqsimoti  yuzaga  kelishi  eksport-import 

operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi. 

Valyuta  operatsiyalarining  keng  ko‘lamda  rivojlanishi  tijorat 

banklariga  ushbu  bozorda  erkin  harakat  qilishga  va  ayni  vaqtda 

ularni tartibga solishga imkoniyat tug‘diradi. 

Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  milliy  iqtisodiyotni  faqat 

shu  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  bilan  barcha 

ehtiyojlarni  qondirib  bo‘lmaydi.  Demak,  mamlakatlar  o‘rtasida 

eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.  

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  valyuta  bozorlarining 

ahamiyati  milliy  iqtisodiyotning  jahon  iqtisodiyotiga  yanada 

integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish