26.7. O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga
integratsiyalashuvi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin,
o‘zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy
siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati
eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda
xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan.
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini
shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror
o‘sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o‘rin
egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga
qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga
erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga
alohida e’tibor berilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi
davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy
davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar
bilan o‘zaro foydali hamkorlik o‘rnatishga, bunday hamkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
tashqi
iqtisodiy
faoliyatning
subyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga:
– tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini
belgilash;
– tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valyuta-kredit
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, O‘zbekiston
Respublikasi valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish;
– tashqi iqtisodiy iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro
shartnomalar tuzish va ularni ijro etish;
730
keskin choralar qo‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib
chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma
mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab
chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi.
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida
tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning
ko‘tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik
qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun, bu tadbir
mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u
to‘lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to‘liq
bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun,
devalvatsiya yetarli darajada bo‘lishi zarur. Aks holda, u valyuta
spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko‘rib
chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt
sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89
foizga
devalvatsiya
qilinishi,
ushbu
valyutalarga
bo‘lgan
spekulyativ tazyiqni yo‘q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga
oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan ustuvorlikka ega bo‘la
olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining
qo‘llanilishi
to‘lov
balansini
muvozanatlashtirish
imkonini
bermasligi mumkin.
Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning
xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy
valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga
oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus
ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda
to‘lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital
eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag‘batlantirish,
tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi
sifatida ham e’tirof etiladi. XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining
boshlarida joriy operatsiyalar bo‘yicha yuritilayotgan siyosatning
erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega
bo‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro
harakatida turli xil cheklovlar mavjud bo‘lgan. EIning ko‘pchilik
davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o‘tgan asrning 90-yillariga
kelib bekor qildi.
Moliya va pul–kredit siyosati. To‘lov balansidagi defitsitni
bartaraf
etish
maqsadida
eksport
qiluvchilarga
byudjet
subsidiyalari beriladi, protektsionistik maqsadlarda import bojlari
727
To‘lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning
ikki asosiy guruhi bo‘yicha ajratilishi mumkin:
– joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar,
olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy
bitimlar hisobga olinadi;
– kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq
operatsiyalar hisobvarag‘i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy
aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va
majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lov balansi moddalarining uch
asosiy analitik guruhlari ajratib ko‘rsatiladi:
1) savdo balansi;
2) joriy operatsiyalar balansi;
3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi.
Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi –
bu savdo balansi bo‘lib, tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi
farqni ifoda etadi. Savdo balansining o‘zgarishi turlicha talqin
qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi
mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan
izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport
tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy
tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish
mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi.
Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport
tovarlarining yetarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi
turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish
lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo
balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo‘lgan
talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga
muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri
ham sezilarli bo‘lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit
mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish bilan
birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham
ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi
defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin
salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o‘zida jamlab,
tovar va xizmatlar harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks
ettiradi. Joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va
728
xadyalar harakati bo‘yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi.
Boshqacha
aytganda,
ijobiy
saldo
mamlakat
boshqa
mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy
operatsiyalar
bo‘yicha
defitsit
mamlakatning
sof
qarzdor
ekanligidan dalolat beradi.
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq,
muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan.
Bunda ta’kidlab o‘tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-
valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan. Shunday
qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy
siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag‘i bo‘yicha
ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda
oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi.
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy
kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida
to‘lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo
bo‘lishiga olib keldi.
To‘lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning
zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu
holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga,
kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy
valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga
eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar
ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton-
vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi.
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy
qilingandan so‘ng, to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho
mexanizmi ish bermay qo‘ydi. Shu sababli ham, to‘lov balansini
davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga
muvofiq bo‘lib qoldi.
Uchinchidan,
xo‘jalik
aloqalari
tobora
globallashib
borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solish tizimida to‘lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda.
To‘lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi — davlatning
barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish
729
va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof
etilmoqda.
To‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha
ichki va tashqi omillarning to‘lov balansiga ta’sirini baholashni
taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar, xalqaro hisob-
kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni
mavjud bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.
Defitsitli to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar esa, aktiv
balansga ega bo‘lgan o‘z hamkorlaridan import bo‘yicha
cheklovlarni
kamaytirish,
mazkur
mamlakatlarga
kapital
chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi.
To‘lov balansida defitsit mavjud bo‘lgan davlatlar tomonidan,
eksportni
rag‘batlantirish,
import
qilinayotgan
tovarlarni
kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib
ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga
yo‘naltirilgan holda, o‘z ichiga byudjet mablag‘larini aholi
ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish
kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib,
moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini
kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o‘zgartirishi
(diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o‘sib
borishiga chegara qo‘yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori
ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari
sharoitida deflyatsiya siyosatini qo‘llash, ishlab chiqarish va
bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining
turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni
yumshatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, ijtimoiy
nizolar keltirib chiqarishi mumkin.
Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu
tadbir milliy eksportni rag‘batlantirish va importni jilovlash bilan
bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to‘lov balansini
tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o‘tkazish tartiblari va
ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va
moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Devalvatsiya faqatgina,
raqobatbardosh
tovarlarning
eksport
salohiyati
va
jahon
bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar
eksportini rag‘batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni
cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash bo‘yicha
752
quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan
mahsulotlarning boj qiymatiga nisbatan foizda o‘rnatiladi); b) maxsus
stavkalar (boj undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v)
kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti
birgalikda qo‘llaniladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |