V
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul
birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalangan bahosi. Eng avvalo,
mamlakat iqtisodiyotining ahvoli bilan belgilanadi, shuningdek, turli
mamlakatlardagi inflyatsiyaning nisbiy sur’atlariga, mehnat unumdorligining
o‘sish sur’atlari va uning mamlakatlar o‘rtasidagi nisbatiga, YaMMning
o‘sish sur’atlariga (pulning tovar bilan to‘ldirilish asoslariga), xalqaro
savdodagi mamlakatning o‘rni va roliga, kapitalning mamlakatdan
chiqarilishiga bog‘liq. Mamlakat to‘lov balansining ahvoli, turli mamlakatlar
pul bozorlaridagi foiz stavkalarining mamlakatlar o‘rtasidagi farqlari, shu
mamlakat valyutasining evrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda
foydalanish darajasi, mamlakat valyutasiga bo‘lgan ishonch va boshqa
omillar valyuta kursiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |