Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

1.4. Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti  

 

Iqtisodiy  tuzumlar  bir-biridan  ishlab  chiqarish  munosabatlari 



xususiyatlari  bilan  farq  qiladi.  O‘z  navbatida,  yangi  ishlab 

chiqarish  munosabatlari  mavjud  ishlab  chiqarish  kuchlarining 

rivojlanish  darajasidan  kelib  chiqadi.  Yangi  ishlab  chiqarish 

munosabatlariga  davlat  tuzilmasi ham  mos  kelishi  kerak.  Alohida 

olingan  davlatda  o‘zgarishlar  yuqoridagidek  ketma-ketlikda  va 

bog‘liqlikda  sodir  bo‘lmasligi  mumkin.  Lekin  bu  jarayondagi 

umumiy qonuniyatlar xususiy holatlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Har bir 

ijtimoiy  tuzum  va  shunga  muvofiq  ravishda,  shu  tuzumdagi 

davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi.  

 Turli  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumlarda  moliya  munosabatlari  bir-

biridan  farq  qiladi  va  bu  farqlar  quyidagi  sabablar  tufayli  paydo 

bo‘ladi: 

•  har  qanday  ijtimoiy  tuzumga  jamiyatning  o‘z  sinfiy  tuzilmasi 

mos  keladi.  Bunda  moliya  MDni  taqsimlash  munosabatlarini 

hisobga  olib,  ularning  davlat  foydasiga  qayta  taqsimlanishini 

tashkil qiladi; 

•  har  qanday  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumda  moliya  davlatning 

maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi; 

•  ishlab  chiqarishning  yangi  usuli  xo‘jalik  munosabatlarining 

yangi  tizimini  vujudga  keltiradi.  Masalan,  quldorlik  va  feodallik 

tuzumlarga natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos 

ravishda  davlat  daromadlarini  shakllantirish  ham  asosan  natural 

xarakter 

kasb 


etgan. 

Kapitalistik 

xo‘jalik 

tovar-pul 

23 

ishlaydiganlar 



esa, 

o‘z 


navbatida, 

Davlat 


byudjetining 

daromadlarini  shakllantirishga  yo‘naltirilgan  soliqlarni  to‘laydilar. 

Fuqarolar  o‘zlarining  shaxsiy  daromadlari  hisobidan  turli 

xizmatlarning  haqini  to‘laydilar,  sug‘urta  fondlariga  ajratmalar 

(badallar)  qiladilar,  bank  kreditidan  foydalanganliklari  uchun 

foizlarni  qaytaradilar.  Korxonalar  turli  xizmatlar  ko‘rsatish  orqali 

topgan  daromadlari  hisobidan  ham  soliqlar  to‘laydilarki,  ular 

byudjet  daromadlarini  shakllantirishga  yo‘naltiriladi.  Taqsimlash-

ning  tarkibiga  kiruvchi  barcha  munosabatlar  ham  moliya 

bo‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning  chegarasidan  chetda moliya 

mavjud emas. 

JIMning 


ikkiga 

bo‘linishi 

bilan 

xarakterlanadigan 



taqsimlashning  birinchi  bosqichidan  so‘ng  ikkinchi  bosqich 

boshlanadiki,  unga  muvofiq  MD  jamg‘arish  fondi  va  iste’mol 

fondiga bo‘linadi. 

Jamg‘arish  fondi  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  uning  bir  qismi 

takror  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  ikkinchi  qismi  esa  zaxira 

(rezerv)  fondlarini  shakllantirishga  mo‘ljallangandir.  Taqsimlash-

ning  bu  bosqichida  moliyaning  ishtiroki  iqtisodiyotga  davlat 

investitsiyalarini  kiritish,  davlat  rezervlarini  shakllantirish  va 

sug‘urta  fondlarini  tashkil  qilish  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Bunda 

tegishli  fondlarni  shakllantirish  bosqichi  bu  bosqichdan  oldinroq 

amalga  oshiriladi.  Lekin  bu  yerda  tegishli  navbatga  rioya 

qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil 

boshida 

tasdiqlangan 

byudjet 

ko‘rsatkichlari 

doirasida 

(chegarasida)  amalga  oshiriladi.  Tarixiy  taraqqiyotning  bugungi 

bosqichida  deyarli  barcha  mamlakatlarda  byudjet  qonun  kuchiga 

ega  bo‘lib,  bu  narsa  taqsimlash  jarayonining  qonuniyatlarini 

o‘rganayotgan  paytda  daromad  va  xarajatlarning  ketma-ketligiga 

e’tibor  bermaslikka  imkon  beradi.  Ko‘pchilik  hollarda  amaliyotda 

daromadlar  hali  yig‘ilmasdan  oldin  xarajatlarning  amalga 

oshirilishi  sodir  bo‘ladi.  Bunday  vaziyatlarda,  ya’ni  daromad  va 

xarajatlarning 

muddatlari 

bo‘yicha 

paydo 


bo‘layotgan 

nomuvofiqlikning oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish 

uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalanish mumkin. 

Jamg‘arish  fondi  va  iste’mol  fondi  o‘rtasidagi  nisbat  vaqt 

jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan 

subyektlari  (davlat  bilan  ham  birgalikda)  o‘rtasida  ham  juda 

alohidadir. 

Iste’molning 

darajasiga 

texnologiya 

holati, 



24 

kommunikatsiyalar,  davlat  tuzilmasi,  partiya  va  harakatlarning 

obro‘si va boshqa shu kabi ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Jamg‘arish  fondi  va  iste’mol  fondi  o‘rtasidagi  nisbatlarning 

o‘zgarishiga  qarab  qator  xulosalar  qilish  mumkin.  Masalan, 

iste’mol  fondining  yetarli  yuqori  darajadasida  noishlab  chiqarish 

sektorida 

jamg‘arishning 

hissasi 

ortadi 


(ya’ni, 

shaxsiy 


jamg‘armalar  o‘sadi).  Agar  MDda  iste’molning  nisbiy  hissasi 

kamroq  bo‘lsa,  korporativ  jamg‘armalar  o‘sadi.  Chunki  yaratilgan 

MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun 

takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  negizida  o‘ziga  xos  tovar 

bo‘lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi o‘zini takror 

ishlab  chiqarish  xarajatlaridan  ortiq  bo‘lgan  qiymatni  yaratish 

xususiyatiga  egadir.  Bu  xususiyat  ishlab  chiqarishning  boshqa 

tarkibiy qismlari bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlariga 

esa xos emas. 

O‘z  navbatida,  istemol  fondi  ham  quyidagi  ikki  tarkibiy 

qismdan iborat: 

•  ijtimoiy iste’mol fondlari; 

•  shaxsiy iste’mol fondlari. 

Davlatlarda  ijtimoiy  va  shaxsiy  iste’mol  fondlari  o‘rtasidagi 

nisbat  hokimiyat  tuzilmasiga,  an’analarga  va  h.k.larga  bog‘liq. 

Yaqin 


o‘tmishda 

kommunistik 

yoki 

sotsialistik 



partiyalar 

hukmronlik qilgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol 

fondlarining  umumiy  hajmida  asosiy  o‘rinni  egallagan.  Chunki 

ijtimoiy  iste’mol  fondlari  orqali  davlat  maorif,  sog‘liqni  saqlash  va 

ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish  jarayonlarini  moliyalashtirishni  tashkil 

etgan. 

 Ayni  zamonda  ham  ijtimoiy  hayotni  demokratlashtirish 

darajasi  yuqori  bo‘lgan  Shvetsiya,  Norvegiyada  yoki  neftga  boy 

Saudiya  Arabistoni,  Quvayt,  Birlashgan  Arab  amirliklari,  Bruney 

sultonligi kabi  ayrim  davlatlarda  ham  ijtimoiy  iste’mol  fondlarining 

iste’mol fondlaridagi salmog‘i katta. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 

o‘ziga  xos  yo‘lini  tanlagan  O‘zbekiston  Respublikasida  ham 

aholining  ijtimoiy  himoyasiga  iste’mol  fondlarining  katta  qismi 

ajratilyapti.  

Demak,  yuqorida  bayon  etilgan  mulohazalardan  ko‘rinib 

turibdiki,  o‘z  zimmasiga  juda  katta  ijtimoiy  vazifalarni  olgan 

davlatlarda  iste’mol  fondlarining  umumiy  hajmida  ijtimoiy  iste’mol 

fondlari  asosiy  o‘rinni  egallaydi.  Chunki  ijtimoiy  iste’mol  fondlari 

25 

orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish 



jarayonlarini  moliyalashtirishni  tashkil  etadi.  Ijtimoiy  iste’mol 

fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori 

bo‘lib,  bu  fondlar  orqali  boshqaruv  xarajatlari,  mudofaa,  sanoat, 

qishloq xo‘jaligi va h.k.larni moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlanadi.  

Shuni 

ta’kidlash 



kerakki, 

ijtimoiy 

iste’mol 

fondlarini 

shakllantirish  va  ulardan  foydalanishni

 

moliyaning  ishtirokisiz



 

tasavvur  etib  bo‘lmaydi.  Boshqa  iqtisodiy  kategoriyalar  bu 

jarayonda  bevosita  ishtirok  etmaydi.  Ammo  bu  holatni  so‘zma-

so‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi 

tizimi  soliqlar  va  ajratmalarning  hajmini  aniqlashga  sharoit 

yaratadi,  baholar  va  amortizatsiya  ajratmalari  tizimi  esa  foyda 

summasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini 

shakllantirish  va  ulardan  foydalanishning  bevosita  jarayoniga 

faqat moliya xizmat qiladi. 

Ijtimoiy  iste’mol  fondlarini  shakllantirish  va  ishlatish  asosan 

Davlat  byudjeti  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  fondlarning  bir  qismi 

ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy  ta’minot  fondlarini  shakllantirishga 

sarflanadi.  Bozor  iqtisodiyoti  xos  bo‘lgan  dunyoning  ko‘pchilik 

mamlakatlarida  ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy  ta’minot  fondlarini 

shakllantirishda  o‘zining  to‘lovlari  bilan  ish  beruvchilar  va 

yollanma  mehnat  xodimlari  ham  ishtirok  etadilar.  Oxirgi  holda 

ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining 

bir  qismi  yo‘naltiriladi.  Shaxsiy  iste’mol  fondining  qolgan  qismi 

quyidagi ikki qismga bo‘linadi: 

•  shaxsiy jamg‘arma fondlari; 

•  iste’mol fondlari. 

Shaxsiy  iste’mol  jamg‘armasining  aynan  shu  ikki  qismi 

tovarlarni  olish-sotish  bilan  bog‘liq  operatsiyalarning  to‘laqonli 

faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. 

 Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  iste’mol  fondi  va  jamg‘arish 

fondi  o‘rtasidagi  nisbat  hamda  ularning  hajmi  davlatning 

rivojlanish  sur’atini  belgilab  beruvchi  muhim  ko‘rsatkichlar 

qatoriga  kiradi.  Agar  davlat  soliqlar  ko‘rinishida  birlamchi 

daromadlarning katta qismini o‘z ixtiyoriga olib qo‘ysa, u shu bilan 

iqtisodiyotning  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qilishi  mumkin.  Bu  yerda 

hamma  narsa  boshqaruv  organi  sifatida  davlatning  xususiyatiga 

borib  taqaladi  –  uning  xarajatlari  ortiqcha  (davlat  apparati 

xarajatlarini  moliyalashtirish  to‘g‘risida  gap  ketayapti),  samarasiz 



48 

o‘rganish  asosida  yoshlarning  ongu  tafakkurini  shakllantirish” 

diniy-ma’rifiy  soha  faoliyatini  tubdan  takomillashtirishning  ustuvor 

yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  belgilab  berildi.  O‘zbekiston  xalqaro 

islom  akademiyasi:  “Qur’on  ilmlari,  hadis,  islom  huquqi,  aqida, 

tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, (ta’kid bizniki), xalqaro 

munosabatlar  xorijiy  tillar  (arab,  fors,  ingliz,  rus,  urdu,  turk  va  b.) 

va  boshqa  xalqaro  miqyosda  ehtiyoj  mavjud  bo‘lgan  sohalar 

bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, 

oliy  ta’limdan  keyingi  ta’lim,  malaka  oshirish  bosqichlarida 

uzluksiz  ta’limning  yaxlit  tizimini  tashkil  etishga  va  ilmiy  merosni 

chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim 

berishga 

ixtisoslashgan 

yetakchi 

ta’lim 


va 

ilmiy-tadqiqot 

muassasasi hisoblanishi” ham qayd etildi.  

2017-yil  fevralda  mamlakatimiz  Prezidenti  mazkur  masala 

sohasidagi o‘ta muhim hujjatga  qo‘l qo‘ydi

21

, unga muvofiq Imom 



Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi. 

Imom  Termiziy  xalqaro  markazining  asosiy  vazifalari  ichida 

ajdodlarimiz merosini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan: 

-  islom  dinining,  Qur’oni  karim  va  hadis  ilmining  asl 

mohiyatini,  hadisshunoslik  maktabining  ilmiy-ma’naviy  asoslarini, 

Imom  Termiziy  hamda  termiziy  allomalar,  yurtimizdan  etishib 

chiqqan  mutafakkir  zotlar  merosini  har  tomonlama  chuqur 

o‘rganish va keng targ‘ib etish;

 

-  yuksak  insoniy  g‘oyalar  va  muqaddas  qadriyatlarimizni 



o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan 

diniy  ta’lim,  ma’naviy-axloqiy  tarbiya  ishlarida  foydalanish 

maqsadida  zarur  darsliklar  va  o‘quv  qo‘llanmalari,  ommabop 

nashrlar,  ilmiy-amaliy  tavsiyalar  tayyorlash  yuzasidan  doimiy  ish 

olib borish. 

 2017-yilda bu borada yana o‘ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qaroriga  muvofiq

22

 



Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi 

markazi  tashkil  etildi.  Mazkur  Markaz  zimmasiga  juda  katta 

vazifalar yuklangan, jumladan: 

-  islom  dini  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shgan  buyuk 

vatandoshlarimiz  —  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Hakim 

                                                 

21

  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 



2017-yil  14-fevraldagi  “Imom  Termiziy  xalqaro  ilmiy  tadqiqot 

markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2774-son qarori.

 

22

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi  “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi 



Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3080-son qarori.   

33 


nomlangan asari 1867-yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada 

moliya fanining rivojlanishiga o‘zining keskin ta’sirini ko‘rsatgan. 

Nemis  olimlaridan  Soden  (1811-yil),  Yakob  (1821-yil), 

Malxus  (1830-yil)  va  Shenlarning  (1832-yil)  XIX  asrning 

boshlarida  nashr  etilgan  moliya  to‘g‘risidagi  asarlari  alohida 

mashhurlikka  ega  bo‘lmagan  bo‘lsa-da,  lekin  bu  ishlar  “moliya” 

tushunchasining tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan 

L.fon  Shteyn  va  moliya  fanining  mumtozi  A.Vagnerlar  (uning 

“Moliya  to‘g‘risidagi  fan”  asari  1880-yilda  nashr  etilgan) 

dunyoqarashlarining  shakllanishida  katta  rol  o‘ynadi.  XIX  asr 

oxirlarining 

yetakchi 

moliyachi-olimlari 

qatoriga 

avstriyalik 

E.Saksni,  italiyalik  F.Nittini,  AQShlik  E.Seligmanni  va,  nihoyat, 

“Moliya fani asoslari” deb nomlangan asari 1869-yilda (1900-yilda 

–  rus  tilida)  nashrdan  chiqqan  italiyalik  olim  L.Kossni  kiritish 

mumkin.  

XX  asr  moliyachilarining  qarashlari  maxsus  adabi-yotlarda 

yetarli darajada

 

tadqiq  qilingan.  Biz  uchun  esa,  ba’zi  bir  obyektiv 



va  subyektiv  sabablarga  ko‘ra,  rus  iqtisodiy  (moliyaviy) 

adabiyotida  “moliya”  tushunchasining  taraqqiy  etishini  ko‘rib 

chiqish muayyan ahamiyat kasb etadi. 

Rossiya  tarixida  moliya  sohasidagi

 

ilk  asarning  muallifi  Ivan 



Grozniy  davrida  yashagan  I.S.Peresvetov  hisoblanadi.  U 

davlatning  harbiy  qudratini  kuchaytirish  maqsadida  xazina 

daromadlarini 

ko‘paytirish 

va 

davlat 


resurslarini 

markazlashtirishning tarafdori bo‘lgan. 

XVII  asrdan  bizgacha  Yu.Krijanich  va  G.Kotoshixinlarning 

moliya  xususidagi  asarlari  ham  etib  kelgan.  Yu.Krijanich  o‘z 

asarlarida  evropalik  mualliflarning  iqtisod  va  moliyaga  oid 

qarashlari 

va 

mulohazalaridan 



keng 

foydalanadi, 

ularni 

Rossiyaning  ehtiyojlariga  “bog‘laydi”.  U  davlatning  boyishi 

usullariga  (masalalariga)  jiddiy  e’tibor  qaratib,  ularni  ikki  guruhga 

–  boyishning  “to‘g‘ri”  va  “noto‘g‘ri”  usullariga  bo‘ladi  va  bu 

narsalarning dunyoda allaqachon ma’lum ekanligini aytib, ularning 

yangilarini o‘ylab topmaslik kerak, deb hisoblaydi. 

G.Kotoshixinning 

1664-yilda 

yozilgan 

va 


“Aleksey 

Mixaylovich  podshohligidagi  Rossiya  to‘g‘risida”  deb  nomlangan 

asari  oradan  ikki  yuz  yil  o‘tgandan  so‘ng  ma’lum  bo‘lgan.  Unda 

XVII  asrning  o‘rtalaridagi  Rossiyaga  tegishli  bo‘lgan  katta 

ma’lumotlar keltirilgan. 



34 

XVIII  asrning  boshlaridagi  moliya  nazariyotchilarining  yirik 

vakili  I.Pososhkov  hisoblanadi.  Uning  moliya  sohasidagi  taklifini 

quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda 

uning  to‘lovchisini  xonavayron  qilmasdan,  to‘lovchidan  to‘lovni 

amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni 

olmoq lozim. 

XVIII  asrning  ikkinchi  yarmida  moliya  nazariyasiga  oid  bir 

necha  asarlar  paydo  bo‘ldi.  Ularning  orasida  yaqqol  ko‘zga 

tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik 

holati  xususida”  deb  nomlangan  asaridir.  Bu  asarda  Rossiyada 

birinchi bo‘lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug‘urtaning zarur 

ekanligi  isbotlangan,  Rossiyaning  amaldagi  soliq  tizimi  tanqidiy 

nuqtayi nazardan tahlil qilingan. 

A.Narishkin  1767-yilda  e’lon  qilingan  va  “Iqtisod”  deb 

nomlangan  maqolasida  soliqlarga  oid  bir  necha  qiziqarli 

mulohazalarni  oldinga  suradi,  soliqlar  va  davlat  o‘rtasidagi 

bog‘liqlikni tahlil qiladi. 

Rossiyada  “moliya”  atamasining  paydo  bo‘lishi  XVIII  asrga 

borib  taqaladi.  Bu  atama  rus  tiliga  fransuz  tilidan  kirib  kelgan 

bo‘lib,  qariyb  yarim  asr  mobaynida  “xazina”  atamasi  bilan  bir  xil 

ma’noda tushunilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “moliya” 

ilmiy tushunchasi 1767-yilda Moskva universiteti tomonidan nashr 

etilgan  “Entsiklopediyadan  tarjimalar”  kitobining  so‘zboshisida 

ishlatilgan.  Bu  yerda  “moliya”  tushunchasi  “davlat  daromadlariga 

tegishli  bo‘lgan  ish”,  deb  talqin  qilingan.  Uni  ilmiy  muomalaga 

birinchi  marta  Moskva  universitetining  huquq  bo‘yicha  professori 

S.Desnitskiy kiritgan. 1802-yilda Moliya vazirligining tashkil etilishi 

bilan  bu  atama  ilmiy  muomalalarda  mustahkam  o‘rin  egallay 

boshladi.  Biroq  1835-yilga  qadar,  ya’ni  rus  universitetlarida 

“Moliyaviy  huquq”  kursi  paydo  bo‘lgancha  qadar  moliya  mustaqil 

fan  sifatida  emas,  balki  siyosiy  iqtisodning  tarkibiy  qismi  sifatida 

tushunilgan. Amaliyotda esa ko‘proq “xazina” atamasi ishlatilgan.  

A.Radishchev  o‘zining  “Jon  yig‘imi  xususida”  deb  nom-

langan  asarida  birinchi  marta  soliqlarning  mohiyatini,  iqtisodiy 

tabiatini, turlarini tadqiq etgan. 

Moliya  to‘g‘risidagi  birinchi  rus  monografiyasi  1810-1811 

yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan. 

Moliya sohasidagi o‘ziga xos asarlarga graf Spe-ranskiyning 

moliyaviy  rejasini,  Yu.Gagemayster,  V.Kuri,  D.Tolstoylarning 

moliyaning  rivojlanish  tarixiga  bag‘ish-langan  tadqiqotlarini, 

47 


Mazkur  holatga  chek  qo‘yish  uchun  ajdodlarimiz  qoldirgan 

buyuk merosni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Lekin bu oson va 

tez  fursatda  hal  bo‘ladigan  ish  emas.  Negaki,  ularning  asarlari 

eski  o‘zbek  (turk),  arab  va  fors  tillarida  va  boshqa  imloda,  ya’ni 

arab alifbosida bitilgan. 

Istiqlol  yillarida  mavjud  qiyinchiliklarga  qaramasdan  asrlar 

davomida  jahon  mamlakatlari  va  xalqlari  o‘rtasida  o‘zining 

munosib  o‘rniga  ega  bo‘lgan  va  oldiga  buyuk  maqsadlarni 

qo‘ygan davlatimiz o‘z ajdodlari merosini tobora kengroq ko‘lamda 

o‘rganmoqda.  

2016-yildan  boshlab  ajdodlarimiz  merosini  o‘rganishga 

e’tibor  yanada  kuchaydi.  Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  qator  farmon  va  qarorlari  qabul  qilindi,  nufuzli 

tadbirlar o‘tkazildi.  

Jumladan, 

Samarqandda 

2017-yilning 

28-30 


avgust 

kunlarida  YuNESKO  shafeligida  “Jahon  tamadduni  tarixida 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish