Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Tovar  qiymatining  pulda  ifodalanishi  baho  deyiladi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Tovar  qiymatining  pulda  ifodalanishi  baho  deyiladi.  MD 

taqsimlanishidan  oldin  tovar  sotilishi  kerak.  Baho  mulkdorlarga 

mahsulot 

sotishdan 

kelib 

tushishi 



mumkin 

bo‘lgan 


pul 

mablag‘larining  o‘lchamini  aniqlaydi  va  navbatdagi  taqsimlash 

jarayonlari  uchun  boshlang‘ich  asos  sifatida  maydonga  chiqadi. 

Baho  tovarlarga  bo‘lgan  talab  va  taklifni  tartibga  soladi  va  shu 

orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  baho  nafaqa  va  hatto  minimal 

ish  haqini  aniqlashda  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Agar  davlat  baholarni  tartibga  solmasa, 

ijtimoiy  to‘lovlarni  o‘zgartirishga  va  minimal  ish  haqini  oshirishga 

majbur 


bo‘ladi. 

Hozirgi 


paytda 

dunyoning 

juda 

ko‘p 


mamlakatlarida  davlat  sotsial  ahamiyat  kasb  etuvchi  muhim 

tovarlarning  bahosini  boshqarib  turibdi.  Baho,  shuningdek, 

bojxonaviy  tartibga  solishda  va  bojxona  daromadlarini  undirishda 

davlat  tomonidan  foydalaniladi.  Masalan,  ayrim  mamlakatlarda 

bojxona  bojlari  ayrim  tovar  guruhlari  bo‘yicha  sotib  olish  bahosi 

bo‘yicha  emas,  balki  haqiqatdagisidan  keskin  farq  qiluvchi 

normativ  baholar  bo‘yicha  undiriladi.  Shunga  mos  ravishda 

(boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari 

va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori oshadi. 

Moliya 


va 

kredit 


mustaqil 

iqtisodiy 

kategoriyalar 

hisoblanishadi,  lekin  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonida  ko‘p  hollarda  ular  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Ular 

hamkorlikda  kengaytirilgan  asosda  korxonalar  pul  fondlarining 

doiraviy  aylanishiga  xizmat  qiladi.  Kredit  bank  tizimi  va  maxsus 

moliya-kredit  institutlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  ssuda 

fondining harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko‘rinishda 

tushuniladigan  kredit  davlatga  bevosita  bog‘liq  emas.  Takror 

ishlab chiqarish jarayonida uning roli yyetarli darajada aniqlangan 

-  bu  daromadlar  va  xarajatlar  o‘rtasidagi  vaqtinchalik  uzilishni 

qoplash  usuli  hisoblanadi.  Biroq,  bir  vaqtning  o‘zida,  kredit  - 

byudjet 


defitsiti 

va 


byudjet-kassa 

uzilishini 

(navbatdagi 

daromadlar  kelib  tushgunga  qadar  byudjet  xarajatlarini  qoplash 

uchun  bank  xizmatlari  zarur  bo‘lgan  paytda)  qoplashning  muhim 

shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining 




12 

chiqarishning  yanada  rivojlanishini  va  mamlakat  fuqarolari 

hayotining sifat darajasining yanada ortishini rag‘batlantiradi. 

Iqtisodiy  inqiroz,  ishlab  chiqarish  hajmining  pasayishi, 

ishsizlikning 

ortishi 


sharoitida 

moliyaning 

holati 

ham 


yomonlashadi.  Bu  narsa,  o‘z  navbatida,  davlat  ichki  va  tashqi 

qarzlari 

hisobidan 

moliyalashtiriladigan 

byudjet 

defitsiti 

miqdorining  kattaligida,  pul  emissiyasida,  davlat  qarzining  ortishi 

va  unga  xizmat  qilish  bo‘yicha  xarajatlarning  ko‘payishida 

namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi inflyatsiyaning kuchayishiga, 

xo‘jalik  aloqalarining  buzilishiga,  o‘zaro  noto‘lovlarning  ortishiga, 

pul  surrogatlarining  paydo  bo‘lishiga,  barter  bitimlarining 

ko‘payishiga, 

soliqlarni 

byudjetga 

undirish 

borasida 

qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o‘z vaqtida 

moliyalashtirilmasligiga, 

aholi 

keng 


qatlamlari 

turmush 


darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy 

va  ijtimoiy  (sotsial)  munosabatlarda  ishlab  chiqarish  real 

sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 

O‘zining  moddiy  mazmuniga  ko‘ra  moliya  pul  mablag‘-

larining  maqsadli  fondlarini  ifoda  etib,  ularning  yig‘indisi,  oxir 

oqibatda,  mamlakatning  moliyaviy  resurslarini  tashkil  etadi. 

Mamlakat  moliyaviy  resurslari  o‘sishining  asosiy  sharti  MD 

hajmining ko‘payishidir. Bir vaqtning o‘zida, “moliya” va “moliyaviy 

resurslar”  bir-biri  bilan  bir  xil  tushunchalar  emas.  Moliyaviy 

resurslar  o‘z-o‘zicha  moliyaning  mohiyatini  aniqlab  bermaydi, 

uning  ichki  mazmuni  va  ijtimoiy  jihatdan  mo‘ljallanganligini  ocha 

olmaydi.  Moliya  fani  resurslarning  o‘zini  emas,  balki  resurslarni 

shakllantirish,  taqsimlash  va  foydalanish  asosida  vujudga 

keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni  o‘rganadi.  Bu  fan  moliyaviy 

munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. 

Moliya  bazis  kategoriyasi  hisoblansa-da,  ko‘p  jihatdan  u 

hukumat  tomonidan  amalga  oshiriladigan  moliyaviy  siyosatga 

ham bog‘liq bo‘ladi. 

Moliya  –  bu,  eng  avvalo,  taqsimlash  kategoriyasi.  Uning 

yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi 

amalga oshiriladi. 

Moliyaviy 

munosabatlarning 

ijtimoiy-iqtisodiy 

mohiyati 

“Davlat  kimning  hisobidan  moliyaviy  resurslarni  oladi  va 

kimlarning  manfaatlari  uchun  bu  mablag‘lardan  foydalanadi?” 

degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish