Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o‘ziga



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

2.3. O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o‘ziga 

       xos xususiyatlari 

 

Tarixiy  taraqqiyotning  turli  bosqichlarida  davlat  o‘z  oldiga 



qo‘ygan  vazifalarning  mazmuni  va  talablaridan  kelib  chiqqan 

holda  moliyaviy  siyosatning  mazmuni  va  shakllari  ham  o‘zgarib 

boradi.  Masalan,  Sho‘rolar  moliyaviy  siyosati  o‘zining  mohiyati 

jihatidan  tom  ma’noda  mustamlaka  davlatining  moliyaviy  siyosati 

edi.  Shu  sabab  sobiq  SSSR  davrida  yuritilgan  moliyaviy  siyosati 

O‘zbekiston  Respublikasining  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

taraqqiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatdi.  

Sobiq  Ittifoq  moliyaviy  siyosatning  yana  bir  o‘ziga  xos 

xususiyati  shunda  ediki,  u  davrda  mamlakat  taraqqiyotini 

ta’minlashda  moliyaviy  siyosatning  roliga  yetarlicha  baho 

berilmadi.  Jamiyat  hayotining  barcha  jabhalarida  va  eng  avvalo, 

iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko‘rsatildi. 

Moliya  va  moliyaviy  dastaklarning  faol  roli  inkor  etilib,  moliyaviy 

siyosat  mamlakat  oldida  turgan  muammolarni  hal  qilishga 

qaratilgan  zarur  usullarni  ishlab  chiqishga  ojizlik  qilib  qoldi.  Uzoq 

davrga  mo‘ljallangan  konsepsiyalarni  ishlab  chiqishda  iqtisodiy 

samaradorlik  o‘rniga  ko‘proq  siyosiy  g‘oyalarning  asos  qilib 

olinishi, shu  bois  iqtisodiy  jihatdan  kam  samara  beradigan,  qisqa 

muddatli  foyda  olishni  ko‘zlab  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar 

iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  ayni  davrda  amal  qilayotgan 

moliyaviy  siyosatning  mazmunini  yaxshiroq  tushunib  olish  uchun 

sobiq  sho‘rolar  davri  hamda  mustamlakachilikdan  qutulgan 

davlatlarda  moliyaviy  siyosatning  ayrim  jihatlari  haqida  qisqacha 

axborot berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Siyosiy  mustaqillikka  erishgan  davlatning  iqtisodiy  mustaqil 

davlatga  aylanib  ketishi  o‘z-o‘zidan  amalga  oshib  ketaveradigan 

hodisa  emas.  Lekin  davlat,  iqtisodiy,  ayniqsa,  moliyaviy 

mustaqillikka  erisha  olmasa,  uni  tom  ma’noda  mustaqil  davlat, 

deb bo‘lmaydi.  

Mustamlaka  zulmidan  qutulgan  davlatni  moliyaviy  qaramlik 

iskanjasida  saqlab  qolishdan  manfaatdor  kuchlar  hamisha 

73 

topiladi.  Birinchi navbatda  sobiq  mustamlakachi  davlat  va  undagi 



mustamlaka  yurt  iqtisodiyotini  o‘z  foydasiga  ishlatib  yotgan  turli 

guruhlarda  shunday  intilish  bo‘ladi.  Masalan,  XX  asr  boshida  va 

ikkinchi jahon urushidan so‘ng Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida 

o‘nlab  davlatlar  mustaqillikka  erishdi.  Lekin  siyosiy  mustaqillikni 

qo‘lga  kiritgan  davlatlarning  asosiy  qismi  moliyaviy  jihatdan 

avvalgi  mustamlakachi  davlatlarga  qaramligicha  qolaverdi. 

Mustamlakachi  davlatlar  esa  sobiq  mustamlakalari  iqtisodiyotida 

o‘z  nufuzlarini  saqlab  qolish,  ularda  moliyaviy  mustaqillikka 

erishish  uchun  qilinayotgan  xatti-harakatlarga  zimdan  zarba 

berish,  ilm-fan  rivojiga  to‘sqinlik  qilib,  ishlab  chiqarishning  fan 

yutuqlari va yuqori intellektni talab qiladigan sohalari taraqqiyotini 

cheklash,  ularni  arzon  ishchi  kuchi  va  xomashyo  mintaqalari 

sifatida saqlab qolish uchun turli vositalar o‘ylab topishdi. 

Masalan, 

rivojlangan 

davlatlar 

va 

yirik 


transmilliy 

kompaniyalar  mahsulot  sotish  va  xizmat  ko‘rsatish  xalqaro 

bozorini  o‘zaro  taqsimlab  olishdi.  Ular  bu  sohada  tartib  -  intizom 

o‘rnatishdek  olijanob  g‘oya  ostida  turli  xalqaro  savdo-iqtisodiy 

tashkilotlar tuzishdi. Yosh, rivojlanayotgan davlatlardan birida har 

taraflama  sifatli,  bejirim  mahsulot  ishlab  chiqarildi,  deb  faraz 

qilaylik.  Jahon  bozorining  “xo‘jayinlari”  yangi  mahsulot  egasiga 

ular  bilan  kelishmasdan,  ya’ni  daromadning  ma’lum  qismini 

birgalikda  baham  ko‘rmasdan,  xalqaro  bozorga  chiqishga  imkon 

bermaslikka harakat qila boshlashdi. 

Ba’zan  siyosiy  mustaqil,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  baland 

davlatlarning  moliyaviy  mustaqillikni  qo‘ldan  boy  berib  qo‘yish 

hollari  ham  uchraydi.  Bunday  hodisa  turli  sabablarga  ko‘ra  yuz 

berishi  mumkin.  Masalan,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  Malayziya, 

Indoneziya, Singapur, Gonkong, Argentina, Rossiya kabi davlatlar 

1997-1998-yillarda moliyaviy inqiroz holatiga tushib qolishdi va bu 

hodisa mazkur davlatlar moliyaviy mustaqilligiga juda katta salbiy 

ta’sir  ko‘rsatdi.  Ayrim  davlatlar,  xalqaro  moliyaviy  idoralardan 

o‘nlab  milliard  dollar  miqdorida  qarz  olishga  majbur  bo‘ldi  va  shu 

qarzni  to‘lab  qutilgunlariga  qadar  amalda  mustaqil  moliyaviy 

siyosat o‘tkazish huquqini yo‘qotishdi. 

Bu  ro‘yxatga  tushib  qolgan  Janubiy  Koreya  tezda  avvalgi 

mavqeini  tiklab  olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Negaki,  koreys  millatida 

vatanparvarlik  va  Vatanning  istiqboli  uchun  fidoiylik  juda  kuchli 

ekanligi  ma’lum  bo‘ldi.  Koreya  Respublikasida  mamlakatning 



96 

miqdoriy 

ko‘rsatkichlarning 

tahlili 


bu 

sektorning 

taraqqiy 

topayotganligidan 

dalolat 

beradi. 


Notijorat 

soha 


holatini 

tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

•  notijorat  tashkilotlarining  soni.  2000-yillar  boshlarida 

Yevropa  mamlakatlarida  har  1000  kishiga  4ta  notijorat  tashkiloti 

to‘g‘ri  kelgan  edi.  Finlyandiya  shu  ma’noda  rekordchi  hisoblanib, 

bu  yerda  har  1000  kishiga  21  tadan  to‘g‘ri  keluvchi  notijorat 

tashkilotlari 

mavjud 


bo‘lgan. 

Bu 


ko‘rsatkichning 

darajasi 

Rossiyada 3,3ga teng edi. 

 

•  notijorat  tashkilotlari  ta’minlaydigan  aholining  bandlilik 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish