Ish haqi solig‘i – yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan
va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
Import-eksport solig‘i – soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri;
tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa
tortish obyekti bo‘lib belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada hisoblangan
tovarlarning boj qiymati yoki og‘irlik va miqdor birliklarida ifodalangan
tovarlarning soni hisoblanadi.
Iste’mol solig‘i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad
sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsizlar ana
shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari
qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa,
boshqa birovlari mahalliy byudjetlarga borib tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |