Y
Yig‘imlar – qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va
shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki
byudjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan majburiy badallar. Ularning
tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim
turdagi mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik
shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan
foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |