24.2. Sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari
Sug‘urta kompaniyasi, sug‘urta tashkiloti va sug‘urtalovchi
so‘zlari yagona ma’noni – sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanadigan
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarini
anglatadi.
O‘zbekiston
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida
sug‘urta tashkiloti sug‘urtalovchi sifatida talqin etilgan. Fuqarolik
kodeksida esa sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalovchi, sug‘urta
tashkiloti deb nomlangan. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunning 6-moddasida sug‘urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif
berilgan: “Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun
litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish
majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs
sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi”
108
.
Sug‘urta tashkiloti tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish
uchun litsenziyaga ega bo‘lishi shart. Unga litsenziyani maxsus
vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
beradi.
Sug‘urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi
lozim. Sug‘urta tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil
etilishi
mumkin. 2019-yil 10-yanvar holatiga
O‘zbekiston
Respublikasida 30 ta sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyatni
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning
bittasi to‘liq davlat tasarrufida (“O‘zbekinvest” eksport-import milliy
108
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan birga).
590
- umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni
sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli
bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Har
bir
sug‘urta
tarmog‘i
sug‘urta
risklari
va
majburiyatlarining
umumiy
xususiyatlariga
qarab
sug‘urta
klasslariga bo‘linadi. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta va
umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassni o‘z tarkibiga oladi. Har bir
sug‘urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta
sug‘urta turlarini (mahsulotlarini) o‘z ichiga oladi. Sug‘urta
tarmoqlariga oid sug‘urta klasslarining to‘liq nomlanishi 2002-yil
27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Sug‘urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan.
Sug‘urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug‘urtaning quyidagi
turlari amalga oshiriladi:
- harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning,
oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning
davlat majburiy sug‘urtasi;
- soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug‘urtasi;
- davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat
tomonidan majburiy sug‘urta qilish;
- sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan
majburiy sug‘urta qilish;
- Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti
mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini
majburiy sug‘urtasi;
- xavfli ishlab chiqarish obyektiga ega korxonalarning xavfli
ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa
shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof
muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish;
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish;
- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish.
579
(shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun
majburiyatni yozma ravishda o‘z zimmasiga oladi. Kafolatlar,
odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan
milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar)
o‘zining yuqori chegarasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatning
milliy valyutasida ifodalangan kafolatlarning umumiy summasi
davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada
ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga
kiritiladi. Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni
oluvchilarning (unga ega bo‘layotganlarning) moliyaviy ahvoli
tekshirilmog‘i kerak.
An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi
omonatlarini
kafolatlaydi.
Keyingi
yillarda
bozor
munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli
yuridik
shaxslarning
qarziy
majburiyatlari
bo‘yicha
ham
kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda.
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar
berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida
byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar
bo‘yicha
qarzlari
mavjud
bo‘lgan
subyektlarga
kafolatlar
berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir.
Rezident-yuridik
shaxslarning
majburiyatlari
bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir
etiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi,
shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq
olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga
hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib
chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga
shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida
kafolat jamg‘armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg‘armani tashkil etish
va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda
davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan
kuchaymoqda. Agar avval byudjetdan moliyalashtirishga asosiy
580
e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda og‘irlik markazining kredit
munosabatlari tomon o‘zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit
munosabatlari
mablag‘lardan
foydalanishda
byudjet
re-
surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali
usul hisoblanadi.
Davlatning kreditor sifatidagi o‘rni uning ichki va tashqi kreditlari
bilan belgilanadi. Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki
ko‘rinishga ega (bu degani, hamma davlatlar amaliyotida ham
bo‘lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi mumkin):
• byudjet kreditlari;
• byudjet ssudalari.
Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish
shakli bo‘lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida
mablag‘ berilishini ko‘zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori
byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-
yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan
ajratiladigan mablag‘dir.
Byudjetdan qarz mablag‘larini oluvchilar quyidagilar bo‘lishi
mumkin:
• byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit
tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish
huquqiga
ega
emas
(byudjet
va
byudjetdan
tashqari
jamg‘armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda);
• davlat unitar korxonalari;
• byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo‘lmagan yuridik
shaxslar;
• ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari.
Byudjet kreditlarini qaytarish bo‘yicha ijroni ta’minlashning
usullari faqat bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘larini qaytarish va
ulardan foydalanganlik uchun haqini to‘lash byudjet to‘lovlariga
tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin
berilgan byudjet mablag‘lari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tib ketgan
qarzlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Moliya
vazirligi
kelgusi
yil
uchun
byudjet
loyihasi
tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo‘lgan
byudjet kreditlarining umumiy hajmini aniqlaydi va investitsion
loyihalarning tanlovini o‘tkazish uchun kelgusi moliya yilining
boshlanishidan to‘rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga
etkazadi.
589
maxsus pul jamg‘armasini tashkil etish va turli noxush
hodisalarning sodir bo‘lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti
va faoliyatiga yyetkazilgan zararlarni mazkur jamg‘arma hisobidan
qoplash
bilan
bog‘liq
iqtisodiy
munosabatlarga
sug‘urta
deyiladi”
106
. 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida
sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug‘urta deganda yuridik
yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga
muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan
ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”
107
.
Ko‘rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi
sifatida to‘laydigan sug‘urta mukofotlari hisobidan maxsus
maqsadga mo‘ljallangan pul fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari
sug‘urta tashkilotlarining tasarrufida bo‘ladi. Sug‘urta tashkiloti
yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan sug‘urta
shartnomasiga asosan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida
yyetkazilgan zararlarni qoplaydi.
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida yyetkazilgan
zararlar, faqat, sug‘urta tashkiloti bilan tegishli sug‘urta
shartnomasini tuzgan yoki sug‘urta polisini olgan yuridik va
jismoniy shaxslarga shartnomada ko‘rsatilgan xavf-xatarlar sodir
bo‘lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug‘urta qoplamasini
olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs sug‘urta mukofotini
to‘lagan va shu asnoda pul fondini shakllanishida ishtirok etgan
bo‘lishi kerak.
Sug‘urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan:
- hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti,
sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq
manfaatlarini
sug‘urta
qilish,
bunda
shartnoma
bo‘yicha
sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan
oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy
to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
106
Ermasov S.V., Ermasov N.B. Straxovanie: Uchebnoe posobie dlya vuzov. – M.: YuNITI-DANA, 2004. – 5 s.
107
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.// Xalq so‘zi, 2002- yil, 28-may.
588
Do'stlaringiz bilan baham: |