Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

24-BOB.  SUG‘URTA 

   

24.1.  Sug‘urta haqida tushuncha va uning o‘ziga 

xos xususiyatlari 

 

Ma’lumki,  turli  ko‘ngilsiz  hodisalar,  xususan,  zilzila,  suv 

toshqini,  qurg‘oqchilik,  yer  ko‘chkisi,  sel,  kuchli  shamol,  do‘l  va 

shunga  o‘xshash  tabiiy  ofatlar  qadimdan  insoniyat  boshiga  katta 

kulfatlar  keltirgan.  Keyinchalik  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi, 

sanoatning  yangi  bosqichga  ko‘tarilishi  turli  texnogen  tusdagi 

xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan. 

Jamiyatning  barcha  jabhalari  taraqqiy  etishi  barobarida 

fuqarolarning 

bir 


maromda 

hayot 


kechirishlariga 

va 


korxonalarning  barqaror  faoliyat  ko‘rsatishiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatuvchi  omillar  ham  kengaya  boshladi.  Mana  bir  misol. 

Sanoatning  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanishi  tabiat  va  jamiyat 

o‘rtasidagi  muvozanatning  buzilishiga,  birinchi  galda,  ekologik 

vaziyatning  tang  ahvolga  tushib  qolishiga  sabab  bo‘ldi.  To‘g‘ri, 

insoniyat  tabiatning  injiqliklariga  ko‘nikib  yashashga  o‘rgangan, 

ammo,  shu  bilan  bir  qatorda  tabiiy  ofatlar,  yong‘in  va  boshqa 

noxush  hodisalar  ro‘y  berishi  oqibatida  yuzaga  kelgan  zararlar, 

yo‘qotishlarning  o‘rnini  qoplash  vositalarini  izlab  topishga  ham 

harakat  qilgan.  Hatto,  insoniyat  taraqqiyotining  dastlabki 

bosqichlarida  hayot  kechirgan  ajdodlarimiz  bunday  ko‘ngilsiz 

hodisalar  ro‘y  berishi  natijasida  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlar 

va  nobudgarchiliklardan  saqlanish  choralarini  ko‘rganlar.  Ana 

shunday  choralardan  biri  sifatida  qurg‘oqchilikdan  saqlanish 

maqsadida  suv  omborlari  va  oziq-ovqat  zaxiralarini  yaratganlar. 

Har  ehtimolga  qarshi  zaxiralarni  yaratish  va  oldindan  ko‘rib 

bo‘lmaydigan 

hamda 


insoniyatning 

ongi 


bilan 

boshqarib 

bo‘lmaydigan  ko‘ngilsiz  hodisalar  sodir  bo‘lishi  oqibatida  yuzaga 

kelgan  zararlarning  o‘rnini  qoplash  hozirgi  zamon  sug‘urta 

munosabatlarining asosini tashkil etadi. 

Tabiiy  ofatlar,  yong‘in  va  boshqa  noxush  hodisalar  yuz 

berishi  natijasida  yetkazilgan zararlarning  o‘rnini  qoplashda 

sug‘urta  muhim  ahamiyatga  ega.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  sug‘urta 

tushunchasiga  turlicha  ta’riflar  keltirilgan.  Ulardan  eng  keng 

tarqalgani  “yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  badallari  hisobidan 

581 

Loyihalarni  tanlovga  taqdim  etish  jarayonida  byudjetning 



markazlashtirilgan 

investitsion 

resurslarini 

tanlov 


asosida 

joylashtirishda 

investitsion 

loyihalarning 

samaradorligini 

baholashda  talab  qilinadigan  hujjatlarga  qo‘shimcha  ravishda 

yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim: 

•  ijroiya  hokimiyat  organlarining  import  bo‘yicha  sotib  olinishi 

rejalashtirilayotgan  asbob-uskunani  mamlakat  korxonalarida 

tayyorlashning  iloji  yo‘qligi  va  ularni  import  bo‘yicha  sotib  olish 

maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; 

•  ssudalarni  qaytarishni  ta’minlash  manbalari  ko‘rsatilgan 

holda  qarz  mablag‘larini  to‘liq  qaytarishning  moliyaviy  hisob-

kitoblari; 

•  da’vogarda  avans  to‘lovlarini  amalga  oshirish  uchun  o‘z 

mablag‘lari borligining tasdiqlanganligi. 

Ssudalar  mamlakat  tijorat  banklari  kafolatlari,  hokimiyat 

organlari  va  barqaror  moliyaviy-iqtisodiy  ahvolga  ega  bo‘lgan 

uchinchi  shaxslarning  iltimosnomalari  hamda  yuqori  likvidli 

qimmatli  qog‘ozlar  garovi  asosida  taqdim  etiladi.  Ta’minotning 

bunday  turlari  riskning  baholanishiga  bog‘liq  bo‘lgan  holda  turli 

kombinatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. 

Ssudalarning  miqdori  tanlovdan  o‘tgan  loyiha  uchun  uni 

moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, 

uning  40%dan)  oshmasligi  lozim.  Moliyalashtirishning  boshqa 

qismi  byudjet  manbalariga  muqobil  bo‘lgan  manbalar  hisobidan 

qoplanishi kerak. 

Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog‘liq va 

notijoriy 

xaraktyerga ega 

bo‘lgan 

investitsion 

loyihalarni 

moliyalashtirish  tashkilotlarga  shunday  loyihalar  hajmini  100% 

moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin. 

Davlat 


tomonidan 

xorijiy 


davlatlarga, 

ularning 

yuridik 

shaxslariga  va  xalqaro  tashkilotlarga  taqdim  etilayotgan  kreditlar 

deyilganda ular bo‘yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari 

va  xalqaro  tashkilotlarning  kreditor  sifatida  davlat  oldida  vujudga 

kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi. 

Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat 

oldidagi  qarzlarini  shakllantiradi.  Odatda,  byudjet  to‘g‘risidagi 

qonunda  bu  qarzlarga  tegishli  bo‘lgan  quyidagilar  tasdiqlanishi 

kerak: 

•  xorijiy  davlatlarning  qarzlari  bo‘yicha  qaytarilish  (uzilish) 

summalari va foizlarining to‘lovi; 



582 

•  moliyaviy  yilning  oxiridagi  xorijiy  mamlakatlar  qarzlarining 

miqdori; 

•  xorijiy  davlatlarga  taqdim  etiladigan  davlat  kreditlarining 

maksimal hajmi; 

•  moliyaviy  yilda  ularning  oluvchilari,  maqsadlari  va 

kreditlashtirish  miqdorlari  ko‘rsatilgan  holda  kreditlar  ro‘yxatidan 

iborat  bo‘lgan  xorijiy  davlatlarga  davlat  kreditlarini  taqdim  etish 

dasturi.  


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish