586
• Davlatning qanday qarziy instrumentlari kuponlarga ega
emas?
• Daromadlarni aniqlash metodiga ko‘ra davlat krediti qarz
majburiyatlarining qanday turlaridan iborat?
• Qarz chiqarilgan paytda belgilangan qarzni qaytarish
muddatlariga
qat’iy
rioya
qilish
bo‘yicha
qarzdorning
majburiyatlariga muvofiq davlat krediti qarziy majburiyatlarning
qanday ko‘rinishlaridan tarkib topadi?
• Qarzlarni qaytarishning qanday usullari bo‘lishi mumkin?
• Keng va tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deb
nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi?
• Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday vazifalarni
yechish ko‘zda tutiladi?
• Davlat kreditini boshqarish qanday organlar tomonidan
amalga oshirilishi mumkin?
• Uni tezkor boshqarish kimning rahbarligi va hamkorligida
ta’minlanadi?
• Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi
natijasida davlat qarzi vujudga keladi?
• Davlat qarzi deb nimaga aytiladi?
• Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga
bo‘linadi?
• Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va
ular nimalari bilan farqlanadi?
• Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi
mablag‘larni (qarzlarni) jalb qilish qanday maqsadlar uchun
amalga oshirilishi mumkin?
• Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag‘larini jalb
qilishda qarziy majburiyatlarning qanday turlaridan foydalanish
mumkin va ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga nimalar kiradi?
• Amaliyotda qarz mablag‘larini jalb qilish, asosan, qanday
yo‘llar bilan amalga oshiriladi?
• Davlatning qimmatli qog‘ozlar bozori qanday vazifalarni
bajarishga imkon beradi?
• Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi?
• Nimalar bo‘yicha qarzlari bo‘lgan subyektlarga kafolatlar
(kafillik) berilmaydi?
• Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlari beriladimi?
583
• maqsadli xorijiy qarzga olishlar:
(qarzlar) bo‘yicha:
a) yakuniy oluvchi;
b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo‘nalishi;
d) qarzga olish manbasi;
e) qazga olish summasi;
f) qarzni qaytarish muddatlari;
j) mablag‘larni byudjetga qaytarish bo‘yicha uchinchi shaxsning
kafolati;
yo)
navbatdagi
moliyaviy
yil
boshlangunga
qadar
foydalanilgan mablag‘lar hajmining baholanishi;
g) navbatdagi moliyaviy yilda mablag‘larning foydalanish
hajmi prognozi (bashorati).
O‘zbekiston
Respublikasi
nomidan
davlat
qimmatli
qog‘ozlarining yagona emitenti bo‘lib, Moliya vazirligi hisoblanadi
va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda
ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi.
Davlat
byudjeti
va
byudjetdan
tashqari
davlat
jamg‘armalarning mablag‘larini maqsadli va barqaror sarflanishini
ta’minlash, byudjetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlarning
qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga
davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar
olish yo‘li bilan qarz mablag‘larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat
tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat
davlatning byudjetdan tashqari jamg‘arlariga ham tegishlidir.
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil
funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir
obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona
va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va
hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy
funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan
boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya
vazirligining topshirig‘iga ko‘ra va respublika byudjetining
mablag‘lari
hisobidan
obligatsiyalarning
egalariga
bu
obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya
vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va
mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat
qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
584
• “olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard
stavkalarini oshirish (ko‘tarish), qimmatli qog‘ozlar va valyuta
bozorlarida Markaziy bankning intervensiyasi. Biroq bunday
choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi;
• xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir
ko‘rsatish uchun qarz olishning o‘zi emas, balki kreditlarning
olinishi to‘g‘risida ishonch bo‘lishining o‘zi yetarlidir. Yuqoridagi
choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum
darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning
ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;
• davlat qimmatli qog‘ozlar milliy bozori nobarqarorligining
oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga uzoq
muddatli monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan
chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning
undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-
yotning o‘sishiga erishish va h.k.lar) qo‘llanilsagina, erishish mumkin.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o‘sish
sur’atlari va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi.
Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini
boshqarishda aniq bir konsepsiyaga ega bo‘lish alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu konsepsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda
pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o‘rtasidagi aloqalarni davlat
qarzlarining davlat moliya tizimidagi o‘rnini, tashqi va ichki davlat
qarzlarining bir-birlari bilan bog‘liqligini aniqlash juda muhimdir.
Davlat qarzlarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqishda eski
majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi
yyetarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga
olinmog‘i kerak. Shuningdek, davlat qarzlarini tartibga solishning
yagona konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan paytda bu qarzlar
hajmining asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan to‘siq bo‘lishi
mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: