24.5. Mol-mulk sug‘urtasi
Yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish
sug‘urta turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan sug‘urta shartnomalarini
tuzish yoki sug‘urta polislarini rasmiylashtirish orqali amalga
oshiriladi. Sug‘urta turlari obyekti va shakliga ko‘ra farqlanadi.
Masalan, mulk sug‘urtasida sug‘urta obyekti sifatida yuridik va
jismniy shaxslarga tegishli mol-mulklar, moddiy boyliklarni but
saqlash bo‘yicha manfaat yuzaga chiqadi.
Mulkni sug‘urtalashning o‘zi bir qator sug‘urta turlarini o‘z
ichiga oladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash,
jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash va boshqalar
mulkni sug‘urtalash turlariga misol bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda
200 dan ziyod sug‘urta xizmatlari turlari ishlab chiqilgan va
salohiyatli mijozlar e’tiboriga etkazilgan. Mamlakatimizda faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari o‘rtacha 30-40 ta sug‘urta
xizmat turlarini ko‘rsatadi. Sug‘urta xizmatlari turlari ixtiyoriy va
majburiy shakllarda amalga oshiriladi.
Mulkiy sug‘urta hayot sug‘urtasidan tashqari umumiy
sug‘urta tarmog‘ida eng asosiy sug‘urta turlarini o‘z tarkibiga
oladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot
yoki fuqaro o‘z mol-mulkini avaylab-asrashga harakat qiladi.
Ammo, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan ko‘ngilsiz voqealarning
tasodifan sodir bo‘lishi oqibatida bu mol-mulklar zararlanadi yoki
626
butunlay nobud bo‘ladi. Rejali iqtisodiyot tizimida barcha
korxonalar davlat tasarrufida bo‘lganligi bois bunday voqelarning
ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararlar, aksariyat holatlarda,
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplangan.
Ammo, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan
bog‘liq
iqtisodiy
islohotlar mulkiy munosabatlarni tubdan
o‘zgartirib yubordi. Mulklar davlat tasarrufidan chiqarilishi tufayli
xususiy va boshqa mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar
barpo etildi. Tabiiyki, yangi sharoitda davlat xususiy sektordagi
korxona va tashkilotlarning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan
zararlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Bir tomondan,
bozor sharoitida raqobatning mavjud bo‘lishi hamda turli ichki va
tashqi xavf-xatarlar tadbirkorlik faoliyatini bir maromda amalga
oshirishga tahdid solsa, ikkinchi tomondan, yuqori foyda olishga
intilish katta tavakkalchiliklar qilishni talab etadi.
Mulk sug‘urtasi sug‘urta tashkiloti va yuridik yoki jismoniy
shaxs bilan tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq amalga
oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-
moddasida sug‘urta shartnomasining muhim shartlari ko‘rsatilgan
bo‘lib, sug‘urta tashkilotlari sug‘urta shartnomalarini tuzishda
mazkur
shartlarni
e’tiborga
olishlari
lozim.
Bu
shartlar
quyidagilardan iborat:
Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan
sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi
lozim:
sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa
mulkiy manfaat to‘g‘risida;
yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan
voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar
shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi
nazarda tutilgan bo‘lsa;
sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati
(muddatlari) to‘g‘risida;
shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar
ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta
qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan
639
moddiy yordam bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz
berishi sug‘urta hodisalari deb hisoblanadi: sug‘urta qildirgan
shaxsning (shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi
yoki vafot etishi. Sug‘urtalash shartlari: sug‘urta qildirgan shaxs
har oyda (har chorakda) cyg‘ypta mukofotlari to‘laydi. Ularning
miqdori belgilangan tariflarga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita
ko‘rsatkichga:
sug‘urta
qildirgan
shaxsning
yoshiga
va
sug‘urtalash
davriga
bog‘liq
bo‘ladi.
Bunda
jamg‘arilgan
resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan
holda bonus yozib boriladi.
Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo‘lgan
bank depoziti bu sug‘urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir.
Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib
olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda
daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg‘arib
boriladigan usulda cyg‘yptalashda sug‘urta shartnomasi tuzilgan
paytdan boshlab mijoz sug‘urta davrida o‘z mablag‘larining bir
qismini olish huquqiga ega bo‘lmaydi. U shartnoma amal qilish
muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin.
Hayotni jamg‘arib boriladigan usulda sug‘urtalashning bank
depozitiga nisbatan afzalligi ham bor. Fuqaroning hayoti
sug‘urtalanganida sug‘urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib
turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug‘urta to‘lovlari
amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo‘yicha bunday to‘lovlar yo‘q.
Merosho‘rlar cyg‘ypta tashkilotidan butun sug‘urta summasini,
ya’ni sug‘urta qildiruvchi cyg‘yptalash davri oxirida olishi kerak
bo‘lgan summani oladilar.
O‘zbekistonda
amalda
bo‘lgan
“Sug‘urta
faoliyati
klassifikatori”ning hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga oid jami 4 ta
klass mavjud bo‘lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug‘urta
kompaniyalari o‘z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil
etadilar. Quyidagi hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga oid
klasslarning tasnifi keltirilgan:
638
- fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish;
- xorijga chiquvchi fuqarolarni sug‘urta qilish;
- tibbiy sug‘urta;
- bonus to‘lovli hayot sug‘urtasi;
- ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash;
- nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish.
Shaxsiy sug‘urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini
umumiy
sug‘urta
sohasida
faoliyat
ko‘rsatuvchi
sug‘urta
tashkilotlari ham, hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat
ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari ham o‘tkazishlari mumkin.
Ammo, so‘ngi uchta sug‘urta turi hayotni sug‘urta qilish sohasiga
oid bo‘lib, ularni faqat shu sohada faoliyat yuritish uchun tegishli
litsenziyaga ega sug‘urta tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin.
2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida
hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan 6 ta sug‘urta tashkiloti
(“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa life”, “New Life insurance”, “Agros
Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat Hayot” sug‘urta kompaniyalari)
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi
bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib
aytganda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda u har doim moddiy
ehtiyojlik sezadi. Hayot sug‘urtasi fuqarolarning ma’lum bir
yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog‘liq xarajatlarni
qoplash imokniyatini beradi.
Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug‘urtasi ijtimoiy
himoyaning samarali vositasidir. Aslida, sug‘urta qildiruvchi
shaxsning sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta
shartnomasida
belgilangan
yoshgacha
yashashi,
sug‘urta
qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug‘urta summalarini to‘lash
bo‘yicha sug‘urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi
va sug‘urta muddati bir yildan ortiq bo‘lgan sug‘urta turlariga hayot
sug‘urtasi deyiladi.
Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari sug‘urta
tashkiloti va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladi. O‘zbekistonda
hayot sug‘urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni
jamg‘arib boriladigan tarzda sug‘urtalash hisoblanadi. Bu sug‘urta
turi sug‘urta qildirgan shaxsni sug‘urta holati yuz bergan taqdirda
627
fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga
nisbatan
yomonlashtiradigan
shartlarni
o‘z
ichiga
olsa,
shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining
tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan
bog‘liq ularning mulkiy manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul
qilinishi mumkin:
• binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlari;
• ishchi mashinalar, uzatish qurilmalari, quvvat beruvchi
uskunalar;
• inventar;
• tovar zaxiralari, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i va
boshqalar.
Sug‘urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo‘lgan mol-
mulklar ham, ijara va keyinchalik egalik huquqini berish sharti
bilan qabul qilingan mol-mulklar ham sug‘urtalanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yilning 27-noyabridagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 413-sonli qarorida “mol-
mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish” 8-klassga oid
ekanligi ko‘rsatilgan. Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki,
tuproqning cho‘kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi,
zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda
yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi
sug‘urta turlarining jami Hukumat qarori bilan tasdiqlangan
“Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning 8-klassiga mos keladi. Do‘l,
qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki
shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi
sug‘urta turlari 9-klass doirasida amalga oshiriladi.
Sug‘urta
hodisalari
sug‘urtalanuvchilarning
qo‘pol
ehtiyotsizligi, atayin xatti-harakati natijasida voqea sodir etilsa va
uning natijasida mol-mulkka zarar yetkazilsa, bu zararlar
sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydi. Shu yerda siyosiy risklarni
sodir bo‘lishi oqibatida ko‘rilgan zararlar ham qoplanmasligini
eslatib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan “Sug‘urta faoliyati klas-
sifikatori”ga muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi -
“Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish”da qayd
628
etilgan shartlarda, ya’ni yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala,
ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yerosti suvlari, sel, yashin
urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk
yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini
ta’minlovchi sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni
sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish”
deb ataladi. 9-klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l,
qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki
shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi
sug‘urtaning turlari jamidan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mol-mulkni sug‘urta qilish
huquqiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 8
va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha sug‘urta tashkilotlari
haqlidir.
Mol-mulkni sug‘urta qilish sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy
munosabatlarini
belgilab
beruvchi
xujjatdir.
Shartnomada
franshiza qo‘llanilishi mumkin. Franshiza - yuridik shaxslar
ko‘rgan zararning muayyan qismi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz
berganda sug‘urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar
bo‘lmaydi va u to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta qoplamasidan
chegirib tashlanadi.
Sug‘urtalovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli mol-
mulklarni yong‘in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko‘chki, bo‘ron, er
cho‘kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida
to‘liq yoki qisman nobud bo‘lganda sug‘urta qoplamasini,
sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar esa sug‘urta mukofotini
o‘z vaqtida to‘lash va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish
majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar
sug‘urta tashkiloti va yuridik shaxslar o‘rtasida mol-mulkni
sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil
etadi.
Suturtalovchining
majburiyatlari
sug‘urta
mukofoti
sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan
e’tiboran kuchga kiradi. So‘ng sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga
shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida beriladi.
637
vaqtincha yoxud umrbod yo‘qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz
hodisalardan ehtiyoti shart sug‘urtalangan bo‘lsa, u holda sug‘urta
tashkiloti fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida
kulfat tushganda unga moddiy ko‘mak beradi, shu fuqaroni
oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug‘urtaning
fuqarolarni ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Fuqaro
kasallikka duchor bo‘lganda tibbiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
davolanish, dori-darmon sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar
sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi. Bugungi kunda
O‘zbekiston Respublikasidagi qator sug‘urta takshilotlari tibbiy
sug‘urta turlarini amalga oshirmoqdalar.
Shaxsiy sug‘urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash
bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi
bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga
erishilishi lozim:
sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;
sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib
sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning
xususiyati to‘g‘risida;
sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati
(muddatlari) to‘g‘risida;
shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Shaxsiy sug‘urta deganda insonning sog‘ligi, hayotini saqlash
bilan bog‘liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urta turlari
tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug‘urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-son qarori
bilan tasdiqlangan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy
sug‘urta sohasiga oid 1-klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart
sug‘urta qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug‘urta
qilish” shaxsiy sug‘urta tarmog‘iga mansub. Shuningdek, hayotni
sug‘urta qilish sohasining barcha klasslari doirasida amalga
oshiriladigan sug‘urta turlari ham shaxsiy sug‘urta tarkibiga kiradi.
Shaxsiy sug‘urtaga oid eng ommaviy sug‘urta turlariga quyidagilar
kiradi:
636
-sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi;
-sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan
ishlar;
-zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘urta
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsatilishi
kerak;
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon
miqdori.
Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra
zarar
aybdor
shaxs
tomonidan
qoplanadigan
bo‘lsa,
sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi:
-agar sug‘urtalanuvchi zarar yetkazilishiga olib keluvchi xatti-
harakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan
yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa;
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa,
tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar.
Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun
aybdor
yoki
uchinchi
shaxslardan
tovon
olgan
bo‘lsa,
sug‘urtalovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan
pul bilan aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul
o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi.
Shartnoma imzolagandan so‘ng tavakkalchilik darajasida ro‘y
bergan va sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan
barcha o‘zgarishlar sug‘urta tashkilotiga sug‘urta shartlarini
o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishini talab
qilish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta
mukofotini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma
yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib
berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |