Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni sotish
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va
ularning foydasini qamrab oladi. Hozirgi paytda savdo ustamalari
markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan alohida tovarlar bo‘yicha ularning yuqori chegarasi
mintaqaning mahalliy ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
Baho yuqorida sanab o‘tilgan barcha elementlarni o‘zida
mujassam etmasligi ham mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini sotib olish bahosida qo‘shilgan qiymat solig‘i
mavjud emas. Shuningdek, barcha tovarlar ham aksizosti tovarlari
bo‘lavermaydi, ayrim tovarlar esa iste’molchilarga vositachilarsiz
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi.
Xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, bozor baholari erkin
iqtisodiyotda talab va taklifga muvofiq ravishda o‘rnatiladi.
Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga noo‘rin aralashuvi
(bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish
jarayoni va baholar tizimi tushuniladi), ba’zi hollarda iqtisodiy
vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. Buning sababi shundaki,
davlat organlari, odatda, o‘zlarining biznesga ishtirok etishlari
natijasida qo‘shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi.
Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud.
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
• sof
qiymat
asosida
baholarni
aniqlash
(muallifi
G.S.Strumilin);
• baholarni
o‘rtalashtirilgan
qiymat
asosida
aniqlash
(D.D.Kondratov);
• takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov);
• obyektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich);
• oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin).
• va boshqalar.
Bahoni hisoblash (aniqlash)ning “o‘rtacha xarajatlar va
foyda” usuli o‘z asosiga ishlab chiqarishning o‘rtacha chiqimlari
va ustamasini oladi. Bunda baho ishlab chiqarish chiqimlari va
foydaning yig‘indisi sifatida qaraladi. Bu yerda foydaning qismlari
esa foydalanilayotgan mehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga
292
proporsional ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko‘ra mehnatning
qiymati bahoning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday yondashuv erkin bozor tizimi nuqtayi nazaridan o‘zini
oqlamaydi, chunki ko‘p XYuSlar o‘z tovarlarini yuqori bahoga ega
bo‘lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki
boshqa
omillarni
hisobga
olgan
holda
baholaydi.
Neoklassiklarning tasdiqlashicha, ne’matlarni ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi
yoki yo‘qligi xususidagi iste’molchining tegishli qarori bilan hech
qanday umumiylik tomoni yo‘q. Bu joyda uni haqiqatdan ham
tashvishga soladigan narsa iste’moldagi optimallilikdir. Masalan,
XYuS agar tovarni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli
deb e’tirof etsa, baholarni qoplashga mo‘ljallangan xarajatlarni (bu
yerda yana shu narsani ham hisobga olish kerakki, u o‘zining ish
haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qancha
mahsulotlarni ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u
holda u shu mahsulot o‘zida mujassam etgan foydalilikka
(naflilikka) asoslangan holda qaror qabul qiladi. Tovarda
mujassamlangan foydalilikni esa hech qachon shu mahsulotni
ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun
ham baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini “bozor nimani
Do'stlaringiz bilan baham: |