302
turli bozorlarning masshtablari va bozor talablarini qondirishning
o‘z imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmog‘i kerak.
Undan so‘ng XYuSning mamlakat ichki bozoridagi hamda
yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat
sohasini aniqlash va cheklab olmoq lozim. Yaqin va uzoq xorij
mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat ko‘rsatish shartlari va
huquqiy tartibga solish normalariga ko‘ra bir-biridan keskin farq
qiladi. Bozorlarning hududiy geografiyasini bilish ham muhimki,
ular uchun faoliyat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari, shahar
va qishloq bozorlarining nisbatiga tegishli bo‘lgan belgilar mavjud
bo‘lib, ular har ehtimolga qarshi, o‘zlarining xususiyatlarini uzoq
vaqt davomida yana saqlab qolishi mumkin. Va nihoyat, baholarni
shakllantirishning strategik yo‘naltirilishida joriy investitsion talab
bozorlarini aniq chegaralab olmoq ham zarur.
XYuSlarga mo‘ljalni aniq olish va maqsadli bozorlarni
tanlashga bozorni segmentlashtirish imkon beradi. Bozorni
segmentlashtirish o‘rganish metodi hisoblanadi. Unga ko‘ra
iste’molchilar ehtiyojlari, tavsifi, xatti-harakatining o‘ziga xosligi va
shunga o‘xshash xususiyatlariga muvofiq guruhlarga ajratiladi.
Bozor segmenti bir xil toifadagi iste’molchilardan, u yoki bu
holatga bir xil tarzda reaksiya qiluvchilardan tashkil topadi.
Yaxlit olinganda bozor iqtisodiyotida bozor baholarini
shakllantirishning umumiy belgilari bozorning turli sohalarida
baholarning turli-tuman ko‘rinishlarini qo‘llash orqali amalga
oshiriladi.
Raqobatning
erkinlik
darajasi
va
baholarni
shakllantirishga (bular bozorlar tipini klassifikatsiya qilishda asosiy
me’zon sifatida maydonga chiqadi) bog‘liq ravishda bozorlar
quyidagi to‘rt asosiy tiplarga ajratiladi:
• erkin (sof yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni
aniqlashda
erkin
musobaqalashishning
mavjudligi
bilan
xarakterlanadi;
• monopolistik raqobat. Bunda to‘liq almashtirilishi mumkin
bo‘lmagan
xilma-xil
tovarlar
guruhini
ishlab
chiqaruvchi
XYuSlarning musobaqalashishi amalga oshiriladi;
• oligopolistik raqobat. Bu ko‘p bo‘lmagan ishlab
chiqaruvchilar raqobat bozoridan iborat;
• monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlarning bahosini
o‘rnatishda bir xo‘jalik subyekti hukmronlik qiladigan bozordir.
291
va u vositachilik qilganligi uchun komission yig‘imlarni,
vositachining transport va boshqa xarajatlarini, uning qo‘shilgan
qiymat solig‘i va foydasini o‘zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: