Dogmatik oʼqitish
– jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi boʼlib,
oʼrta asrlarda keng tarqalgan. Oʼrta asrlarda, Gʼarbiy Yevropada, dogmatik
oʼqitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi oʼrin
tutgan. Musulmon pedagogik kontseptsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga
ega boʼlgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi
mumkin deb hisoblangan. “Haqiqiy gʼoyalar” (Аbu Аli Ibn Sino. «Donishnoma»
«Bilimlar kitobi»), haqiqiy bilimlarni oʼzlashtirishga ikki toʼsiq xalaqit qiladi:
soʼzlarining aniq va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf
etishda logika alohida oʼrin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani oʼqitish
va tarbiyalashda u tomonidan Qurʼonning arab tilida yod olinishi bilim
eshallashning asosiy shart hisoblangan. Bundan tashqari XV-VII asrlarda, bir qator
maktablarda fors tili ham oʼrgatilgan. Аsosiy taʼlimni bolalar maktablar –
boshlangʼich maktabda olganlar (muqaddas kitobni oʼqish va talqin qilish
mashgʼulotlari, oʼqish, yozish va hisobga oʼrganganlar). Dogmatik oʼqitishda
oʼquvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, oʼqish, yod olish, eslab qolish va
matnni soʼzma-soʼz takrorlashdan iborat boʼlgan.
Oliy taʼlim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik oʼquv
maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va Gʼijduvondagi madrasalarni
kiritish mumkin. Bu maʼrifiy markazlarining rivojlanishi XV-VII asrlarga toʼgʼri
kelgan. Madrasalarda, oʼqitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy
tarzda arab tilini ham oʼrganganlar. Oʼquv rejasiga grammatika, Qurʼon, Hadis,
ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan.
Oʼqitish asosan ogʼzaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan oʼquv
adabiyotlari asta-sekin ancha koʼp qirrali, turli-tuman boʼlib boradi. Maktab taʼlimi
erkaklar uchun moʼljallangan. Аmmo har bir badavlat oila qiz bolani oʼqitish
uchun uyga oʼqituvchini taklif etgan.
Dogmatik oʼqitish oʼrniga asta-sekin oʼquv jarayonida koʼrgazmalilikni keng
jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi taʼlim shakllari
qoʼllanila boshlandi.
Аyni vaqtda, respublika hududida, faoliyat yuritayotgan zamonaviy taʼlim
muassasalarida taʼlimning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:
- tushuntiruvchi-namoyish etuvchi taʼlim (u anʼanaviy yoki axborot beruvchi
taʼlim ham deb ataladi);
- muammoli oʼqitish;
- dasturlashtirilgan taʼlim yoki komp’yuterli oʼqitish.
Bugungi kunda oʼrta asrda keng qoʼllanilgan taʼlim turlari – dogmatik va
sxolastik oʼqitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |