“Harflarga yordam ber ” o‘yini.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarning ekspessiv nutqini o‘stirish. Diqqat , xotira, tafakkur, tasavvurini rivojlantirish. Umumiy matorikasi, fonetik eshituvni o‘stirish, topqirlik, chaqqonlikni o‘rgatish.
Ta’limiy maqsad: Bolalarda savodxonlik bilimlarni mustaxkamlash, so‘z boyligini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: do‘stini diqqat bilan tinglash va jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish.
Jixozlar: Katta va kichik bosma harflar .
O‘yinning borishi: Yerga (maydonga) katta va kichik harflar aralash–quralash qilib yoyib qo‘yiladi. Bolalar shu harflar atrofida aylana bo‘ylab yuradilar va to‘xtaydilar. Tarbiyachi ishorasidan so‘ng ona va bola harflarni topib, har bir bola qo‘lidagi qaysi harf ekanligini, unli va undosh tovushligini va shu tovush bilan boshlanuvchi so‘zlarni aytadilar.O‘yin barcha harflarni topgunga qadar davom etadi.
“Yetishmaydigan qismini top ” o‘yini.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarning obstrakt tasavvur va tafakkuri, diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur, bog‘langan nutqini rivojlantirish. Mayda motorikasini, ko‘ruv idrokini o‘stirish.
Ta’limiy maqsad: Bolalarda hatolar ustida ishlashni va sinchikovlikni hamda topqirlikni rivojlantirish. Harflarning hakida bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: Guruhda do‘stona muhitini yaratish. Tarbiyachini tinglashi , o‘zi va do‘stini nutqini nazorat qilishga o‘rgatish.
Jixozlar: harflar elementi tushirib koldirilgangan kartochkalar
O‘yinning borishi: Bolalarga harflarni qaysidir elemenntlari tushirib qoldirilgan va shu xarflardan tuzilgan, so‘z yashiringan kartochkalar beriladi. Va bolalarga diqqat bilan qarab kuzatish va kerakli bo‘lgan elementlarini yozib, hosil bo‘lgan so‘zni o‘qish so‘raladi.
“Tovushli tahlil” o‘yini.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalar nutqining fonetik idroki, diqqati, xotirasi, tafakkurini rivojlantirish. Mayda motorikasi, eshituv idroki, bog‘langan nutqini o‘stirish. Lug‘atini boyitish.
Ta’limiy maqsad: Bolalarning savodxonlik bilimlarini mustahkamlash. Tovushlarni farqlash, mutaqil fikrlashga o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Guruhda do‘stona muhitni yaratish. Berilgan materialdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish.
Jixozlar: Rasmli kartochkalar, rangli fishkalar.
O‘yinning borishi: Bolalarga alohida predmetli rasmlar beriladi. Bu so‘zlarni bo‘g‘inga ajratish, tovushlarni unli - qizil fishka va undosh tovushlarni ko‘k fishka yordamida belgilash so‘raladi. Bolalar javoblari tahlil qilinib hatolar ustida ishlanadi.Bu o‘yin yanada murakkablashtirib, shu so‘z ishtirokida gap tuzdirib, gap necha so‘zdan iborat ekani so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |