TA’LIMIY O‘YINLAR KARTOTEKASI
(maktabga tayyorlov guruhi)
Tayyorladi:
TTSTITJE shoʻba mudiri F.Qodirova
Toshkent tumani MTB
Kodlangan harflar” o‘yini.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarning nutqini o‘stirish. Diqqat, xotirani, mayda motorikani, ko‘ruv faoliyatini, chaqqonlikni, hozirjavoblikni rivojlartirish.
Ta’limiy maqsad: Bolalarni bilimlarni kengaytirish. O‘qish va yozish malakalarni mustahkamlash. Lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: Tarbiyachini diqqat bilan tinglash, topshiriqqa to‘g‘ri yondoshishga o‘rgatish.
Jixozlar: Raqamlar yozilgan kartochkalar, flomaster.
O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga raqamlar ostida yozilgan harflar jamlanmasi, ya’ni kartochkani ko‘rsatadi va tushuntiradi. Har bir bolaga faqatgina raqamlar yozilgan kartochka tarqatiladi va raqam ostidagi katta harfni topib yozish so‘raladi. Bola harfni topib, yozib hosil bo‘lgan so‘zni o‘qiydi. Tarbiyachi bolalar javobini kuzatadi, to‘g‘rilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |