Ta’limiy maqsad: Bolalarni mavzu asosida bilimlarini kengaytirish, mustaqil gap tuzishga o‘rgatish , lug‘atini yangi va murakkab so‘zlar bilan boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: Jonli va jonsiz tabiatni asrab-avaylashda o‘z hissasini qo‘shishga o‘rgatish.
Jixozlar: “Algoritm ” sxemasi, rasmlar.
O‘yinning borishi: Mavzularga mos sxema asosida savol–javob tariqasida o‘ynaladi. Masalan; hayvonlar mavzusi, bu nima? Rangi qanaqa ? Tana qismlari va tanasi nima bilan qoplangan ? Ovozi qanday ? Oziqlanishi, yashashi, bolasining nomi, insonga qanday foydasi bor ? Savollarga to‘liq aniq javob berish so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |