Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi


AMERIKA QO`SHMA SHTATLARIDAGI TA’LIM



Download 449,02 Kb.
bet7/7
Sana21.01.2022
Hajmi449,02 Kb.
#398250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grafikli organayzerlar

AMERIKA QO`SHMA SHTATLARIDAGI TA’LIM

AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSh maktablarining bitiruvchi sinf o`quvchilaridan tashqari barcha o`quvchilar ta’tillar paytida ish bilan band bo`ladilar. Ta’lim tizimlariga mablag` ajratish bo`yicha AQSh dunyo mamlakatlari o`rtasida yetakchi o`rinni egallaydi. Amerika boy mamlakat lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga tulgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berilish nazarda tutilmagan. Boshlang`ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga to`laqonli bilim, ta’lim berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo`lib shakllanishini taminlashdan iboratdir. Amerika maktablarida o`quv-tarbiya ishlari bilan bog`liq masalalarni to`laligicha har bir shtat o`ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang`ich maktablarda o`quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha. Ya’ni boshlang`ich ta’lim 4,5,6,8 yillik bo`lishi mumkin.O`quvchining boshlang`ich ta’lim bosqichidanoq o`quvchilar uchun turli to`garaklar, sayohatlar tashkil etiladi. Ma’lum darajada 9-sinf bitirganlar yuqori maktablarga tanlov yo`li bilan qabul qilinadilar. Lekin yuqori va o`rta maktab o`quvchilarining bilimiga qarab tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o`quvchi ularga qabul qilinadi.

O`rta maktab o`quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtini o`quv sinflarida, qolgan vaqtini esa labaratoriya va tajriba maydonchalarida o`tkazadilar. O`quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-hunar yo`nalishlariga mos keluvchi predmetlardan olinuvchi saboqlarni ko`paytirish mumkin. AQShda har bir o`quvchining fanlar bo`yicha olgan bilimlarini jamlovchi attestatlari mavjud bo`ladi. Odatda o`quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o`quv predmetlalari bo`yicha bir o`qituvchi bilim beradi. Ayrim maktab o`quvchilarining o`quv predmetlarini o`zlashtirishda eng yangi o`quv vositalarini qo`llash va urganilayotgan darsliklarni programmalashtirish tufayli amalga oshiriladi. AQShda oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi bular: kichik mutaxasislik, bakalavr, magistr, va doktorlik. AQSh ta’lim tizimi asosi ikki bosqichdagi ananaviy yo`nalishdan iborat.

Oliy ta’limdagi o`z oldiga qo`ygan maqsadi va o`quv dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsada ularni vazifasiga ko`ra bizdagi maxsus o`rta ta’lim yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu bosqich 2 yillik kollej shaklida bo`lib bitiruvchilarning uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning III-ko`rsiga qabul qilinadilar. Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik kollejlarning 87foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir.



1-bosqich oliy ta’limni tugatgan talabalarga 2-bosqichdagi to`rt yillik kollej va dorilfununlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy o`quv dargohini bitirganlarga 1-darajali bakalavr unvoni beriladi. 2-bosqich oliy o`quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash uchun to`rt yil ishlab chiqarishga borib ishlaydilar. 3-bosqich –magistr maktabi hisoblanib, unda o`qish muddati 1-2 yildan iborat. 4-bosqich doktarantura bosqichidir tinglovchilar unda 3-4 yil ta’lim oladilar.

AQSh ta’lim tizimimimg oliy bosqichi to`g`risida gap ketar ekan, uning ikki ananaviy yo`nalishi mavjudligini qayd etmoq kerak. Birinchisi, bu ta’limni individuallashtirish bo`lsa, ikkinchisi, talabalarning mustaqil ishlashlarini amalga oshirishdir. Amerika pedagogikasida ta’limning bosh maqsadi intelektni mashq qildirish, xulosalash, mantiqan fikrlash qobiliyatini o`stirishdan iboratdir.
Download 449,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish