Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi.
Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko`rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo`nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o`rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo`nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o`z ichiga oladi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo`q bo`lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog`lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo`lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi.
Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o`qituvchi o`z kuchiga, o`z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo`lyozma kitoblar yaratildi, lekin o`quvchi ularning mazmunini o`qituvchi faoliyati vositasida o`zlashtiradi.
2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi mukammal rivojlanmagan, lekin o`qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O`quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar ko`rashi natijasida sodir bo`lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o`zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o`quv vositalarini o`zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o`quv vositalari o`qituvchidan ko`p mehnat talab etadi va o`quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo`lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o`qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo`llaydiganlar safi kengaya borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |