Asalarining uchishi
|
Qulay sharoit (15-200)
|
Noqulay sharoit(12-130)
|
Marta
|
13,5
|
7
|
Vaqti(minut)
|
45,5
|
65
|
Bir uchib borib kelishda mahalliy asalarilar tog’li sharoitda 16,2—25.0 mg, Italiya asalarilari 20,5—28.1 mg, kavkaz asalarilari 21,5— 36,4 mg, paxtakor zona mahalliylari 28,7—45,3 mg, italiya arilari 27,6—39,2 mg, qo’ng’ir kavkaz asalarilari 34,0—54,7 mg nektar yig’ib kelishi kuzatilgan. Asalarilar bir uchishida asal jig’ildonida 50—60 mg, o’rtacha esa 40 mg gacha nektar keltiradi (3-jadval).
3 – jadval.
Uyaga keltirgan nektar(mg)
|
Mahalliy asalarisi
|
Italiya asalarisi
|
Kavkaz asalarisi
|
Tog’li hudud
|
16,2mg
|
20,5-28,1mg
|
21,5-36,4mg
|
Paxtakor zona
|
28,7-45,3mg
|
27,6-39,2mg
|
34,0-54,7mg
|
Keltirgan nektarning hammasini qabul qiluvchi asalarilarga bermasdan, 10 mg gacha qismini jig’ildonida qoldiradi, degan fikr bor. Keyingi uchishida sarflanadigan energiyani qoplash uchun undan oziq sifatida foydalanadi. Shunday qilib, bitta asalari 10 kunda 300—400 mg nektar olib keladi, butun umri mobaynida (o’rtacha 20 kunda) 6000— 8000 mg, ya’ni 6—8 g nektar olib keladi. Bu nektardan 3—4 g asal ishlab chiqishi mumkin. Agar asalari oilasining faqat ma’lum bir qismi nektar yig’ishga qatnashishini e’tiborga olsa, asal yig’ilishi unumli bo’lishi uchun asalari oilasining kuchli, ya’ni asalarilar soni ko’p bo’lishi katta ahamiyatga ega ekanligini ko’ramiz. Tajriba ma’lumotlariga ko’ra, nektar ko’p bo’lgan zonalarda yaxshi bir asalari oilasi 5—8 kg gacha nektar yigishi mumkin ekan. Ob-havoning o’zgarishi asalarining uchishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qatiq shamol vaktida asalarilar 30% kam uchadi. Normal sharoitda temperatura 10° dan past bo’lsa, asalarilar nektar yig’ish uchun uchmaydi. Faqat uyada perga yetarli bo’lmagan taqdirda erta bahorgi salqin vaqtda ham uchishga majbur bo’ladi. Temperatura 15—20° bo’lishi asalarilar uchishi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Temperatura va namlik asalarilarning nektar yig’ishiga bevosita ta’sir etishi mumkin; o’simliklarning nektar ajratishi temperatura va namlikning o’zgarishiga bevosita bog’liq bo’ladi. Asalarilarning nektar yigish uchun uchib ketishi esa o’simliklarda nektar ko’p yoki oz bo’lishiga bog’liq.
Asalari oilasida nasli bo’lsa va bahorning sovuq kunlarida uyalar isitilmasa, ularning uchish faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Shu sababdan naslni saqlashda zarur bo’lgan temperaturani yaratish uchun ko’plab asalari uyada qolib ketadi.
Kuchli oilalar kuchsiz oilalarga nisbatan ko’p asal yig’adi. Tog’li zonalarda kechasi temperatura 13° dan past bo’lsa o’simliklar nektar ajratmaydi. 15° dan yuqori bo’lganda ko’p nektar ajratadi. Shu boisdan katta oilalarda nektar yig’ish uchun minutiga 500—600 tadan asalari uchib ketadi.
Yuqorida aytib o’tilganlardan quyidagicha amaliy xulosa chikarish mumkin: asalarichi atrofdagi nektarga boy o’simliklar gullagan vaqdta kuchli asalari oilasiga ega bo’lishi kerak, shundagina ko’p asal yig’ishi mumkin; oilaning qishlovi uchun yetarli darajada asal va perga zapasi bo’lishi kerak; qishlovga asalari oilasi ko’p yosh avlod bilan kirishi kerak, shunda oila qishlovdan kuchli chiqadi va bahorda hayotchanlik qobiliyati saqlanadi; shuningdek, bahorda asalarilarni asal va perga bilan yetarli miqdorda ta’minlash kerak Arixonalar quyilgan joy bilan nektarli o’simliklar o’sadigan joy oralig’idagi masofa 500 metrdan uzoq, bo’lmasligi kerak. Aks holda yig’ilgan nektarning ko’p qismi arining ovqatlanishiga sarflanadi.
Taxminan 3 oy – dekabr, yanvar, fevral oylari asalarilar dalaga nektar, gulchang yig’ishga chiqmaydi, zapas oziq bilan oziqlanadi. Ayrim issiq kunlarda ular ichakda yig’ilgan ahlatdan halos bo’lish uchun aylanib uchib keladilar. Qishda issiq kunlari qancha ko’p bo’lsa, asalarilar chuncha ko’p uchib keladi va shuncha ko’p oziq sarflaydi, asalarilar to’zadi yani eskiradi. Ba’zan qishlovga kirgan asalarilarning 50% chasi qoladi. Fevralning oxiri, ayrim yillarda fevralning boshida birinchi gullaydigan o’simliklar gullay boshlaydi va issiq, shamolsiz kunlari, ularga asalarilar qatnay boshlaydi. Bular ichida shafrang, za’faron, olma, yoysimon shung’iya va boshqa serasal o’simliklar alohida ajralib turadi. Bu o’simliklar tekislik va tog’ etagi chegaralarida yaxshi rivojlanadi, pastki adirlarda har gektarda minglab to’p bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |