Bog'liq asalari faunasi uchish fenologiyasi va ularning asal tarkibi
T a j r i b a n i n g m a q s a d i. Asalarilarning hayot kechirishi uchun qulay muhit sharoitini va ular boqiladigan joyda qulay sharoit yaratish imkoniyatini aniqlash.
Men o’qituvchim rahbarligida asalari boqiladigan yashikdagi (biologiya kabineti, tirik burchakda ham mumkin) tokchalarda oltita ramkadan iborat eng zaif ikkita asalari uyasining derazaga teskari va bir-biriga yaqin turganini aniqladim. Pastdagi uchib chiqadigan joyi metall to’r bilan berkitim, bu to’r orqali asalari uyasiga havo kiradi, yuqoridagi uchadigan joyiga esa fanerdan qilingan naychalar — asalarilar o’tadigan joy qilib qo’yilar ekan, uning ikkinchi uchi derazadan tashqariga chiqardim. Shunday qilib, asalarilar bemalol uchadigan bo’ldi. Men o’qituvchim bilan asalarichilik fermer xo’jaligidagi xodimlar bilan birgalikda kun isib ketgan vaqtlarda uychada (kabinetda yoki tirik burchakda) havo temperaturasini va namligini tartibga solib turdik, vaqt-vaqtida polga suv sepib hamda atrofga pulvizator bilan suv purkab turdik. Asalarilari bo’lgan boshqa yashiklar o’quv-tajriba uchaskasida edi. Asalarilar boqiladigan uychadagi yashiklardan kun davomida asalarilarning beto’xtov uchib turishini va soat 3 dan 6 gacha kam uchishini kuzatdim. Uchastkadagi uyalarda esa kun isib ketgan vaqtlarda asalarilar g’uj bo’lib, ishlamadi.
May oyining boshlarida tajriba o’tkazilayotgan har bir oilada asalari bolalari bilan o’n ramka bo’lgan edi. Tajriba o’tkazilayotgan oilalarga ikkinchi korpus qo’yildi, bu korpusda quruqlik bo’lmaganligi uchun har bir oilaga faqat ikkitadan quruqlik va shu bilan bir vaktda 10 tadan yangi ramka qo’yildi; bu ramkalar yo’l-yo’l qilib mumlangan. May oyining oxiriga borib tajriba o’tkazilayotgan asalari oilalari o’ntadan ramka qurdilarlar va ularning 50—60% ini asal bilan to’ldirdilar. har bir asalari oilasidan 22 kg dan asal olingan edi. Kontrol asalari oilalarini 3—5 ramkadan qurdilar va o’rtacha 12 kg dan asal berdilar.
Tajriba o’tkazilgandan keyin asalari yashigi yaqinida yaxshi sharoit yaratish asalarilarning hayot kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga, ona asalari qo’yadigan tuxumlar miqdori birdan ko’payishiga, asalarilarning ish kuni uzayishiga, asalari inining kichiklashishiga va bularning hammasi natijasida asal miqdorining ortishiga ishonchhosil qildim. Asalarichining amaliy ishi uchun bu katta ahamiyatga ega.
Men xuddi shu mavzuga doir yana bir tajribani o’qtuvchim va ishchi xodimlar yordami bilan birgalikda o’tkazdim. Bitta asalari yashigi sug’orish qanalining bo’yiga juda salqin joyga qo’ydim, ikkinchisi radiusi 1,5 m bo’lgan suv bilan to’ldirilgan chuqur ustiga qo’ydim. Uchinchi asalari oilasiga (uyasiga) oxurcha qo’ydim va unga bir hafta davomida suv quyib turdim. Uchastkada qolgan barcha asalari oilalari (tabiiy sharoitdagi uyalar) kontrol hisoblandi. Tajriba may oyining oxiri iyul oyining boshlarida kunduzgi temperatura 30—35° va havo namligi 25—30% bo’lganda o’tkazdik. Kun isib ketgan soatlarda asalarilarning kontrol uyalaridagi asalarilar g’uj bo’lib, ishlamayotganini qayd qildim. Havo sun’iy yo’l bilan namlanganda asalari oilalari paxta dalasida 4—5 soat ortiq ishlagan,; ona asalarilar esa intensiv ravishda urug’langan tuxumlarni qo’ydi. Bu qishgi oziq, zapasining ko’payishiga va asalarilarning qishdan yaxshi chiqishiga yordam bergan.