Та’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida udk: baydillayev sanjar abdumumin o’G’LI



Download 1,1 Mb.
bet5/23
Sana13.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#660625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH (3)

Tadqiqot usullari. Xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning mavzuga doir yondashuv va qarashlarini tadqiq etish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan risklarni boshqarish amaliyotidagi riskni boshqarish bilan bogʻliq ustuvor jihatlarni tahlil qilish asosida dissertatsiyaning amaliy jihatlari shakllantirildi. Mazkur tadqiqotni amalga oshirishda tizimli tahlil, kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, qiyosiy tahlil, ekspert baholash, iqtisodiy-statistik usullardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, mazkur tadqiqot ishi investitsiyalar nazarda tutilgan va tutilmagan ammo ehtimoli bor risklar hamda koʻzlanayotgan samaralarni baholash asosida, oʻz va oʻzga mablagʻlar qiymatining kapitallashuvi hamda jamgʻarilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga bogʻlanishidan dalolat beradi. Shuningdek, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir. Risk tahlilining miqdor usullari orasida ommabop usullar quyidagilardir: statistik usul, statistik tajribalar usuli; maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili; ekspert baholash; analitik usullar va boshqalar. Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan izohlanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, to‘qqizta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat uzviy ketma-ketlik asosida yoritilgan. Dissertatsiya ishi 98 betdan iborat boʻlib, 18 ta rasm hamda, 2 ta jadvalni oʻz ichiga oladi.


I BOB. INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING ILMIY-NAZARIY, USLUBIY ASOSLARI
1.1.Investitsion faoliyatda risklar va ularning tasniflanishi
Investitsion faoliyat ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotida investorlar har doim ham kutilgan va rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri risklarning mavjudligidandir.
Investitsion faoliyatida risk - bu investorlarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq yoki ko‘proq foyda olish, loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
“Risk” atamasi Yevropa davlatlarining ko‘p tillarida uchraydi. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya cho‘qqi manosini bildiradi. Italyan tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona o‘tish manosini bildiradi. “Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib o‘tmoq manosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimolini, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish manosida kelishi ko‘rsatilgan.
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proporsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning takidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan daromad darrajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”2.
“Risk” so‘zi ispan-portugal tilida “suv ostidagi qoya” degan manoni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talofot ehtimoli” deb qaralgan. V.G.Sevryuk “risk – bu hol, bir ishlab chiqaruvchining muayyan holati” degan tarifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Olshanskiy “risk – bu zarar ko‘ish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir”3 degan tarifni keltiradi.
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, deya izohlaydi. E.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”4. Iqtisodiy adabiyotlarda, jumladan, “Xorijiy investitsiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmada o‘quv investitsion risklarga berilgan ta’rif va tasniflashlar diqqatiga sazovordir.
Gap risk ustida borar ekan, ana shu kategoriyaing naqadar real iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiy vaziyat yoki ahvolni to‘g‘ri tasniflashi ustida to‘xtatilib o‘tish lozim. Ma’lumki, risk investorlar faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatni ifoda etadi. U yaqqol ko‘rinib, sezilib, bilinib turishi yoki hufyona bo‘lishi ham mumkin. Riskning qanday ko‘rinishda bo‘lishini anglash investorlarning tafakkuriga, ongiga, ayniqsa, iqtisodiy dunyoqarashi darajasiga bog‘liq. Buning ustiga riskning keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy dunyoqarashi darajasiga bog‘liq. Buning ustiga riskning keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari darajasi ham mavjud, yani ayrim risk unchalik yomon oqibat keltirmasligi, bazi risk jiddiy, katta zarar keltirishi, hatto investor faoliyatining xonavayron bo‘lishigacha olib kelishi mumkin.
Iqtisodchi-olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to‘g‘risidagi qarashlari diqqatiga sazovordir. “Risk” atamasi o‘zbek tilidagi ayrim, manbalarrda “tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “taxlika” va “g‘ov” manolarida tarjima qilinayotgan bo‘lsa-da, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl manosini bildirmaaydi. “Zararlari vujudga kelishi yoki daromadlarning ko‘zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi”.
Rossiyalik iqtisodchi I.P.Xominich “risk – bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u qandaydir voqea sodir bo‘lish ehtimolini ko‘rsatadi, risk oqibatida uchta iqtisodiy natijaga: salbiy natija (zarar, yo‘qotish), nolga va ijobiy natija (foyda, tushum)ga erishish mumkin” deb yozadi. Yana fikrining davomida: “Risk bu subyektiv-obyektiv kategoriyadir. Riskning subyektiv tomoni maʼlum strategik qarorlarni qabul qilish va ularning natijalari ehtimolini hisoblashda namoyon bo‘lsa, riskning obyektiv tomoni risk natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarning sifatli va miqdoriy ifodalanishi hamda ularning oqibatlarida namoyon bo‘ladi” deb taʼkidlaydi.
Professor A.V.Vaxabov “Investitsion risk umumiy moliyaviy riskning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida moliyaviy yo‘qotishlar ehtimolini va investitsiyalardan daromadlarni to‘liq ololmaslik yoki qo‘shimcha investitsion xarajatlarning paydo bo‘lishini namoyon etadi”, deb taʼrif beradi.
Ta’kidlash joizki, investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar, iqtisodiy mohiyatga ko‘ra, moliyaviy risklar hisoblanadi. Moliyaviy risklar deganda, odatda, moliyaviy resurslarni, yani pul shaklidagi resurslarni yo‘qotish xavfi tushuniladi. Moliyaviy risklarning tarkibiga inflyatsion risk, deflyatsion risk, valyuta riski, likvidlik riski, kredit va foiz risklarinni kiritish mumkin.
Investitsiyalarga xos bo‘lgan moliyaviy risklarning asosiy turi loyihaviy risklar bo‘lib, ular tarkibiga loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga xavf soladigan, pul mablag‘larining oqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan risklar kiradi.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda, loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga, loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligi pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi.
Noaniqlikdan va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Noaniqlikdan farqli tarzda riskning omillari oldindan malum va ushbu holat ularni baholay olish va boshqarish imkonini beradi.
Investitsiya loyihalari kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish