Bog'liq INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH (3)
-rasm. Risklarni yuzaga keltiruvchi va ularning darajasiga ta'sir etuvchi omillar tasnifi9. Ta’kidlash joizki, ichki omillar korxona faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, tashqi omillar korxonaning kundalik amaliyotiga xos bilim va xatolariga bevosita bogʻliq boʻlmaydi. Lekin, bu holat tashqi omillarni koʻra bilish, baholay olish zaruriyatlarini inkor eta olmaydi.
Tashqi omillarni ikki guruhga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq:
- bevosita ta'sir etuvchi omillar;
- bilvosita ta'sir etuvchi omillar.
Bevosita ta'sir etuvchi omillar riskka toʻgʻridan-toʻgʻri ta'sir etadi va bularga: qonunchilikning oʻzgarishi; tadbirkorlikdagi raqobat; xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan munosabatlarning oʻzgarishi; soliq tizimining oʻzgarishi; korruptsiya va reket kabi omillarni kiritish mumkin.
Bilvosita ta'sir etuvchi omillar risklarga toʻgʻridan-toʻgʻri ta'sir etmasa ham ularning oʻzgarishiga ta'sir koʻrsatadi va bularga: siyosiy holat, xalqaro miqyosdagi voqealar (masalan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi), faoliyat yuritilayotgan davlatning iqtisodiy nobarqarorligi, faoliyat olib borilayotgan sohaning iqtisodiy ahvoli, tabiiy ofatlar kabilarni kiritish mumkin.
Tadbirkorlik riski darajasiga koʻproq ta'sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: soliq siyosati va rejimi; qonunchilik barqarorligi; transport va tariflar; korruptsiya; faoliyat olib borilayotgan davlatning iqtisodiy holati; faoliyat yuritilayotgan sohaning iqtisodiy ahvoli; inflyatsiya darajasi; siyosiy nobarqarorlik; tabiiy ofatlar; korxona strategiyasi; ma'lumotlar konfidentsialligi (tijorat sirining muhofazalanganligi).
Risk omillarining bir-biriga bogʻliqligi asosan uning ustuvorligini namoyon qiladi: ma'lum bir omilning oʻzgarishi boshqa omillar oʻzgarishiga ham ta'sir etadi va shuning oqibatida ularning risk darajasiga ta'sirini ham oʻzgartiradi.
Riskni boshqarishdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi xarajatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi hodimlari o‘z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish taktika va strategiyasini ishlab chiqishlari kerak.
Risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa – amaldagi bozor konyukturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir.
Riskni boshqarishdagi asosiy yo‘llar: -risklarniajratish;
-risklarni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash;
-moddiy ta’minotni olish (garov);
-moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik);
-risklarni kredit bo‘yicha yuqori foiz stavkasiga ko‘chirish;
-risklarni kreditlashga qabul qilish;
-qarzlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish kabilardan iborat.
Bu esa, riskni boshqarish bo‘yicha quyidagi ish yo‘nalishlarini talab qiladi:
-har bir mijoz bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;
-ma’lum bir mijozning asosiy xo‘jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringini yuritish; kafolatni jalb qilish va tahlil etish;
-risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish).
Risklarni ajratish deganda moliyalashtirish manbalarining harakatidagi og‘irlikni qarzdorning o‘zi bilan birgalikda boshqa bir necha investorlar o‘rtasida bo‘linishi tushuniladi.
Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo‘llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval o‘tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishni yoki ishtirokchilar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishga sabab bo‘lishi mumkin. Riskni boshqarishda chora va usullarni optimal variantini tanlash barcha loyiha ishtirokchilari o‘rtasida jiddiy muzokaralar bo‘lishini talab qiladi.
Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichida ma’lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
-risklar monitoringi;
-riskni istiqbolini belgilash;
-tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga malumot berish va bu bilan bog‘liq ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
-riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar.
Ta’kidlash joizki, shunday risklar mavjud bo‘ladiki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya’ni ular loyiha ishtirokchilari ta‘siridan tashqarida bo‘ladi. Bunday risklar ko‘p xarajat talab qilinganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo‘llanilinadi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o‘z-o‘zini sug‘urtalash, tajribali sug‘urtachi yordamida sug‘urtalashga mablag‘ ajratishi tushuniladi. Sug‘urta shartnomalarida riskning ko‘pgina turlari bo‘yicha sug‘urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko‘rib o‘tilgan moddalar mavjud bo‘ladi. Riskni boshqarishda loyiiha ishtirokchilari ham bevosita ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o‘z usullari va yo‘llarini amalga oshiradilar, bu amalgga oshirish reja – dasturlarini nazorat qilib boradilar.
Natijalarni baholash – bu ma’lum bir loyiha doirasidagi risk- menejmenti bo‘yicha faoliyatlarining yig‘indisidir. U keng ma’lumotlar to‘plami asosida o‘tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk menejmentining alohida choralarini qo‘llash, samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o‘tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko‘rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan riskni boshqarish bosqichlari va riskni baholash usullari yordamida risk sababli bo‘ladigan yo‘qotishlarni pasaytirish, ular bilan bog‘liq ko‘ngilsiz oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif qilish mumkin.
Loyiha risklarini boshqarishning u yoki bu turdagi vositalarning, mexanizmlarning qo‘llanishi amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari risklarning aniq turlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar ko‘lamiga, shuningdek, ularning loyihani amalga oshirish natijalariga bo‘lgan ta‘sirlariga bog‘liqdir. Risklar barcha loyihalar uchun umumiy bo‘lgani kabi har bir investitsiya loyihasining o‘ziga xos hususiyatlariga, muayyan tasniflariga qarab maxsus risklar ham bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitlarda risklarni tahlil etish, ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqarishda kuchli va tajribali mutaxasisning malakali malakli bilimiga tayaniladi. Bunda loyiha risklarini boshqarish bir martalik yoki bitta jarayonidan iborat bo‘lmasdan, balki u bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu jarayonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishdagi risklarni pasaytirish yoki bartaraf etishgina emas, balki loyihaning ijobiy natijalarini ta’minlash yoki oshirishga ham bo‘ysindiriladigan bo‘ladi.
Quyida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aniqlanuvchi, hisobga
olinuvchi risklarni tahlil qilish va ularni loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlaridagi boshqarish tizimining bosqichlari keltirilgan.
1. Risklarni boshqarishni rejalashtirish.
2. Risklarni tasniflash.
3. Risklarni sifatli baholash.
4. Risklarni miqdoriy baholash.
5. Risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash.
6. Risklarning monitoringini olib borish.
Loyiha risklarini boshqarishning yuqoridagi barcha bosqichlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikka ega. Har bir bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi.
Investitsiya loyihalarining amalga oshiriladigan tarmoq hususiyatiga qarab yuqorida tilga olingan bosqichlar qisman o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, elektrotexnika va transport, neft va neftni qayta ishlash tarmoqlari va shu kabi davlat tarmoqlariga nisbatan qa’tiy yuqori ahamiyat kasb etuvchi davlat tomonidan nazorat qilib boriluvchi tarmoqlar hisoblanadi.
Shuning uchun bu tarmoqlarga oid investitsiya oid investitsiya loyihalari risklarini boshqarish bosqichlari tarmoq hususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin.
1.Risklarni boshqarishni rejalashtirish. Risklarni boshqarishni rejalashtirish deganda aniq loyiha bo‘yicha boshqarishni rejalashtirish va qarorlarni qabul qilish jarayoni tushuniladi. Shuningdek, mazkur jarayon o‘z ichiga loyiha risklarini boshqarish jarayonini hodimlar bilan ta’minlashni tashkil etishni ham qamrab olishi lozim.
2.Risklarni tasniflash. Risklarni tasniflash jarayoni doirasida loyihaga haqiqatdan ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklar aniqlanadi va bu risklarning tasnifi keltiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, investtitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni tasniflash ularni boshqarishning eng muhim jarayonlaridan hisoblanadi.
3.Risklarni sifat jihatdan baholash - loyihada tasniflangan risklarning sifat tahlilini amalga oshirish va ulardan eng xatarlilarini ajratib olishdir. Risklarni sifatli baholash risklarining paydo bo‘lish shart-sharoitlarini baholashni va ularning standart yoki nostandart usullar va vositalar bilan loyihaga ta‘siri aniqlanadi. Aksariyat hollarda tahlilning universal usullarini qo‘llab olinadigan natijalarning ko‘zlangan darajadagi ishonchligini ta’minlashga imkon bermaydi.
4.Risklarni miqdoriy baholash. Iqtisodiy adabiyotlaga risklarni miqdoriy baholash sifatida risklarning paydo bo‘lish ehtimolligini aniqlash va ularning loyihaga ta‘siri tushuniladi. Miqdoriy tahlil, aksariyat hollarda, risklarni boshqarishning mustaqil bosqichi hisoblansada, u risklarni sifatli baholash bosqichi bilan uzviy bog‘ liqlikda qo‘llanishi lozim.
5.Risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash. Iqtisodiy adabiyotlarga risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslullarini hal etish uslublarini tanlash sifatida loyihaga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi risklarni pasaytirish uslublari va texnologiyalarini ishlab chiqish tushuniladi.
6.Risklarning monitoringini olib borish. Risklarning monitoringini olib borish bosqichi doirasida aniqlangan risklar, bartaraf etilmagan risklar va risklardan himoyalanish rejasining bajarilishi taminlanganligi aniqlanadi hamda uning samaradorligini baholash ishlari olib boriladi.
Risklarni baholash va boshqalarning tashkiliy jarayonlari quyidagi rasmda keltirilgan.
Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarni (moddiy resurslarga bo‘lgan narxning ebranishi, iqtisodiy o‘sish va kelgusida mahsulotga bo‘lgan talabning o‘sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining o‘zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy siyosat, shu jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiiy omillar va boshqalar) hamda ichki omillarni (loyihalashtirilayotgan obyektning qurilish grafigi, joriy va ekspluatatsion harajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zlashtirilishi va boshqalar) inobatga olish lozim bo‘ladi.