Та’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida udk: baydillayev sanjar abdumumin o’G’LI


-ortiqcha tavakkal qilish kerak emas; -



Download 1,1 Mb.
bet19/23
Sana13.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#660625
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH (3)

-ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;
-risk oqibatlari to‘g’risida o‘ylash lozim;
-kam narsa uchun risk qilish kerak emas.
Birinchi tamoyilga asosan, investor o‘z kapitalidan ko‘ra ko‘proq risk qilishi mumkin emas, yani investor investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g’risida qaror qabul qilishidan avval quyidagilarga amal qilishi lozim.
-Loyihaga tasir etuvchi risk bo‘yicha mumkin bo‘lgan zararning maksimal hajmini aniqlab olishi;
-Uni qo‘yilayotgan capital va o‘zining barcha moliyaviy mablag’lari bilan taqqoslashi lozim.
-Loyiha kiritilayotgan kapitalning yo‘qotilishi investorning bankrot bo‘lishiga olib kelish-kelmasligini risk koeffisentini hisoblash asosida aniqlashi lozim. Risk koeffisentini quyidagicha topiladi:


  =Z/UMR (3.2.1)

Bunda,   – risk koeffisenti; Z - maksimal mumkin bo‘lgan zararlar summasi; UMR – o‘z moliyaviy resurslar hajmi.


Formuladagi  <0,3– riskning mumkin bo‘lgan darajasi;  >0,7 – investorni bankrotlikka olib keluvchi risk koeffisenti.
Ikkinchi tamoyilning amalga oshirilishi investorning risk ehtimolligi miqdori va oqibatlarini aniqlab olgan holda riskni pasaytirish usullari to‘g’risida qaror qabul qilinishini talab etadi.
Uchinchi tamoyilning amal qilinishi loyihadan ko‘riladigan zarar hajmiga nisbatan yuqori bo‘lgan hollarda riskdan (tavakkal qilishdan) bosh tortish zarurligi bilan anglanadi, yani oz samara uchun ko‘p narsadan voz kechish kerak emas.
Investor uchun uning manfaatiga mos bo‘lgan loyiha uni amalga oshirishdagi yuzaga keluvchi risklarning to‘liq bartaraf etilganidir. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muqobil loyihalarni taqqoslama tahlil etishning ahamiyati juda kattadir.Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muqobil loyihalarni taqqoslama tahlili, xatto, ularning qaysi biri eng kam riskli, yuqori foydali, tez qaytimli, kafolatlangan daromadli, hayotiyligi ishonchli investitsiya loyihasi ekanligini aniqlashga imkon beradi. Bunday tahlil investorning moliyalashtirishga loyiq haqiqiy raqobatbardosh loyihani aniqlashi va tanlashiga imkon beradi.
Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
-risklarni diversifikatsiyalash;
-risklarni sug’urtalash;
-risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash;
-risklash uchun moliyaviy zaxiralar ajratish;
-qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo‘lish.
Risklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog’liq bo‘lmagan turli xil faoliyatlar o‘rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi.Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o‘rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutilish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakillantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakillari mavjud:
-tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo‘yicha diversifikatsiyalash;
-istemolchilarni diversifikatsiyalash;
-mol еtkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
-loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Risklarni sug’urtalash bu risklardan og’ish hisoblanib, buni mukofot evaziga risklarni sug’urta kompaniyalariga berish orqali risklarni pasaytirish hisoblanadi.Sug’urtalashda mulkni sug’urtalash hamda baxtsiz hodisalardan sug’urtalash amalga oshiriladi.Mulkiy sug’urtalashning quyidagi shakillari mavjud.
-moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat qurilishlarini sug’urta qilish;
-moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki havo trasportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug’urta qilish;
-moddiy yo‘otishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat va subpudrat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan asbon uskunalarni sug’urta qilish.
Baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishning quyidagi shakillari mavjud:
-qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shaxsiy zarar yoki mulkiy zarar ko‘rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya qilish maqsadida umumiy fuqorolik javobgarligidan sug’urta qilish;
-loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtayi nazardan xatolarga yo‘l qo‘yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqanda bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug’urta qilish.
Risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma hujjatlarini ishlab chiqish davomida taqsimlash mumkin. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo‘lgan u yoki bu risklarni ko‘paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar.Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko‘zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo‘ladi.
Risklarni miqdor jihatdan taqsimlashda yuqorida ko‘rib o‘tilgan risklarni tahlil qilish usullari qo‘llaniladi. Masalan, “Qarorlar daraxti” usulida har bir bosqichda hech bo‘lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi va buyurtma amalga oshiruvchi. Buyurtmachi shartnomada ko‘rtasilgan ishlarni o‘z vaqtida hamda sifatli qilib bajargan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga harakat qiladi; buyurtmani bajaruvchi esa maksimal foyda olishga harakat qiladi.Bunda risk darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi kerak.
Risk orqali ko‘rilgan zararlarni tashkil etishni ko‘zda tutadi.Ko‘zda tutilmagan zararlarni qoplash uchun moliyaviy zaxiralarni tashkil etish orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzulishlarni bartaraf etish mumkin.
Moliyaviy zaxiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim:
-ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun kerakli bo‘lgan mablag’ miqdori;
-ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun kerakli bo‘lgan zaxiraning tarkibi;
-belgilangan zaxiralardan foydalanish maqsadlari.
Moliyaviy zaxiralar ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha mablag’larni ajratish orqali tashkil etiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ayrim davlatlari sharoyitida (masalan, Rossiya Federatsiyasida) moliyaviy zaxiralar loyihani amalga oshirish harajatlarining 20 foizini tashkil etadi, chet ellarda bu 5 foizga teng.
Moddiy zaxiralar maxsus zaxiralar tashkil etishni, ma’lum bir davr mobaynida loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish uzilishlarsiz amalga oshirilishi uchun xomashyo va materiallar zaxiralarini tashkil etishni anglatadi.
Informatsion zaxiralar deganda, qo‘shimcha ma’lumotlar vaaxborotlarga ega bo‘lish tushuniladi. Bunday zaxiralarga ega bo‘lishdan maqsad, loyiha parametrlarini aniqlashtirish hamda loyihaning ishonchliligi va samaradorligini oshirishdan iborat. Noaniqlik sharotida investitsion qarorlar ma’lumotlarning yo‘qligi yoki ma’lumotlarning еtarli emasligi sharoyitida qabul qilinadi va shu sababli investor loyihaning kelajakdagi prognozini to‘g’ri belgilash maqsadida hamda loyihaning risklilik darajasini pasaytirish maqsadida ko‘proq axborotlarga va kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishni istaydi. Axborotlar sifatini oshirish, aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.Shuning uchun loyihani tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning ishonchliligini oshirish imkoniyati bilan bu ma’lumotlarni olishga ketgan xarajatlarni taqqoslash lozim.
Korxona moliyaviy risklarni boshqarish usullari tizimida ularni bartaraf etishning ichki mexanizmlari asosiy ro‘l o‘ynaydi.Moliyaviy risklarni bartaraf etishning ichki mexanizmlari korxona faoliyati bilan bog’liq salbiy oqibatlarni minimallashtirish usullari tizimini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy resurslarni bartaraf etishning ichki mexanizmlaridan foydalanishning qulayligi boshqaruv qarorlarining qabul qilishda boshqa xo‘jalik subyektlariga bo‘g’liq bo‘lmagan holda turli muqobil variantlarining qo‘llanishi bilan tavsiflanadi. Ular korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirishning aniq shart-sharoyitlari va uning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish moliyaviy risklarning salbiy oqibatlarini bartaraf etishda ichki omillar tasirini hisobga olish imkonini beradi.
Dissertatsiya ishi mavzusi doirasida olib borgan tahlil va izlanishlarimiz natijasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklar va ularni pasaytirish yo‘llari borasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi.
1.Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, ular miqdorining o‘sib borishi har bir mamlakat ihtisodiyoti uchun, qolaversa, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan investitsiyalar samaradorligini ta’minlashda eng asosiy va bosh omil loyihaning sifatli, putxa, haqqoniy ishlab chiqilganligi, to‘g’ri, aniq va chuqur o‘rganib chiqilganligi hamda tahlil etilganligidir. Bunda loyiha risklarni baholash va ularni pasaytirish yo‘llari yoki boshqarish vositalariningishlab chiqilganligi ham muhim ahamiyatga ega.
2.Loyiha riski – bu investitsiya loyihasini amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisidir. Kutilishi mumkin bo‘lgan xatar – bu investitsiyadanmo‘ljallangan foydani olishga bo‘lgan noumidsizlikdir. Shuningdek, investor tomonidan qo‘yilgan pul mablag’larini yo‘qotish mumkinligidir.
3.Loyiha risklarining bir necha turlari mavjud. Ularning hech birini ta’siri jihatidan ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Loyiha risklari kichik bir texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xolqaro miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog’liq holda kelib chiqishi mumkin.
4.Investitsiya loyihasida uchraydigan risklarni boshqarish yoki sug’urtalash yo‘li bilan ular tufayli ro‘y beradigan yo‘qotishlarni kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Bunda qaysi usulning tanlanilishi loyihani amalga oshiruvchilarning o‘zaro kelushuviga bog’liqdir.
5.Rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish risklarini boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat ekanligi aniqlandi:
-investitsion loyihalar bo‘yicha ishlab chiqilgan biznes rejalarning mukammal ishlanganligi;
-tijorat banklari tomnidan berilgan investitsion kreditlarning ta’minoti uchun zarur bo‘lgan yuqori likvidli garov ob’ektlarining mavjudligi;
-investitsion kredit oluvchilarning to‘lovga qobilligini moliyaviy koeffitsientlar asosida baholash tizimining takomillashganligi.
7.O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining kredit risklarining me’yoriy darajasi Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bilan chegaralab qo‘yilgan bo‘lib, ularga rioya qilinishi kredit riski muammosining chuqurlashishining oldini oladi.
8.Riskni boshqarishda asosiy vazifa – amaldagi bozor kon’yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini (o‘rnini) minimum saqlab qolishdir.
9.Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi risklarni boshqarishning turli xil usullari mavjud. Biroq ularning barchasi samarali amalga oshirilganda ham investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ustidan olib boriladigan monitoring ishlarining o‘rni va ahamiyatini ham e’tiborga olish lozimki, sifatli va maqsadli olib boriladigan monitoring natijalari loyihadagi ko‘pgina muammolarni bartaraf etishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish o‘ziga xos bilim va malakani talab etar ekan, o‘z navbatida, loyihaga doir risklardan va ularga tegishli barcha ma’lumotlardan xabardor bo‘lish loyihaning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bu kabi ma’lumotlarga ega bo‘lmaslik esa turli salbiy oqibatlarga, hatto loyihani barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Investitsion loyihalardagi risklarning mazmun va mohiyati, uning turlarini bilgan holda, undan kutiladigan yo‘qotishlarni kamaytrish chora-tadbirlarini qo‘llash va shu yo‘l bilan riskning loyiha samaradorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish