VA SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA XALQARO
TASHKILOTLAR
5.1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti — Britaniya muhan-
dislik standartlari assotsiatsiyasi (British Engineering Standards
Association) 1901-yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq,
Birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mi-
tasi (1918-y.), Amerika qo‘mitasi (1918-y.) va boshqalar tashkil
topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini
taqozo qildi. Shu maqsadda 1926-yili standartlashtirish bo‘yicha
milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi.
ISA ning tarkibiga 20 mamlakat kirdi.
1938-yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro
qurultoy ochildi. Uning tarkibi turli texnika sohalari bo‘yicha
32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalardan tashkil topdi. 1939-yili
boshlangan Ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to ‘xtatib
qo‘ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International
Standards Organization) 1946—1947-yillari tashkil topdi, u
qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib,
rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — xalqaro
miqyosdagi tovar almashinuvida va o ‘zaro yordamni yengillashtirish
maqsadida dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga
ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyatlar
sohasida hamkorlikni rivojlantirishdir.
188
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
— dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan
sohalarda uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar
ko‘rish;
— xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (har bir
standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining
uchdan ikki qismi ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning
to ‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart m a’qullanishi mumkin);
— o ‘z qo‘mita a ’zolarining va texnik qo‘mitalarning ishlari
haqida axborotlar almashinuvini tashkil etish;
— sohaviy masalalar bo‘yicha m anfaatdor bo‘lgan boshqa
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo‘mita idoralaridan tashkil topgan.
Rahbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi — Bosh
assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnik byuro, kengashning
texnik qo‘mitalari va markaziy kotibiyat kiradi.
ISO da prezident, vitse-prezident, g‘aznachi va bosh kotib
lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya — ISO ning Oliy rahbari
bo‘lib, ISO ning yig‘ilishi uch yilda bir marta boladi. Uning
sessiyasida prezident uch yil muddatga saylanadi.
Bosh assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi
mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim
muammolari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning
faoliyati, xususan, texnik idoralarning tuzilishi, xalqaro standart-
larning chop etilishi, kengash idoralarining a ’zolari hamda texnik
qo‘mitalarning raislarini tayinlash va boshqa masalalar ko‘riladi.
ISO tarkibini ikkita tashkilot tashkil etadi: 1944-yilda asos
solingan ISA va BMT qoshidagi standartlarni muvofiqlashtirish
q o ‘m itasi
— U N S C C (uning bosh qarorgohi L ondonda
joylashgan).
ISO ni yaratishdan maqsad — xalqaro miqyosda sanoat
standartlarini unifikatsiyalashtirish va muvofiqlashtirishni yengil
lashtirish. Hozirgi kunda 150 ta davlat ISO tashkilotining a ’zosi
hisoblanadi.
189
ISO xalqaro nohukumat tashkilotdir. ISO ning rasmiy tili rus,
ingliz va fransuz tillari hisoblanadi. Tashkilotning budjeti yillik
a ’zolik to ‘lovlari va ISO nashrlaridan olingan mablag‘lardan shakl-
lantiriladi.
ISO ning qonunchilik idorasi Bosh assambleyasi bo‘lib, u har
uch yilda bir marotaba yig‘ilish o ‘tkazadi.
Bosh assambleyaning sessiyalari orasida ISO rahbariyati prezi-
denti boshchiligida kengash o‘tkazadi. ISO Kengashi o‘z faoliyatini
ISO bosh direktori boshchiligida Ijroiya qo‘mitasi va Markaziy
kotibiyati orqali amalga oshiradi.
ISO ning asosiy qo‘mitalari Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-
texnik axborotlar tamoyilini o ‘rganish bo‘yicha doimiy qo‘mita —
INFCO, Mahsulotlarni attestatsiyalash qo‘mitasi — SERTICO,
rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish qo‘mitasi —
DEVCO hisoblanadi.
ISO ning eng muhim idorasi Standartlashtirish tamoyillarini
ilmiy o‘rganish bo‘yicha doimiy qo‘mita (The Standing Committee
for Study of Scientific Principles of Standardization) hisoblanadi.
U qisqartirilgan holda ISO/STAKO yoki oddiygina STAKO
(STACO) deb nomlanadi.
ISO ning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilgan texnik qo‘mitalari
(ISO /TK ) va q o ‘mitaosti qo‘m italari (IS O /T K /P K ) xalqaro
standartlarni ishlab chiqishni bajaradi.
1994-yilga kelib, ISO tarkibiga 100 ta milliy tashkilot, jumladan,
M DH mamlakatlari ham a ’zo bo‘ldi.
ISO ning eng muhim yo‘nalishlari sifat, axborot texnologiyalari,
xalqaro standartlar bilan ishlovchi boshqa kooperatsiyalar, atrof-
muhit, ta ’lim yo‘nalishlari hisoblanadi.
ISO quyidagi hujjatlarni nashr etadi:
— harfli indeksi va sonli raqami mavjud bo‘lgan xalqaro stan
dartlarini (masalan, ISO 1000);
— guruhli mavzulari va qo‘llanish sohasi bo‘yicha joylashtirilgan
xalqaro standartlarning yillik katalogini (ISO Catalogue);
— ISO tuzilmasi va uning har bir texnik qo‘mitasining faoliyati
sohasi haqidagi axborotlardan tarkib topgan yillik m a’lumot
(ma’lumotnoma)larni (ISO Memento).
190
ISO a ’zolari yoki muxbir-a’zolari mamlakatda standartlash-
tirishni rivojlantirish darajasiga aloqadorligidan kelib chiqib,
standartlashtirish b o ‘yicha milliy standartlashtirish tashkiloti
bo‘lishi mumkin. ISO tarkibiga kirish to ‘g‘risidagi takliflar ISO
markaziy kotibiyatiga jo ‘natiladi (Shveysariya, Jeneva shahri).
1972-yilgacha standartlashtirish bo‘yicha ISO hujjatlariga
tavsiya sifatida qaralgan. Hozirgi vaqtda bunday hujjatlar ISO ga
a ’zo davlatlarning barchasi uchun xalqaro standartlar mavqeyiga
ega.
Hozirgi paytda ISO sayyohlik, mehmonxona, moliya, sug‘ur-
talash xizmatlari, xo‘jalik texnikalarini ta ’mirlash bo‘yicha xiz
matlar, kadrlarni tayyorlash va ta ’lim bo‘yicha xizmatlarni stan
dartlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlarni rivojlantirmoqda.
ISO 1995-yilda Internetda o ‘zining http://www.iso.ch. nomli
sahifasini ochdi.
ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi 5.1-rasmda keltirilgan.
Bosh boshqaruv organi Bosh assambleya bo‘lib hisoblanadi. Bosh
assambleya sessiyalari o ‘rtasidagi davrda tashkiliy ishlarni stan
dartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar vakillari kiruvchi ISO
Kengashi boshqaradi.
ISO Kengashiga yettita - STACO, PLACO, INFCO, CASCO,
DEVCO, COPOLCO va REMCO qo‘mitalari bo‘ysunadi.
STACO ISO Kengashiga xalqaro standartlarni ishlab chiqish
usuli va tamoyillari bo‘yicha uslubiy va axborot yordam ko‘rsatadi.
U asos soluvchi standartlashtirish tamoyillarini o ‘rganish va
ushbu sohadagi optimal natijalarga erishish bo‘yicha tavsiyalarni
tayyorlaydi. STACO savdoni rivojlantirish uchun xalqaro stan
dartlarni qo‘llash bo‘yicha terminologik seminarlarni tashkillash
tirish bilan ham shug‘ullanadi.
PLACO tomonlarning ishlarini tashkillashtirish va texnik
muvofiqlashtirish, ISO ning ishlarini rejalashtirish bo‘yicha tavsiya-
larni tayyorlaydi.
CASCO mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar va sifat tizimi stan
dartlari talablariga muvofiqlikni tasdiqlash, sinov laboratoriyalari-
ning layoqatliligi va sertifikatlashtirish idoralariga tegishli masalalar
191
Do'stlaringiz bilan baham: |