1. Sertifikat, muvofiqlik belgisi atamalariga ta’rif bering. 2. Sertifikatlashtirishga ta’rif bering. 3. Sertifikatlashtirish sohasida atama va ta’riflarga xalqaro talablarni qaysi tashkilot shakllantiradi? 4. Muvofiqlik belgisi nima? 5. Sertifikatlashtirish tizimi nima? 6. Muvofiqlik sertifikatiga ta’rif bering. 7. Sertifikatlashtirishning majburiy va ixtiyoriyga bo‘linishi sababini tushuntiring. 8. Sertifikatlashtirish obyektlari nimalar bo‘lishi mumkin? 9. Xalqaro va milliy darajada korxona sifat tizimlariga talablarni belgilovchi qanday standartlarni bilasiz? 10. ISO 9000 seriyali standartlarning asosiy mazmuni nimadan iborat? 11. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohasida atama va ta’riflar uchun asosiy davlat standartlarini ayting. 12. Sertifikatlashtirish sxemalariga ta’rif bering.