Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya


-rasm.  QMXT  tashkiliy  tuzilmasi



Download 15,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/296
Sana29.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#79139
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   296
Bog'liq
580db6c45711c

5.3-rasm.  QMXT  tashkiliy  tuzilmasi.
— qiyoslash uskunalari, solishtirish usullari, etalonlarni tekshi­
rish va attestatsiyalash,  namunaviy va ishchi o ‘lchash asboblarini 
unifikatsiyalash;
—  xalqaro  ko‘lamda  birxillashtirilgan  o ‘lchash  birliklarining 
mamlakatlarda qo‘llanishini ta ’minlash;
— metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish 
va  ularni joriy  etish  bo‘yicha  davlat  ko‘rsatmalarining  birliligini 
ta ’minlash;
— rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’minlash 
va ularni zaruriy texnik vositalar bilan  ta’minlashda  ilmiy-texnik 
ko‘mak  berish;
— metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning 
yagona qonun-qoidalarini belgilash.
QMXTning  rasmiy tili  fransuz  tili  hisoblanadi,  hozirda  ama- 
liyotda ingliz tilida ish yuritiladi.
QMXTning  bosh  qarorgohi  va  kotibiyati  Qonunlashtiruvchi 
metrologiya xalqaro byurosida,  ya’ni Fransiyaning  Parij  shahrida 
joylashgan.  QMXTning tashkiliy tuzilmasi 5.3-rasmda keltirilgan.
QMXTning yuqori rahbar idorasi metrologiyada qonun chiqa- 
ruvchi Xalqaro konferensiya hisoblanib, u har to ‘rt yilda bir marta 
chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgi-
201


laydi,  xalqaro tavsiyalar va ishchi idoralarning  m a’ruzalarini tas- 
diqlaydi, budjet masalalarini muhokama qiladi.
Qonunlashtiruvchi metrologik xalqaro  qo‘mita QMXT rahbar 
idorasi  hisoblanib,  u  yillik  yig‘ilish  olib  boradi.  Uning  tarkibiga 
QMXT a ’zo-davlatlaridan bittadan vakil kiradi.
QMXQning asosiy vazifalari:
— konferensiya  qarorlarni  tayyorlash va  amalda joriy  qilishga 
javob  berish;
—  TQ  va  KQlarning  texnikaviy  faoliyati  hamda  QMXBning 
m a’muriy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
—  zudlik  bilan  nashr  etish  uchun  xalqaro  tavsiyalar  (XT)  va 
xalqaro  hujjatlarning  (XH)  loyihalarini  tasdiqlash  uchun  javob 
berish;
— boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni nazorat qilish.
Qonunlashtiruvchi  metrologiya  xalqaro  byurosi  QMXTning
doimiy kotibiyati hisoblanadi va Parijda joylashgan.
QMXBning asosiy vazifalari:
— QMXT konferensiyalari va QMXB yig‘ilishlarini tayyorlash;
— XT,  XH  va boshqa nashrlarni chop  etish;
— QMXT  choraklik bulletenini chiqarish;
— ishchi hujjatlarni ishlab chiqish, TQ va KQ faoliyatni nazorat 
qilish;
— xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan aloqalarni o ‘rnatish;
— turli xil texnik  seminarlarni tashkillashtirish  va  ularda  ish- 
tirok  etish;
— QMXTning  sertifikatlarini  ro‘yxatga olish;
— QMXTning  barcha  nashrlarini tarqatish va  sotish,  ichki va 
tashqi aloqalar bo‘yicha  QMXTning  siyosatini olib borish;
— QMXTning asosiy axborot markazi vazifasini amalga oshirish.
Texnikaviy qo‘mitalar va qo‘mitaosti qo‘mitalari,  ya’ni kichik
qo‘mitalar XT va XHlarni ishlab chiqish uchun javob beradi.
Har bir TQ va  KQda  QMXTga a ’zo-davlatlar ixtiyoriy tarzda 
yuritadigan  kotibiyat,  QMXTga  a ’zo-davlatlardan  qatnashchilar 
va  kuzatuvchilar,  xalqaro  va  hududiy  tashkilotlar  bilan  aloqani 
olib boruvchi  kuzatuvlar mavjud.
202


Rivojlanayotgan  mamlakatlar  bo‘yicha  Kengash  bu  davlatlar 
bilan quyidagi munosabatlarda faoliyatlarni amalga oshiradi:
—  metrologik  laboratoriyalarni  rejalashtirish  va  ta ’minlash 
masalalari bo‘yicha  maxsus  nashrlar tayyorlaydi;
— ularni rivojlantirish uchun zaruriy moliyaviy va texnik ham- 
korlikni aniqlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar va QMXTga 
a ’zo-davlatlar bilan aloqani o ‘rnatadi;
— rivojlanayotgan mamlakatlardan metrologiya bo‘yicha muta­
xassis va muhandislar uchun o‘quv kurslarini o ‘tkazishni tashkil- 
lashtiradi.
5.4.  Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti
YIU (Yevropa iqtisodiy uyushmasi) doirasida birlashgan bozorni 
yaratish  bo‘yicha  vazifalarni  amalga  oshirish  munosabati  bilan 
«texnik to ‘siqlarni»  bartaraf etish  bo‘yicha  dastur ishlab  chiqildi. 
Bunday texnik to ‘siqlar buyumlarga  standartlardagi farq,  ulardan 
foydalanish qoidalarining zidligi, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha farq- 
lanuvchi m e’yorlar,  sog‘liqni saqlash va tabiatni asrash m e’yorla- 
ridagi farqlar hisobiga paydo bo‘ladi.
Bu muammoni hal qilishda, birinchi navbatda, Yevropa stan- 
dartlashtirishiga ahamiyat beriladi.
YIU va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YESA) vakillarining 
1961-yil 23-martda Parijda bo‘lib o ‘tgan majlisida CEN (Yevropa 
standartlashtirish  qo‘mitasi)ning  tashkil  etilganligi  e’lon  qilindi 
(CEN  1970-yilgacha  Standartlarni  muvofiqlashtirish  bo‘yicha 
Yevropa qo‘mitasi deb atalgan).  CEN a ’zolari YIU va YESAning 
18  mamlakati: Avstriya,  Belgiya,  Buyuk  Britaniya,  Gretsiya,  D a­
niya,  Irlandiya,  Ispaniya,  Islandiya,  Italiya,  Luksemburg,  Norve- 
giya,  Niderlandiya,  Portugaliya,  Finlandiya,  Germaniya,  Fran- 
siya,  Shvetsiya  va  Shveysariya  standartlashtirish  bo‘yicha  milliy 
tashkilotlaridan iborat.  Bu yopiq tashkilot bo‘lib,  G ‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarining  yuqorida  keltirilgan  iqtisodiy  guruh  a ’zolarini 
birlashtiradi.
203


CEN ning birinchi majlisidayoq Nizom va protsedura Qoidalari 
tasdiqlandi.  1970-yilda CEN Nizomi qayta ko‘rib chiqildi.  Bunda 
Nizomga  m a’lum o ‘zgartirishlar bilan birga Yevropa  standartlari 
(EN)ni  majburiy yaratish  ham  kiritilgan.
Standartlarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar texnik qo‘mitalar 
tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda texnik kotibiyat- 
lar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
CEN doirasida  140 dan ortiq TQ tuzilgan. TQ bilan bir qator- 
da, alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil 
etilgan.
CEN vazifasi quyidagilar vositasida xizmatlar savdosini va alma- 
shinishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat:
— CEN ga a’zo-mamlakatlarda yaratilgan standartlarni uyg‘un- 
lashtirish va Yevropa standartlarini ishlab chiqish;
— o ‘zlarining direktivalari va boshqa rasmiy hujjatlariga havola 
qila  olishlari  uchun  Yevropa  standartlarini  YIU,  YESAga,  shu- 
ningdek,  boshqa  hukumatlararo  tashkilotlarga taqdim  etish;
—  elektrotexnikada  standartlashtirish  bo‘yicha  Yevropa  qo‘- 
mitasi va standartlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa ilmiy-texnik 
va  iqtisodiy hududiy hukumat tashkilotlari  bilan hamkorlik;
— ISO va  IEC  orqali xalqaro standartlashtirish hamda Yevro- 
pada ISO standartlari va boshqa xalqaro standartlar va tavsiyanoma­
larni bir xilda qo‘llanishiga ko‘maklashish;
— Yevropa standartlari asosida sertifikatlashtirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish.
CEN da standartlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan ISO da 
erishilgan natijalarga asoslanadi yoki ularni to ‘ldiradi.
CEN quyidagi sohalarda standartlar yaratadi: aviatsiya jihozlari, 
suv isitish gaz priborlari, gaz ballonlari, ko‘tarish mexanizmlarining 
detallari,  oshxona  gaz  plitalari,  liftlar va  yuk  ko‘targichlar,  pay- 
vandlash va qirqish,  quvurlar va truboprovodlar, nasos stansiyalari 
(foydalanish va xizmat ko‘rsatish),  stekloplastikdan tayyorlangan 
sisternalar va boshqalar.
Yevropa  standartlashtirish  qo‘mitasining  rasmiy  tillari  ingliz, 
fransuz  va  nemis  tillari  hisoblanadi.  Bosh  qarorgohi  Brusselda
204


joylashgan.  CEN har bir davlatdan bittadan vakildan iborat 48 ta 
a ’zoga  ega.  Tashkilotda  3  ta  a ’zolik  toifasi  mavjud  bo‘lib,  bular 
quyidagilar:
— to‘liq a ’zolik — Yevropa mamlakatlarining 30 milliy standart­
lashtirish  tashkilotidan  iborat  bo‘lib,  Yevropa  standartlashtirish 
qo‘mitasining  Bosh  Assambleyasi  va  rahbariy  byuro  hisoblanib, 
ovoz  berish  huquqiga  ega.  Bosh  Assambleya  texnik  qo‘mitalarni 
ish bilan ta ’minlaydi va ishchi guruh dasturlarini aniqlaydi.  To‘la 
a ’zoligini  olgan  davlatlar  Yevropa  standartlarini  milliy  standart 
sifatida qabul qilishga majburdir;
— qo‘shiluvchi a ’zolik — to ‘la huquqli yoki muhbir a ’zo bo‘lib, 
Yevropa  mamlakatlariga  qo‘shni  bo‘lgan  idoralar,  ya’ni  xalqaro 
standartlashtirish  tashkilotiga  a ’zo  bo‘lgan mamlakatlar idoralari 
hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega emas,  faqat Bosh Assambleya 
va texnik  idoralar ishlarida  ishtirok etishi mumkin;
— hamkor a ’zolik  — Yevropa  mamlakatlariga qo‘shni bo‘lgan 
idoralar, ya’ni xalqaro standartlashtirish tashkilotiga a ’zo bo‘lgan 
idoralar  bo‘lib,  geosiyosiy  sabablar  bo‘yicha  Yevropa  standart­
lashtirish tashkilotining to ‘la huquqli a ’zosi bo‘lishi mumkin emas.
CEN ning  tuzilmasi  5.4-rasmda  keltirilgan.
Yevropa Standartlashtirish qo‘mitasida assotsiatsiyali a’zo deb 
nomlanuvchi yana bir a ’zo bo‘lish tartibi mavjud. Yevropa qo‘mi- 
tasining assotsiatsiyali a ’zosi ixtiyoriy jamoat, ilmiy, iqtisodiy yoki 
boshqa  tashkilotlar  qatnashuvchisi  bo‘lishi  mumkin  va  ularga 
quyidagi huquq hamda majburiyatlar beriladi:
— CEN  va Yevropa  standartlashtirishiga ko‘maklashish;
— Bosh Assambleyada  ovoz  berish huquqisiz  qatnashish;
— rahbariy  byuroning  siyosiy  masalalari  muhokamasida  qat- 
nashish;
— texnik  byuro  va texnik  idoralarning  ishlarida  qatnashish;
— standartlar loyihalari,  hujjatlar va  axborotlarni olish.
Yevropa iqtisodiy uyushmasi  (YIU)ning standartlashtirish so-
hasidagi faoliyati YIUni tashkil etish to ‘g‘risida  100-Rim shartno- 
masining  YIUga  a ’zo-davlatlari  qonun,  boshqaruv  va  m a’muriy 
qarorlarini  yaqinlashtirishni  buyuruvchi  moddasiga  asoslangan.
205



Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish