Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya



Download 15,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/296
Sana29.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#79139
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   296
Bog'liq
580db6c45711c

o ‘lchash  diapazoni
 deyiladi.
Texnik  asboblarda,  odatda,  o ‘lchash  diapazoni  bilan  ko‘rsa- 
tuvlar  diapazoni  mos  keladi.  O ‘lchash  diapazonining  eng  kichik 
va  eng  katta  qiymatlari 
o ‘lchash  chegarasi
 deyiladi.
Masalan, statsionar o ‘lchash kuchlanish transformatorlarining 
o ‘lchash diapazoni 
0,8. U1n
 dan 
1,2-Uln
 gacha bo‘lib 
(Uln
 — transfor- 
mator kirishidagi nominal kuchlanish), kuchlanishning 
0,8

 
Uln
 dan 
kichik  va  1,2. 
Uln
  dan  yuqori  kuchlanishlari  uchun  xatoliklar 
me ’yorlanmaydi.
Dinamik metrologik xarakteristikalari — o ‘lchash vositalarining 
inersion xususiyatlarini aks ettiradi va o ‘lchash vositasida chiqish 
signali bilan vaqt bo‘yicha o ‘zgaradigan kattaliklarning o ‘zaro bog‘- 
liqligidan  aniqlanadi.  Vaqt  b o ‘yicha  o ‘zgaruvchan  kattaliklar  — 
kirish  signalining parametrlari,  tashqi ta’sir etuvchi kattaliklar va 
boshqalar. O ‘lchash vositalarining dinamik xususiyatlarini to‘la ifoda- 
lash maqsadida ularni to‘la va xususiy dinamik tavsiflarga b o‘lamiz.
72


T o‘la  dinamik  xususiyat  —  o ‘lchash  vositasining  kirishidagi 
istalgan informativ yoki noinformativ parametrlari X(t) va chiqish 
signallarining  Y(t) o ‘zgarishidan aniqlanadi.
T o‘la dinamik xususiyatlarga quyidagilar kiradi:  o ‘tish tavsifi, 
impulsli o ‘tish tavsifi, amplituda-faza tavsifi, amplituda-chastotali 
va  faza-chastotali tavsiflar majmuyi,  uzatish  funksiyasi.
Xususiy  dinamik  xususiyat  —  o ‘lchash  vositasining  dinamik 
xususiyatlarini to‘la aks ettirmaydi. Analogli o ‘lchash vositalarining 
xususiy dinamik tavsiflariga istalgan funksional yoki to‘la dinamik 
xususiyatlarning parametrlari kiradi.  Bunday xususiyatlarga quyi­
dagilar  kiradi:  o ‘lchash  vositasining  ta’sirlanish  vaqti  (asbob 
ko‘rsatishining to‘xtash vaqti),  dempfirlash koeffitsiyenti,  xususiy 
rezonans  chastotasining  qiymati,  amplituda-chastotali tavsifning 
rezonans chastotasidagi qiymati.
2.7.  O ‘lchash xatoliklari va ularning  sinflanishi
O ‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda 
namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Bu  sabablar  qatoriga  quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin:
—  o ‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki soz- 
lash darajasining siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
—  o ‘lchash  obyektini  o ‘lchash joyiga  o ‘rnatishdan  kelib  chi- 
quvchi sabablar;
—  o ‘lchash vositalarining zanjirida o ‘lchash ma’lumotini olish, 
saqlash,  o ‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
—  o ‘lchash vositasi va obyektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat 
yoki bosimning o ‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, 
turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib  chiquvchi sabablar;
—  o ‘lchash obyektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
—  operatorning  malakasi  va  holatiga  bog‘liq  sabablar va  shu 
kabilar.
O ‘lchash xatoliklarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda, 
eng avvalo, o ‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarni aniqlash 
lozim bo‘ladi.
73


O ‘lchash  xatoliklari  u  yoki  bu  xususiyatiga  ko‘ra  quyidagi 
turlarga b o ‘linadi:
I.  O ‘lchash  xatoliklari ifodalanishiga  ko‘ra.
1. Absolut  (mutlaq)  xatolik.  Bu xatolik kattalik qanday birlik- 
larda  ifodalanayotgan  b o ‘lsa,  shu  birlikda  tavsiflanadi.  Masalan,
0,2  V;  1,5  mm va h.k.  Mutlaq xatolik quyidagicha  aniqlanadi:
Д  =  A   -  Ah  @ 4   -  Л , 
(2.20)
bunda: 

Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish