Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya



Download 15,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/296
Sana29.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#79139
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   296
Bog'liq
580db6c45711c

asbobiy  xatolik
  deb  ataladi.  Masalan,  asbob 
shkalasining noto‘g‘ri graduirovkalanishi (darajalanishi), q o‘zg‘a- 
luvchan qismning noto‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar.
Subyektiv xatolik — kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan 
xatolikdir.
2.8.  Ishlab  chiqarish tarmoqlarida  metrologik xizmat
Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslar metro­
logik xizmatlarining  tarmoqlari va  ularning  o ‘lchashlar birliligini 
ta’minlashga y o ‘naltirilgan faoliyat.
O ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat 
metrologik xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan 
tashkil  topgan  O ‘zbekiston  Respublikasining  metrologik  xizmati 
hisoblanadi.
O ‘ zbekiston  Respublikasi  davlat  m etrologik  xizm ati.
«O ‘zstandart» agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  viloyatlar va Toshkent shahridagi 
davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi 
va nazoratini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning 
boshqa turlarini ham  bajaradi.
Davlat metrologik xizmatiga «O ‘zstandart» agentligi rahbarlik 
qiladi.
76


«O ‘zstandart» agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quyi- 
dagilar kiradi:
— metrologiya sohasida,  metrologik faoliyatni hududlararo va 
tarmoqlararo muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish;
— milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoida­
larini o ‘rnatish va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’min- 
lash;
—  o ‘lchashlar  vositalari,  metodlari  va  natijalariga  umumiy 
metrologik talablarni belgilash;
—  davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
— metrologik masalalar b o ‘yicha me’yoriy hujjatlar,  shu jum- 
ladan,  O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy 
kuchga  ega  bo‘lgan hujjatlarni boshqa  davlat boshqaruv idoralari 
bilan birgalikda qabul qilish;
—  metrologiya  sohasida  ilmiy  va  muhandis-texnik  kadrlarni 
tayyorlash;
— O ‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro 
shartnomalariga  rioya  qilinishini tekshirish;
— xalqaro  tashkilotlarning  metrologiya  masalalari  b o ‘yicha 
faoliyatida qatnashish;
—  O ‘zbekiston  o ‘lchashlar  birliligini  ta’minlash  tizimi  (O ‘z 
O‘BTT)ning ishi va rivojlanishi, xalqaro o ‘lchashlar tizimi va boshqa 
mamlakatlarning  o ‘lchashlar  tizimlari  bilan  uyg‘unlashtirishni 
ta’minlash;
— iste’molchilarning huquqlari, insonlarning sog‘lig‘i va xavfsiz- 
ligi, atrof-muhit va davlat manfaatlarini o ‘lchashlarning ishonchsiz 
natijalari  salbiy  ta’sirlaridan  himoya  qilish  b o ‘yicha  tadbirlarni 
amalga oshirish.
«O ‘zstandart»  agentligi to‘g‘risidagi Nizom  O ‘zbekiston  Res­
publikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra Davlat metrologik xizmatiga 
quyidagilar kiradi:
—  Milliy etalonlar markazi;
—  Metrologik xizmat  Bosh  markazi;
77


—  Standart  namunalar Bosh  markazi;
—  Standartlashtirish,  metrologiya va  sertifikatlashtirish ilmiy- 
tadqiqot  instituti  (SMS  ITI)  Malaka  oshirish  markazi  (M OM ) 
bilan birga;
—  sinash  va  sertifikatlashtirish  hududiy  markazlari  (SSM)ning 
metrologik laboratoriyalari;
— standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
— Axborot-ma’lumotnoma  markazi.
Milliy etalonlar markazi O ‘zbekiston Respublikasi etalon zaxi- 
rasini rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining 
davlat etalonlarini yaratish, saqlash va q o ‘llanish b o ‘yicha ishlarni 
olib boradi.
Metrologik  xizmat  Bosh  markazining  vazifalari  SMS  ITI  ga 
yuklatilgan b o ‘lib, o ‘lchashlar birliligini ta’ minlash  ilmiy-metodik, 
texnik-iqtisodiy, tashkiliy, me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya 
sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, uning vazifalari ham SMS 
ITI ga yuklatilgan, moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining 
standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, 
yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va q o ‘llanish 
tartibi b o ‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtiradi,  mamlakatimizda 
chiqariladigan  davlat  standart  namunalarini  ekspertiza  qilish  va 
attestatsiyalashni amalga oshiradi.
Metrologik  xizmatlarni  ko‘rsatish  b o ‘yicha  Markaz  hududiy 
SSM  ning  metrologik laboratoriyalari,  hududiy  SMB  o ‘lchashlar 
birliligini  ta’minlash  bo‘yicha  ishlarni  muvofiqlashtiradi,  davlat 
metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik 
tekshiruv va nazoratni O‘z DSt 8.002:2002 «O ‘z O ‘DT. Metrologik 
tekshiruv va  nazorat. Asosiy nizomlar» b o ‘yicha  o ‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma  markazi  me’yoriy hujjatlar jamg‘ar- 
masini  saqlaydi va  O ‘z  O ‘ BTT  qatnashchilarini  axborotlar bilan 
ta’minlaydi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati — o ‘lchashlar birliligini
ta’minlash  b o ‘ yicha  ishlarni  bajaruvchi  va  ushbu  korxonada
78


2.18-rasm.  Metrologik  ta’minotni  tashkillashtirish.
(tashkilotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi 
metrologik xizmat.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o ‘lchashlar birliligini 
ta’ minlash  bo‘yicha  ishlarni  bajarish  va  metrologik  tekshiruvni 
o ‘tkazish zarur b o ‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Bunda  bosh,  tayanch  metrologik  xizmatlar  tadbirkorlik  sub- 
yektlarida  o ‘z  faoliyatining  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda 
davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari tomonidan tashkil etiladi.
Yuridik  shaxslarning  metrologik  xizmatlarining  huquqlari  va 
majburiyatlari davlat metrologik xizmati idoralari bilan kelishilgan 
nizomlarda  belgilanadi.  Yuridik  shaxslarning  metrologik  xizmati 
Namunaviy nizomi O ‘z  RH  51-011-93  «O ‘z  O ‘DT.  O ‘zbekiston 
Respublikasida  yuridik  shaxsning  metrologik  xizmati  to‘g‘risida 
namunaviy nizom»da keltirilgan.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmatlarning asosiy 
vazifasi ishlab chiqarishni metrologik ta’ minlash bo‘lib hisoblanadi.
2.18-rasmda mahsulot hayotiy siklining bosqichlarida metrolo­
gik ta’minotni tashkillashtirish yanada qulay ko‘rinishda keltirilgan.
79


Mahsulot ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash jarayonida 
talab  qilingan  sifat  ko‘rsatkichlariga  har  bir  texnologik  jarayon- 
larning nazoratini o ‘lchashlarni bajarish yordamida erishiladi.  Bu 
bosqichda o ‘lchash vositalari va usullari aniqlanib hamda o ‘lchash 
nazorati va o ‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar 
bajariladi,  o ‘lchashlarni  bajarish  uslubiyati  ishlab  chiqiladi  va 
attestatsiyalanadi, agarda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi nazarda 
tutilgan bo‘lsa, texnologik jarayonlar va texnikaviy hujjatlar metro­
logik ekspertizadan o ‘tkaziladi.
O ‘lchash axborotiga  nafaqat miqdor b o ‘yicha,  balki sifat b o ‘ - 
yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga o ‘lchashning aniqligi, ishonch- 
liligi,  tannarxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu  sifat  tavsiflarining  barchasi  asosida  metrologik  ta’minot 
yotadi. 

Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish