“Shaxsiy tanlov” mikroiqtisodiy modeli nomini olgan ushbu konsepsiyada alohida oqil shaxslar ish joyini o'zgartirishning foydasi va zararini tahlil qilishga asoslanib, bu haqda qaror qabul qilishlari mumkin. Bunda mehnat resurslarining xalqaro mobilligiga inson kapitaliga investitsiyaning bir shakli sifatida qaraladi.
Daromad past bo'lgan mamlakatlarda malakali va malakasiz xodimlar mehnatga to'lanadigan ish haqlari o'rtasidagi farq 20,0% ni tashkil etishi mumkin. Daromadlar yuqori darajada bo'lgan davlatlarda esa, ana shu tafovut bir–biridan 10–30 marotaba ortiq bo'lishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga mehnat resurslari mobilligi bilim darajasi yuqori bo'lganlar uchun ko'proq manfaat keltiradi. Chunki ular, odatda, yangi ish joyidagi xodimlarga ko'ra yuqoriroq ta'lim darajasiga ega bo'ladilar.
Keyinchalik ichki mehnat migratsiyasining ish haqi o'rtasidagi tafovut, qishloq mehnat migrantlarining shaharda ishsizlar safidan o'rin olishi xavfiga boshqa hududga borish va yangi joyda o'rnashish uchun xarajatlar, oilasidan, odatiy ijtimoiy muhitdan uzilib qolish kabi omillar ham qo'shilib, ularni xalqaro mehnat migratsiyasiga nisbatan ham qo'llash mumkin bo'lib qoldi.
“Hududiy-iqtisodiy mutanosiblik” konsepsiyasida myehnat resurslari eksportchilari bo'lgan mamlakatda iqtisodiy o'sish va mehnat migratsiyasi kuchayishi natijasida ish haqi darajasi o'rtasida avval mavjud bo'lgan katta farq kamayib boradi. Natijada mehnat resurslari eksportchilari mehnat resurslarini import qiluvchilarga aylanishi mumkin. Xuddi shunday vaziyat, masalan Yevropada –– Italiya, Portugaliya, Gretsiya, Osiyoda – Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Janubiy Amerikada – Braziliya va Chilida ro'y bergan. 1
Mazkur nazariyaning qoidalari qator konseptual xulosalarga egadir. Ya'ni:
mehnat resurslarining xalqaro mobilligi mamlakatlardagi ish haqi o'rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi;
jahon miqyosida ish haqi o'rtasidagi farqlarga barham berilgandan so'ng mehnat resurslarining mobilligi to'xtaydi;
yuqori malakali va quyi malakali mehnat resurslari mavjud bo'lgan holatlarda inson kapitalining oqimlari ana shu jarayonlarga ta'sir ko'rsatadigan turli harakatlantiruvchi kuchlar ostida turli yo'nalishda bo'lishi mumkin;
mehnat bozori mehnat resurslari mobilligining asosiy mexanizmidir. U tufayligina mehnat resurslarining xalqaro oqimlari yuzaga keladi. Bozorlarning boshqa turlari mehnat resurslari mobilligiga ancha kamroq tasir ko'rsatadi;
mamlakatlarning hukumatlari asosan mehnat bozoriga ta'sir ko'rsatishi orqali mehnat resurslari oqimlarini boshqara oladilar.
Mehnat resurslari mobilligi tarkibiy-tarixiy yondashuvlar bilan ham farqlanadi. Ushbu konsepsiya vakillari mehnat migratsiya sabablarini rivojlangan va rivojlanmagan mamlakatlar o'z iqtisodiy rivojlantirish uchun turli resurslarga ega erkinliklari bilan baholaydi.
Yangi klassik nazariya ham, tarkibiy-tarixiy yondashuv konsepsiyasi ham nima uchun muayyan davlatdagi odamlar mehnat migratsiyasi oqimiga qo'shiladi, boshqalar esa bunday qarorga nega kelmasligini aniq tushuntira olmagan. Bu savolga “tortish-turtib chiqarish nazariyasi” asoschisi Ye.Li javob topishga harakat qildi. Uning fikricha, har bir shaxs mehnat migratsiyasi to'g'risida qaror qabul qilishi quyidagilarga bog'liq bo'ladi:
o'zi yashab turgan joydagi omillarga;
ishlashga borishni mo'ljallagan joydagi omillarga;
“oraliq” omillarga (borish masofasi, transport tarmoqlarining rivojlanganligi, migratsiya siyosati va boshqalar)2
Tortish-turtib chiqarish nazariyasida jalb etuvchi omillar yuqori
bilimli kishilarga kuchliroq ta'sir etadi. Ular o'z hududida xam muayyan
ijtimoiy mavqega ega bo'ladi, lekin boshqa mintaqada bundan ham
manfaatli ish joyini egallash taklifini olishlari mumkin. Shuning
uchun mehnat resurslari mobilligining faolligi yuqori malakali
mutaxassisilarga xosdir. Ular ko'pincha mavqelari ham, daromadlari ham
yuqori bo'lishi uchun mobilliroq bo'ladilar. Past malakali xodimlar uchun
esa salbiy, turtib chiqaruvchi omillar muhimroq ahamiyatga egadir.
M.Piorening “qo'sh turli mehnat bozori” nazariyasi – mehnat
resurslari mobilligining o'ziga xos modelidir. 1979 yilda ishlab
chiqilgan ushbu konsepsiyaga ko'ra, mehnat resurslarini mobilligini jalb
etish rivojlangan davlatlarning iqtisodiy tarkibi uchun xosdir. Zero,
ularda mehnatga talab doim yuqoridir. Mehnat resurslari mobilligini
turtib chiqaradigan mamlakatlarda ish haqi past, ishsizlik darajasi esa
yuqori bo'ladi. M.Piore muhojir mehnat resurslariga talabni hozirgi
davr industrial jamiyatining tub xususiyatlari: tarkibiy inflyatsiya,
motivatsiya muammolari va mehnat resurslarining demografiya bilan
bog'liq ekanligini asoslagan.
Ushbu nazariyada ish haqi faqat mehnatga talab va taklif
shartlarinigina aks ettiribgina qolmasdan, mehnat resurslarining
maqomi va ijtimoiy xususiyatlarini ham ifoda etishi ko'rsatiladi.
Odamlarning ish haqi xodimning ijtimoiy maqomini aks ettirishi
kerak, deb hisoblaydilar. Agar ish beruvchi malakasiz mehnat
resurslarini jalb etishga intilayotgan bo'lsa, u ish haqini shunchaki
oshira olmaydi. Chunki, bu xodimning ijtimoiy maqomi bilan uning
mehnati baholanishi o'rtasidagi muayyan aloqadorlikni buzadi.
Agar malakasiz xodimlar ish xaqi ortadigan bo'lsa, bu boshqa
darajalardagi xodimlar ish haqini oshirishga ham bosim o'tkazadi. Ya'ni
xodimlarning ijtimoiy holatlariga muvofiq, ish haqi barcha darajalarda
oshirilishi kerak. Bu muammo tarkibiy inflyatsiya sifatida ma'lumdir.
Mehnat resurslari taqchil bo'lgan paytda maxalliy xodimlarni ish haqini
oshirish orqali ularni jalb etish ish beruvchiga qimmatga tushadi va
manfaatli emas. Bu uni past ish haqi hisobiga ishlashga tayyor bo'lgan boshqa
hududlardagi mehnat resurslarini jalb etishga majbur qiladi.
Mehnat bozorining qo'sh turliligi mehnat bilan kapital o'rtasidagi
qo'sh turlilikka xos bo'lgan sanoati rivojlangan davlatlar xususiyatini
ifoda etadi. Ma'lumki, kapital ishlab chiqarishning miqdori aniq
bo'lgan omilidir. Mehnat esa ishlab chiqarishning o'zgaruvchan omilidir.
Mehnatga talab pasayganda, xodimlar ishdan bo'shatiladi. Bu xodimlar
o'rtasida farqlashga olib boradigan dualizmni hosil etadi.
Malakali xodimlar kapital sig'imi yuqori bo'lgan sektorda eng yaxshi
asbob-uskunalarni ishlatgan holda mehnat qiladilar. Ish beruvchi ularga
ta'lim berish va malakasini oshirish uchun investitsiya kiritishga
majbur. Bunday xodimlarning ishi murakkab va katta bilim hamda
tajribani talab etadi. Ana shu xodimlarga harajatlar yuqori bo'lganligi
uchun ish beruvchi ularni saqlab qolishga harakat qiladi.
Qo'sh turli myehnat bozori nazariyasining oqibatlari boshqa ana
shunday mikroiqtisodiy modyellar oqibatlaridan quyidagilar bilan
farqlanadi:
mehnat resurslarining halqaro mobilligi rivojlangan mamlakatlar ish beruvchilarining talablariga asoslanadi;
mehnat resurslariga talab iqtisodiyotning tarkibiy ehtiyojlari hisobiga shakllanishi tufayli ish haqining darajasi mehnat muhojirlari uchun asosiy shart hisoblanmaydi, shuning uchun ish beruvchilar xodimlarni ish haqini oshirmasdan yollay oladi;
jalb etuvchi mamlakatlarda ish haqining past darajasi mehnat muhojirlari soni kamayishi tufayli ortmaydi;
jalb etuvchi mamlakatlarda mehnat muhojirlari soni ko'payishi natijasida ish haqining past darajasi yanada kamayishi mumkin;
hukumatning mehnat resurslarining xalqaro mobilligiga ta'sir imkoniyati cheklangan, mehnat muhojirlari mehnatiga talabga faqat iqtisodiyotdagi jiddiy o'zgarishlar ta'sir ko'rsata oladi.3
Yana bir – I.Vallerstaynning “dunyo–tizim” nazariyasi ham jiddiy
qiziqish uyg'otadi. U dunyoni chekka va markaz hududlarga ajratadi.
Kapital oqimlari natijasida chekka hududlardagi iqtisodiyot tarkibi
o'zgaradi: sarmoyadorlar ekin maydonlarini sotib olishlari oqibatida
chekkadagi dehqonlar yersiz qoladi, markaz – shaharlar esa jadal
rivojlana boshlaydi.
Globallashuv mehnat resurslari mobilligi jarayonini jadallashtiradi, yiriklashib boradigan shaharlar mehnat muhojirlari mehnatiga talabni kuchaytiradi. I.Vallerstayninng fikriga ko'ra, iqtisodiy munosabatlarning chekka joylarga suqilib kirishi oqibatida ushbu yashash joylarini o'zgartiriishga tayyor aholi shakllanadi. Investistiyalar va globallashuv transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratishga shartsharoitlar yaratadi. Natijada mehnat resurslarining xalqaro mobilligi tovarlar va kapital oqimiga teskari tomonga yo'naltirilgan bo'ladi.
Dunyoning global – AQShdagi Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va
Mayami, Rossiyadagi Moskva, Sankt-Pyetyerburg, Yevropadagi London, Parij,
Frankfurt va Milan, Osiyodagi Tokio, Osaka, Sidney, Markaziy Osiyodagi
Toshkent, Astana, Dushanbe, Beshkek va Ashxabad kabi shaxarlarida katta
boylik, yuqori malakali mutaxassislar to'plangan. Ushbu mutaxassislar
malakasiz xodimlarga (farroshlar, ofitsiantlar, mehmonxona va uy
xizmatchilariga) barqaror talab tug'diradi. Shuningdyek, og'ir sanoat ishlab
chiqarishining chet ellarga joylashtirilishi, elektronika, komputerlar
va telekommunikatsiyalar sohasidagi yuqori texnologiyalar va raqamli
iqtisodiyotga asoslangan ishlab chiqarishlarning jadal rivojlanishi, ayni
paytda sog'liqni saqlash va ta'lim kabi sohalarning kengayib borishi
mehnat bozorida ham yuqori, ham quyi darajadagi xodimlarga talab
yuqorili bo'lishini ta'minlaydi, biroq o'rta bo'g'in kadrlariga talab
nisbatan ancha past bo'ladi. Shu sababli bu toifa xodimlar global
shaharlarni tark etishadi.
“Dunyo-tizim” nazariyasi myehnat ryesurslarining xalqaro oqimi
kyengayib borayotgan global bozorning siyosiy va iqtisodiy tuzilmalariga
mos ravishdadir. Bundan quyidagi xulosalar chiqariladi:
mehnat resurslarining xalqaro mobilligi rivojlanayotgan mamlakatlardagi bozorlar shakllanishining tabiiy oqibatidir;
mehnat resurslarining xalqaro mobilligi sobiq mustamlakachi davlatlar va ular mustamlakalari uchun xosdir. Chunki ularning madaniy, til, ma'muriy, investitsiyaviy, transport va kommunikatsiya aloqalari allaqachon o'rnatilgan;
mehnat resurslarining xalqaro mobilligi bozor iqtisodiyotining globallashuvi bilan bog'liqdir;
mehnat resurslarining xalqaro mobilligi turli mamlakatlardagi ish haqi va ish bilan bandlikdagi tafovutlarga to'la bog'liq emasligi.
Mehnat resurslarining mikro darajadagi mobilligiga yangicha qarash
“Migratsiyaning yangi iqtisodiy nazariyasi”da o'z ifodasini topdi. 1991
yilda O.Stark tomonidan ilgari surilgan ushbu nazariyaga ko'ra, uy
xo'jaliklari oila a'zolaridan birini boshqa hududga jo'natish maqsadi -
faqat oila daromadini ko'paytirish emas, balki o'z ijtimoiy maqomini
ham oshirishdir.
“Migraiyaning yangi iqtisodiy nazariyasi” quyidagi gipotezalarniilgari suradi:
mehnat resurslari mobilligini tadqiq va tahlil etishga alohida shaxsning emas, balki uy xo'jaliklarining manfaatlari nuqtai nazaridan yondashilishi kerak;
donor va retsipiyent mamlakatlarda ish haqi darajasi tenglashgan holatlarda ham mehnat resurslari mobilligi jarayoni to'xtamaydi. Myehnat resurslari mobilligiga donor mintaqalar doirasida boshqa bozorlar mavjud bo'lmasa yoki ular nomukammal bo'lsa ham rag'batlar bo'lishi mumkin;
davlat ishchi kuchi mobilligi darajasiga faqat myehnat bozorlarini emas, shuningdyek kapital bozorlarini va sug'urtalashni (sug'urtalashning davlat dasturlari, ishsizlikni sug'urtalash va hokazolar) tartibga solish orqali ta'sir ko'rsata oladi. 4
Ana shu ma'noda oilaning bir yoki uning bir necha a'zosining boshqa
hududga yo'l olishi faqat kutilayotgan shaxsiy daromadni ko'paytirish
vositasigina emas, shuningdek xo'jalik yuritish bilan bog'liq
tavakkalchilik xavfini kamaytirishga qaratilgan. Bunda ishchi kuchi
mobilligida ishtirok etadigan xodim uchun ana shu xavfni kamaytirish
ish haqi darajalarida xam kuchliroq rag'bat bo'lishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |