Ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi



Download 36,54 Kb.
bet5/9
Sana23.06.2022
Hajmi36,54 Kb.
#696878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurbonboyev Sarvar

Birinchidan, iqtisodiyotnnig turli sohalariga yuqori malakali
mutaxassislarning jalb qilinishi yuzasidan xalqaro hamkorlik yo'lga
qo'yadi. Agentlik yuqori malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni
aniqlaydi va barcha biznes tuzilmalari, vazirliklar bilan yaqindan
hamkorlik ishlarini amalga oshiradi.
Ikkinchidan, migrantlarning O'zbekiston Respublikasi hududida
mehnat faoliyatini amalga oshirishi paytida ularning mehnat huquqlari
va manfaatlarini ta'minlash bo'yicha choralarni amalga oshiradi.
Uchinchidan, agentlikda yagona axborot bazasi tuzilib, u yerda
migrantlarning mehnat huquqlari va manfaatlariga joylarda rioya qilish
hamda ularning faoliyati belgilangan me'yorlarga muvofiqligining
natijalari qayd etadi.
Jahonda xalqaro mehnat migratsiyasini tartibga solishda 1951 yilda
tashkil etilgan Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot asosiy rol o'ynaydi.
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• migratsiya jarayonlariga jalb etilgan barcha tomonlar manfaatlarini
ko'zlagan holda migratsiya jarayonlarini boshqarish;
• mamlakatlar hukumatlari bilan qalin hamkorlik qilish, migratsiyani
o'zi uchun yagona to'g'ri qaror deb qabul qilgan odamlar manfaatlarining
vakili bo'lish va ularning manfaatlarini himoya qilish;
• inson savdosi favqulodda holatining (xalqaro tushunchasi “trafik”
bo'lgan) oldini olish va unga qarshi kurashish.
Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot o'zining xalqaro sheriklari bilan
ko'pgina davlatlarning hukumatlari va fuqarolik jamiyatlariga
ko'maklashish maqsadida quyidagi dasturlarni amalga oshiradi:
• insonparvarlik maqsadlarida migratsiya dasturlari (mojarolar va
ularning oqibatidan jabr ko'rgan odamlar, oilasi bilan qo'shilish niyatida
bo'lgan shaxslarga yordam ko'rsatish);
• texnik hamkorlik dasturlari (hukumatlar, hukumatlararo va
nohukumat tashkilotlariga migratsiya masalalari bo'yicha maslahat
xizmatlarini taqdim etish, o'zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda migratsiya
muammolarini hal etish uchun zarur komleks choralarni ishlab chiqish,
migratsiyani tartibga solish bilan shug'ullanayotgan xizmatlar xodimlarini
o'qitish orqali davlatlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek ularga
texnik yordam ko'rsatish);
• tadqiqotlar olib borish, ma'lumotlarni tahlil etish (migratsiya
muammolarini hal etish uchun mintaqaviy va xalqaro seminarlar va
konferentsiyalar o'tkazish, migratsiya jarayonlarining sabablari va
oqibatlarini, migrantlar ahvoli va ehtiyojlarini tadqiq etish, axborot
kampaniyalarini ishlab chiqish va o'tkazish).
Xalqaro mehnat migratsiyasini tartibga solish masalalari Xalqaro
mehnat tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar
bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining ham diqqat markazidadir.
Shuningdek, mintaqaviy tashkilotlarda ham mehnat migratsiyasini tartibga
solish bo'yicha alohida tuzilmalar tashkil etilgan. Masalan, Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkilotida Migratsiyani doimiy kuzatish
bo'yicha tizim faoliyat olib boradi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga (MDH) a'zo mamlakatlar 1988
yilda Noqonuniy migratsiya bilan kurashish sohasida hamkorlik qilish
bitimini imzolaganlar. Ushbu Bitimda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning quyidagi asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan:
• Bitimda ishtirok etuvchi davlatlarning noqonuniy migrantlar va
noqonuniy migratsiyaga ko'maklashadigan shaxslarning mas'uliyati sohasida
milliy qonunchilikni uyg'unlashtirish;
• davlatlar hududiga chet elliklarning noqonuniy kirishi va bo'lishiga
qarshi kurash olib borish;
• noqonuniy immigrantlar Ma'lumotlar bankini shakllantirish;
• noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish mexanizmini yaratish va
boshqalar.
Har bir davlat ham mehnat migratsiyasini tartibga solish bo'yicha
qonunchilik, ma'muriy va iqtisodiy choralarni ko'radi. Jumladan,
retsipient (mehnat migrantlarini qabul qilib oluvchi) davlatlar asosan
quyidagi choralarni qo'llaydi:
1. Kasb malakasi talabi (ma'lumot to'g'risida diplomning mavjudligi,
muayyan kasb, ixtisoslik bo'yicha ish staji). Masalan, AQShda mehnat
migranti - 5 yillik, Avstraliyada – 3 yillik, Kiprda - 2 yillik ish stajiga
ega bo'lishi kerak.
2. Yosh chenzi (odatda 20-40 yoshdagi myehnat migrantlari ishga qabul
qilinadi).
3. Mehnat migrantlarining salomatligi (giyohvandlar, xavfli yuqumli
kasalikka chalinganlar, ruhiy bemorlar mamlakatga kiritilmaydi).
4. Ijtimoiy va siyosiy cheklovlar (jinoyat sodir etganlik uchun avval
sudlanganlar, reaksion partiyalar, terrorchi tashkilotlar a'zolari
mamlakatga kiritilmaydi).
5. Kvotalash (milliy iqtisodiyotning barcha sohalari, alohida
tarmoqlar va korxonalar bo'yicha eng ko'p mehnat migrantlarining qonun
tomonidan o'rnatilgan soni, alohida mintaqalardagi mamlakatlarning
mehnat migrantlari uchun o'rnatilgan kvotalar miqdori). Masalan, AQShda
mamlakatda ishlash uchun yiliga 140 ming kishiga ruxsat beriladi.
6. Mehnat migrantlarining ishga joylashish uchun poshlina to'lashi.
Jumladan, Irlandiyada 4 oy davomida ishlash uchun 100 irland funti
miqdorida poshlina to'lanishi talab etiladi. Slovakiyada ham xuddi shunday
tartib o'rnatilgan.
7. Retsipient mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hisobiga
viza berish. AQShda har yili mamlakat iqtisodiyotiga 500 ming dollardan
ko'p investitsiya kiritgan shaxslardan 10 ming nafariga immigratsiya
vizalari beriladi.
8. Tadbirkorlardan mehnat migrantlari mehnatidan foydalanish uchun
soliq olish.
9. Mehnat migrantlarining retsipient mamlakatda bo'lish muddatiga
cheklovlar. Norvegiyada mehnat migrantlariga mehnat faoliyati bilan
shug'ullanish uchun ruxsat 1 yilga beriladi. Ana shu muddatdan so'ng yangidan
mehnat shartnomasi tuzish talab qilinadi.
10. Mehnat migrantlariga muayyan kasb va ixtisosliklar bo'yicha mehnat
faoliyati bilan shug'ullanishning man etilishi. Turkiyada mehnat
migrantlariga doktor, advokat, dorishunos, uchuvchi, haydovchi, mulk sotish
bo'yicha agent va yana qator boshqa mehnat faoliyati turlari bilan mashg'ul
bo'lishlariga ruxsat berilmaydi.
11. Mehnat migrantlarini tanlab olish uchun ball tizimidan
foydalanish. Bu tartib chyet elliklar uchun Avstraliya va Kanadada
o'rnatilgan.
O'zbekistonda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat
migratsiyasi masalalari agentligiga yuklangan. Uning asosiy vazifalari
sifatida quyidagilar belgilangan:
• mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish;
• mamlakat fuqarolarini chet ellarda va xorijiy fuqarolarni
O'zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va
ruxsatnomalar berish;
• mamlakat fuqarolarining chet ellardagi va xorijiy fuqarolarning
O'zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
• xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi chet el firmalari bilan
hamkorlikni rivojlantirish;
• chet ellarga ishga jo'natish uchun xorijiy ish beruvchilarning
talablariga muvofiq bo'lgan nomzodlarni tanlab olish, vakolatli tibbiyot
muassasalarini jalb qilgan holda kompleks tibbiy ko'rikdan o'tkazish,
ularni oldindan ko'niktirish va o'qitishni amalga oshirish, mamlakat
tilini, kontrakt bo'yicha ishga joylashiladigan ishlab chiqarishlarda
texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o'rgatish,
ishga joylashish imkoniyatlari va shart-sharoitlari to'g'risidagi axborot
bilan ta'minlash, boradigan mamlakat qonun hujjatlari asoslari,
an'analari va odob-axloq normalari to'g'risida xabardor qilish;
• mamlakat fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish
nomzodlarni tanlab olishi bo'yicha idoralararo komissiyaning qarorlariga
muvofiq ruxsatnomalar berish (ruxsatnomalarning amal qilish muddatini
uzaytirish);
• yuridik shaxslarga xorijiy mehnat resurslarini jalb etishga
ruxsatnomalar, shuningdek xorijiy fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi
hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar
berish (ularning muddatini uzaytirish).7
2017 yilda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat
faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini
tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to'g'risidagi O'zbekiston
Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida hukumatlararo bitim
imzolangan. Ushbu bitim quyidagilarni ko'zda tutadi:
• mehnat resurslariga real ehtiyojdan kelib chiqqan holda,
yuborilayotgan ishchilarning soni, ularning mutaxassisligi va qabul qiluvchi
mintaqani aniqlash;
• Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan mehnat migrantlariga
eng kam ish haqi talablariga rioya etish, munosib turmush sharoitlarini
yaratish, tibbiy va ijtimoiy sug'urta bilan ta'minlash bo'yicha mustahkam
huquqiy kafolat taqdim etadigan tartibni joriy qilish.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya
Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Belgorod, Krasnodar,
Kaliningrad, Vladivostok, Xabarovsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk,
Yekaterinburg, Tyumen, Volgograd, Kazan shaharlarida o'zining
vakolatxonalarini ochishni rejalashtirgan.
Agentlik mehnat migratsiyasi sohasida Koreya Respublikasi bilan 1995
yildan beri qalin hamkorlik qilib keladi. Shu davr mobaynida ushbu
mamlakatga shartnoma asosida o'zbekistonlik 46,8 ming nafar fuqaro ishlash
uchun yuborildi. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Yaponiya,
Polsha, Turkiya, Yaman va boshqa mamlakatlar bilan ham mehnat migratsiyasi
masalalari bo'yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning
tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, mehnat faoliyatini amalga
oshirish uchun respublika tashqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va
ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini ta'minlash, xorijdan qaytib
kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb
etishni kengaytirish maqsadida 2018 yil 5 iyulda O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya
tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, yuridik
shaxslarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan
beriladigan litsenziya asosida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish
uchun ketayotgan mamlakat fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan,
kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lish va xorijiy tillarni bilish darajasini
tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug'ullanish huquqi berildi.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy
ro'yxatdan o'tish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini
amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilindi. Ushbu
vazirlik huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni
qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish
jamg'armasi ham tashkil etildi.
O'zbekistonda mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini
mustahkamlash maqsadida “Mehnat miratsiyasi to'g'risida”gi qonun ham ishlab
chiqilmoqda. Unda ichki va tashqi mehnat migratsiyasining davlat tomonidan
tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlarda mehant faoliyatini amalga
oshirayotgan O'zbekiston fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini
ta'minlash, chet el fuqarolarining O'zbekistondagi ishga joylashish va
mehnat faoliyatini amalga oshirish tartib-qoidalari mustahkamlab
qo'yiladi.


Download 36,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish