105
1.Tuproqqa asosiy ishlov berish;
2. Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish tizimi;
3.Tuproqqa ekin ekilgandan keyin ishlov berish tizimi. Ekinlarni ekish muddatiga ko’ra ishlov
berish tizimi yana 2 xil bo’ladi:
1.Tuproqni kuzgi ekinlar ekishga tayyorlash tizimi;
2. Tuproqni bahorgi ekinlar ekishga tayyorlash tizimi;
Shurtob yerlarda tuproqning to’planuvchi (ilyuvial) qatlamining ustida karbonatlar (B
1
),
asosan soda, pastida esa gips (B
2
) to’planadi. Odatda, shurtob yerlarning meliorativ xolatini
yaxshilashda gipslash usuli qo’llaniladi. Bunda har 5-7 yilda bir marta gektariga 500-600 kg dan
gips solinadi. Gips tarkibidagi kalsiy tuproqning singduruvchi kompleksidan natriyni siqib
chiqaradi va shu tariqa tuproq eritmasining reaksiyasini kuchli ishqorlikdan neytralga
yaqinlashtiradi.
Keyingi yillarda olimlar tuproqni o’z-o’zini meliorasiyalash yo’lini topishdi. Buning
uchun maxsus PTH-3-40 markali plug yordamida yerning qatlamlari almashtiriladi, yani uning
ustki A qatlami og’darib haydaladi va o’z joyida qoldiriladi, yani uning ustki A qatlami agdarib
haydaladi va o’z joyida qoldiriladi, ostki qatlamdagi B
1
va B
2
qavatlar o’rin almashinadi va B
2
yuqoriga , B
1
pastga tushiriladi. Natijada gipsli (B
2
) qatlam karbonatli (B
1
) ustiga chiqadi.
Yog’in-sochinlar ta’sirida gips suvda erib, karbonatli qatlamga tushadi, u yerda soda bilan
reaksiyaga kirishib, natriy kationini singdiruvchi komplekasdan eritmaga tushiriladi. Bu jarayon
quyidagicha kechadi:
[TCK]
Na
Na
+CaSO
4
=[TCK]
Ca2++Na2SO4
Reaksiya natijasida hosil bo’lgan natriy sulfat qor-yomg’ir yoki sho’r yuvish suvlarida
erib tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib tushadi. Demak, shurtob yerlarga maxsus pluglar
bilan (otvali qirqilgan) ishlov berish natijasida tuproq o’z-o’zini meliorasiyalaydi va
unumdorligini oshiradi.
Tuproq strukturasini tiklash va mustahkamlashda uning fizik – kimyoviy singdirish
xossasining ahamiyati katta. Nordonligi va ishqoriyligi katta yerlarni ohaklash, gipslash,
tuproqlarning sho’rini yuvish, sizot suvlarining sathini pasaytirish kabi agromeliorativ tadbirlarni
to’g’ri va sifatli bajarish bilan tuproq eritmasining reaksiyasini neytrallashga, tuproqning
singdiruvchi kompleksidan bir valentli zararli kationlarni siqib chiqarib, ularni ikki va uch
valentli foydali kationlar bilan almashtirishga erishish zarur. Tuproqning strukturalanish jarayoni
chang va qum zarrachalarining tuproq kolloidlari (chirindi va loyqa) bilan birikib agregatlar
hosil qilishidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: