QUMLI CHO’L TUPROQLARINING GENEZISI, EVOLYUSIYASI VA ULARDAN
FOYDALANISH
H.T.Artikova, M.M.Sattorova
Buxoro davlat universiteti
Bugungi kunda cho’l zonasi tuproqlari dexqonchilikning katta rezervi hisoblanadi. Cho’l
zonasi tuproqlarining tabiiy unumdorligi va tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda inson
o’z ehtiyojiga qarab, o’zgartirib borishi mumkin.
Qumli-cho’l tuproqlar mamlakatimizning boshqa tuproqlariga nisbatan kam o’rganilgan.
Respublikamiz tuproqlariga oid adabiyotlarda ko’pdan buyon ko’rsatilsada, cho’l
tumanlarining ichkarisida, qumli to’plamlar, eol yotqiziqlar bilan birgalikda tarqalganligi
sababli ularning o’rganishga ahamiyat berilmagan va dehqonchilikda foydalanish borasida
92
hozirgi paytga qadar tayinli tavsiyalar berilmagan. Qumli-cho’l tuproqlarni genezisi (kelib
chiqishi) va geografiyasini o’rganishda quyidagi olimlar o’z hissalarini qo’shganlar.
L.I.Prasolovning(1925) fikriga qaraganda, quruq qumlar atmosfera va biologik omillar
ta’sirida rivojlansada ularning boshqa tuproqlarga nisbatan unumsiz tuproqlar deb qarash
mumkin. 1925 yilda N.A.Dimo bu tuproqlarni qumli to’plamlardan ajratib, ularni “G’ovakli
qumli sur tuproqlar” deb nomlagan. A.N.Rozanov(1951) esa bu tuproqlarni g’ovak qumli va
qumli sur tuproqlar sifatida ajratishni taklif qilgan. Ye.V.Lobova(1961)ning taklifi asosida bu
tuproqlarni cho’l qumli tuproqlari nomi bilan yuritish qabul qilingan. Undan tashqari
A.N.Rozanov N.A.Buskov, Ya.M.Nosirov (1961); Ye.V. M.U.Umarov (1966); A.M.rasulov,
M.U.Karimova (1967); N.V.Kimberg, J.Ikromov, D.R.Ismatov, Q.G’afurov, S.Abdullayev
(1982); X.A.Abdullayev(1984)lar o’z hissalarini qo’shganlar Qumli-cho’l tuproqlaridan hozirgi
davrda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarning ayrim joylarida
sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanilmoqda. Masalan Buxoro viloyatining Qorako’l, Olot,
Jondor, Romitan, Peshku, Qorovulbozor tumanlarining qumli-cho’l yangidan o’zlashtirilgan
tuproqlarida paxta, g’alla, beda va boshqa madaniy o’simliklar yetishtirilmoqda. Qumli-cho’l
tuproqlarning o’ziga xos tuproq paydo bo’lish sharoitlari va xossalariga ega ekanligini
e’tiborga olib, ikkita tuproq tipchasiga bo’lish mumkin. 1. Oddiy qumli-cho’l tuproqlari;
2.O’tloqi qumli-cho’l tuproqlari. Qumli-cho’l tuproqlar sizot suvlari yer yuzasidan 2-4 m
chuqurlikda joylashgan hududlarda rivojlanib, ular jumlasiga o’tloqlanish jarayoniga xos
bo’lgan o’simliklar (ajriqli chimli) bilan qoplangan, oddiy cho’l qumli tuproqlarga nisbatan
gumusli va gleylanish belgilariga ega bo’lgan tuproqlar kiradi. Qumli-cho’l tuproqlari cho’l
zonasining avtomorf tuproqlar qatoriga kirib, sizot suvlari chuqur joylashgan hududlarga
tarqalgan. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslari bo’r, toshko’mir, silur, neogen davrlarida paydo
bo’lgan ohaktosh, qumtosh, slanes va loy kabi tog’ jinslarining delyuvial, prolyuvial va qadimiy
daryo terrasalaridagi allyuvial yotqiziqlaridan hamda zamonaviy eol qumlaridan tashkil
topgan. Qumli-cho’l tuproqlar keskin kontinental, juda quruq, yozi nihoyat darajada issiq, qishi
esa o’ta sovuq iqlim sharoitida rivojlanadi. O’rtacha yillik harorat 11,5-14,8
0
s. Yanvar oyidagi
absolyut minumum harorat minus 31
0
bo’lsa, avgustda maksimal harorat plyus 44
0
S ga
yetadi. Yillik yog’in-sochin miqdori 110-140 mm bo’lib, ularning asosiy miqdori qish-bahor
davriga to’g’ri keladi. Bu tuproqlar tarqalgan hududlarga kuchli shamol va chang-to’zonlar ham
bo’lib turadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 17-20m soniya va undan yuqori darajada
bo’ladi. Qumli-cho’l tuproqlari mintaqasining asosiy tuproq tiplaridan bo’lib, boshqa
tuproqlardan o’zining yengil qumli va yengil qumoqli mexanik tarkibi bilan ajralib turadi.
Chunki bu tuproqlarning ona jinsi eol yotqiziqlardir. Tuproqlarning bunday xususiyatlari
ulardagi morfologik belgilarni, hajm og’irligi, fizikaviy va kimyoviy tarkibini, suv
o’tkazuvchanlik qobiliyati va boshqa xususiyatlarini o’zgartirishga va shakllantirishga olib
keladi. Cho’l mintaqasining qumli tuproqlari o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayonlari
ta’sirida rivojlanadi. Qumli-cho’l tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagilardan iborat. 0-
4sm. Kulrang va sur rangli. Quruq, yumshoq, eol qumli. Pastki gorizontga o’tishi rangi va
qattiqligi bilan seziladi. 4-10sm. Sur tusli, qumli, zichlangan va quruq. Ayrim joylarda
o’simliklarning mayda izlari uchraydi. 10-25sm. Sur tusli qum. Quruq, zichlangan, ayrim
yoriqlarda o’simlik ildizchalari va ularning yarim chirigan qoldiqlari bor. 25-120sm. Sur tusli
eol qumli, bir xil qatlam. Qumli-cho’l tuproqlarning mexanik tarkibi asosan qumli va qumoqli
zarachalardan tashkil topgan bo’lib ularning miqdori 55-85% ni tashkil qiladi. Qumli-cho’l
tuproqlarning solishtirma va hajm og’irligi tuproq qatlamlarida deyarli bir xil bo’lib, mos
ravishda 2,642,68g/sm
3
va 1,44-1,58 g/sm
3
ga teng. Umumiy g’ovaklik 41-46%ga teng. Bu
tuproqlarda suv xillari, masalan gigroskopik, dala nam sig’imi va so’lish namligi nihoyat
darajada past. Qumli-cho’l tuproqlarning mexanik tarkibi yengil fraksiyalardan hosil bo’lgani
uchun, ulardagi oziq elementlar miqdori juda kam. Masalan, gumus miqdori 0,24-0,36%. Bu
moddalarning tuproq tarkibidagi miqdorlari kam bo’lgani uchun C:N nisbat 6-9 ga teng. Fosfor
va kaliy miqdorlari ham bu tuproqlarda kam bo’lib, respublikamizda qabul qilingan gradasiya
bo’yicha kam va o’rtacha ta’minlangan tuproqlar guruhiga kiradi. Qumli-cho’l tuproqlar gumusi
93
tarkibida harakatchan va fulvatli-kalsiyli fraksiyalar asosiy o’rinni egallaydi. Qumli-cho’l
tuproqlarning yalpi kimyoviy tarkibi asosan kremniydan iborat bo’lib, uning miqdori 64-77% ni
tashkil qiladi. Cho’l zonasi tuproqlarining ona jinsi tarkibining ko’pchiligida karbonatlar va
suvda oson eruvchi tuzlar mavjud. Tuproqlarning suv fizik xossalari yaxshi lekin o’simliklar
hisobiga to’planadigan biomassa u ham ildizlari hisobiga to’g’ri keladi (1 tonna atrofida) Iqlimi
o'ta quruq bo'lgan sharoitda mayda zarrali tuproq ona jinslardagiga nisbatan qumli yerlarda
tuproq paydo bo'lish jarayonlari boshqacha kechadi. G'ovak qumli jinslarda tuproq profili uncha
yaxshi shakllanmagan va nisbatan yosh tuproqlar hosil bo'ladi. Genetik gorizontlari shakllangan
va yaxshilanib turadigan tuproqlar asosan chang zarrachalari ko'p bo'lgan qumlarda va
o'simliklari yaxshi rivojlangan sharoitlarda yuzaga keladi. Qumli tuproqlarning kelib chiqishida
ularning atmosfera yog'inlari suvlarini deyarli to'liq va ancha chuqurlikka qadar o'tkazishi
muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Qizilqumda uncha ko'p bo'lmagan atmosfera yog'inlari (80-
120 mt) hatto tuproqning 1-1,5 m ga qadar singib, tuproqni namlaydi. Vaholanki, mayda zarrali
tuproqlarda bu ko'rsatkich 40-50 sm dan oshmaydi. Uning usti qurigandan keyin ancha chuqurga
qadar singib borgan nam, tuproqda yaxshi saqlanib qoladi va asosan transpirasiya uchun
sarflanadi. Qumlar o'ziga xos issiqlik rejimiga ham ega. Harorat o'ta yuqori va o'simliklari siyrak
bo'lgan sharoitda qum yuzasi 60-80 C gacha qiziydi. Qumlar issiqlikni yaxshi o'tkazganligi
sababli kunduzi muayyan chuqurga qadarli qizib, kechasi esa tez soviydi. Natijada bug'simon
suvning termik kondensasiyasi tufayli tuproqda ancha miqdorda qo'shimcha nam (gektariga 600
l gacha) to'planadi. Qumli tuproqlarning kapillyarligi kam bo'lganligidan, 30-40 sm dan 100 sm
ga qadarli bo'lgan qatlamda doim nam to'planib turadi. Cho’l zonasining iqlimi keskin
kontenental yozi juda quruq va issiq.Bahorda qum betini efemer va efemeroidlar qalin qoplagan
bo'lib, may oylariga borib issiqdan qurib qoladi. Bundan tashqari qumlarda ko'p yillik xilma xil
butalar (qum akasiyasi, kolligonum, sho'ra va saksovul singarilar) yaxshi o'sadi. Bu
o'simliklaming chuqur o'sadigan ildizlari qum qatlamlaridagi namva sizot suvlaridan yoz
davomida samarali foydalanadi. Shuning uchun qumli cho'l tuproqlarida gumus juda kam
to'planadi va tuproq profili soddaroq tuzilgan bo'ladi.
Cho’l sharoitida o’simliklar qoplamini oshirish tuproqning suv fizik xossalarini yaxshilash cho’l
tuproqlari unumdorligini oshirishning bundan keyingi dolzarb vazifasi hisoblanadi. Tuproqlarni
agroishlab chiqarish guruhlariga ajratish eng avvalo, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ilmiy
asoslangan tarzda yuritish, agrotexnik va meliorativ tadbirlarni to’g’ri tanlash uchun zarur. Shu
boisdan bir xil o’xshash meliorativ va agrotexnik tadbirlarni talab etuvchi tuproq ayirmalari
muayyan bir agroishlab chiqarish guruhlariga birlashtirildi va shu asosda sug’oriladigan
tuproqlari 6 ta: yaxshi, o’rtachadan yuqori, o’rtacha, o’rtachadan past, yomonrok, yomon
guruhlarga ajratildi.
Qumli-cho’l tuproqlar defilyasiyaga uchraganligi, relefi murakkabligi va unumdorligining
ancha past (gumus va oziq moddalar juda kamligi, fizikaviy xossalarining noqulayligi), ulardan
foydalanayotganda qator, o’ziga xos kompleks agromeliorativ tadbirlar sistemasini qo’llash
talab etadi. Qumli-cho’l tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi nihoyatda yuqori va nam sig’imi
past bo’lganligi sababli, tuproqning ushbu xossalarini yaxshilashga qaratilgan qator
tadbirlardan foydalaniladi. Shu maqsadda, dalalarga sug’orish suvlari bilan birga loyqa yuborish
yoki sun’iy ravishda gilli tuproq solish (kolmotaj) yaxshi samara beradi. Bundan tashqari
ekinlarni yomg’irlatib sug’orishga alohida e’tibor berish lozim. Shu usulda sug’orilganda
o’simliklarning o’sish davrida tuproqda mo’tadil miqdorda nam saqlanib turadi. Tuproqdan
suvning filtrlanib ketishini va bug’lanishini kamaytirish maqsadida, kanallarni betonlash,
sug’orish uchun suvni yopiq lotoklar va quvurlar orqali yuborish kerak. Qumli-cho’l tuproqlar
gumusga va turli oziq moddalarga kambag’al bo’lganligidan organik va mineral o’g’itlardan
keng foydalanish, ko’p yillik o’tlar ekish zarur. Qumli-cho’l tuproqlarning shamol ta’sirida
to’zg’ishi (defilyasiga)ga qarshi chora tadbirlarini olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Shu
maqsadda baland poyali o’tlardan kulislar yaratish, ixota daraxtzorlarni barpo qilish, almashlab
ekishni joriy etish, organik va mineral o’g’itlar bilan kompost holda tayyorlab, qishloq xo’jalik
ekinlarini oziqlantirish kabi tadbirlardan foydalanib, tuproqni mustahkamlash yaxshi samara
94
beradi. Tajribalarda ma’lumki, yuqoridagi kompleks tadbirlar o’tkazilgan qumli cho’l tuproqlari
maydonlaridan, ekinlardan yuqori hosil olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |