Таълим вазирлиги бухоро давлат университети


TURLI DARJADA SHO`RLANGAN O`TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARDAGI



Download 5,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/200
Sana22.06.2022
Hajmi5,16 Kb.
#691793
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   200
Bog'liq
0хирги туплам

TURLI DARJADA SHO`RLANGAN O`TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARDAGI 
TUZLARNING YUVILISHSAMARADORLIGIGA BIOSOLVENT 
PREPARATINING TA`SIRI 
M.F.Fakhrutdinova, O.N.Imomov
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti
Respublika bo`yicha sug`oriladigan yerlar maydoni rasmiy hujjatlar ma’lumotiga ko‘ra 
sug‘oriladigan maydonlarning 53% yoki 2 mln. 286 ming gektari turli darajada sho‘rlangan. 
Kuchsiz sho‘rlangan yerlar maydoni 1 mln. 125 ming gektar yoki 58% ni tashkil qiladi. O‘rtacha 
darajada sho‘rlangan yerlar 650 ming gektar yoki 33%, kuchli sho‘rlangan yerlar maydoni 250 
ming gektar atrofida bo‘lib, sho‘rlangan yerlarga nisbatan 14% ni tashkil qiladi.
Keyingi ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra kuchsiz darajada sho‘rlangan yerlarda 20-25% 
miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi kamaymoqda. Demak sho‘rlanmagan 
yerlarga nisbatan 1/4 hissa kam hosil olinadi. O‘rtacha darajada sho‘rlangan yerlarda esa 30-
40%, ayrim hollarda 50% gacha hosil kamayadi. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda esa hosil 
80% gacha kamayadi yoki butunlay nobud bo‘lishi mumkin. [1] 
Sug`oriladigan yerlardan ilmiy asoslangan agrotexnik qoidalarga rioya qilmasdan 
foydalanish natijasida tuproqlarning sho`rlanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Hozirgi paytda 
ko`p 
zovurlarning 
tozalanmaganligi 
yoki 
ko`milib 
ketganligi 
yopiq 
drenajlarning 
ishlamayotganligi yer osti grunt suvlari sathining ko`tarilishiga olib kelmoqda. Buning ustiga 
sug`orishda ortiqcha suv berish ham ko`p joylarda yerning sho`rlanish, zaxlanish, tuzlar harakati 


20 
jarayonlarini kuchaytirib yubormoqda. Ikkilamchi sho`rlanish jarayonlari rivojlangan yerlarda 
kalsiy kationi o`rniga magniy va natriy kationlari ko`payib borayotganligi kuzatilmoqda. U 
tuproqlarning g`ovakligini kamayishiga, zichlashishiga, oqibatda filtrasiya koeffisentining 
yomonlashuviga tuproq strukturasi buzilish holati olib kelmoqda. Navoiy viloyatining Qiziltepa, 
Navbahor, Karmana, Xatirchi tumanlarida, sho`rlanish jarayonlari rivojlangan yer ko`payib 
borayotganligi kuzatilmoqda.
Sho`rlanishga qarshi meliorativ tadbirlar ishlab chiqilganda vohalardagi bu geoximik 
zanjirsimon aloqani albatta chuqur o`rganish va uni hisobga olinishi zarur. Vohalarda ikki xil 
bog`lanish borligini ko`rish mumkin: 1)komponentlar o`rtasidagi; 2) geotizimlar o`rtasidagi. Ana 
shu ikki xil bog’lanishlar tufayli tuproqda kimyoviy jarayonlar o`zgarishi natijasida tuproqda 
turlicha sho`rlanish jarayonlari hosil bo`lmoqda [2] 
Innovatsion rivojlanish vazirligi O’zR FА Bioorganik kimyo institutida yaratilgan sho’rlangan 
tuproqlar tarkibidagi tuzlarni samarali yuvuvchi “Biosolvent” preparatini ishlab chiqilib 
tajiribalarda sho’rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda foydalanildi va samarali natijalarga 
erishildi. [3]
Sho’rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni samarali yuvuvchi, ion almashinish xususiyatiga ega 
ionogen polimerni birinchi navbatta ularning tuproq strukturasiga ta'sirini o’rganish, qo’llash 
usullarini ishlab chiqish va sho`rlanish shakllanayotgan tuproqlarga joriy qilish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Polimer kompozitsiya tarkibida uning polikislota va sopolimeri 25-30% anion tipidagi faol 
sirt modda 1,2-4,5% aminospirt tipidagi bufer va neytrallovchi qo`shimcha 04-13% va qolgan 
qismi neytral-inert modda va suv tashkil qiladi. “Biosolvent” kompozitsiyasining samaradorligi 
qiyin eruvchan tuzlar umumiy miqdori tuproq xossalaridan kelib chiqib nazoratga nisbatan 35-40 
% gacha yuvilishi hamda tuproq g’ovakliligining 20-30 % ga ortishi bilan izohlanadi.[4]
O`rganilayotgan Xatirchi tumani o`tloqi allyuvial tuproqlarda,tuproq mikroflorasi, 
mikroorganizmlarning miqdoriy sonini o’zgarmasligi va nitrifikatorlar sonining ortishiga olib 
keladi “Biosolvent” kompozitsiyasi sho’rlangan tuproqlarni yuvishda tuproqning sho’rlanish 
darajasiga qarab gektariga 5-10 litrdan qo’llash tavsiya etildi.[5] 
Bu nafaqat sho‘rlangan tuproqlarni boshqarish, balki tuproq sho‘rlanishining oldini olish uchun 
kengroq qo‘llash uchun ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish va sho‘rlangan tuproqlarni 
boshqarish bo‘yicha to‘plangan tajriba almashish kerakligini ko`rsatadi. 

Download 5,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish