190
taga yaqin (4 % atrofida) flavonoidlar (likviritin, likviritozid, glabrozid va boshqa glikozidlar
hamda ularning aglikonlari), 2–4% achchiq modda, triterpenoid oleanan, vitamin C, asparagin,
6–34% kraxmal, 20% gacha mono- va disaxaridlar, pektin va boshqa moddalar bor.
Qizilmiyaning yerustki qismi flavon glikozidlarga boy. Flavonoidlardan tashqari, yerustki qismi
tarkibida yana saponinlar, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor [1].
Qizilmiya o'simligining o'stirish respublikamiz hududlarida dorivor sifatida o'stiriladigan
o'simliklar orasida asosiy o'rin egallaydi. Xorazm viloyati Bog’ot tumanida faoliyat yuritayotgan
"Bogot master" oilaviy korxonasi bir necha yillardan buyon dorivor qizilmiya o'simligini ildizini
Germaniyaga eksport qilinmoqda. Qizilmiya ildizi asosan tibbiyotda, oziq ovqat sanoati
parfumeriya sohasida ishlatiladi. Uning tarkibida glitsirrizin kislotasi bo'lib, glukoza, saxaroza
va qanddan 50 barobar kuchli shira hisoblanadi. Bu kislota jigar kasaliklariga qarshi immunitet
ko'taruvchi va balg'am ko'chiruvchi dori darmon olishda ishlatiladi. Mahsulot olish jarayonida
qizilmiya ildizi qo'l mehnati yordamida bir necha bosqichlardan o'tadi: navlarga ajratiladi ,
yuviladi, qurutiladi. So'ngra 5-8 sm kattalikda kesiladi, qadoqlanadi [5].
Qizilmiya yo'talni davolash uchun samarali dorivor o'simlik. Unga asoslangan sirop
chaqaloqlarda bronxit va boshqa kasalliklarni davolash uchun tavsiya etiladi. Ushbu vositaning
afzalliklari uning tabiiyligi va xavfsizligidir. Qizilmiya nafas olish sekretsiyasini ko'paytirishga
yordam beradigan glitsirrizinni o'z ichiga oladi. Shu tufayli bronxlar va traxeya devorlarida
joylashgan epiteliy faollashadi. Qizilmiyaning o'ziga xos xususiyati shiddatli yo'tal xurujlarini
yengilashtirishga yordam beruvchi ta'sirga ega. O'simlikning siropi kuchli mikroblarga qarshi
og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Qizilmiya ildizpoyalari aralashmasi
tabiiy tarkibiy qismlarga asoslangan. O'simlik tibbiyotda turli yoshdagi bemorlarni davolash
uchun ishlatiladi. Mahsulot tarkibida yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, kramplarni
yengillashtiradigan va silliq muskullarning bo’shashtiradigan bir qator foydali moddalarni o'z
ichiga oladi. undan tayyorlangan dori yoqimli ta’mga va o'ziga xos hidga ega jigarrang suyuq
viskoz moddadir. Preparatning asosiy terapevtik xossasi glikirrizin moddasi bo'lishiga qaramay
yordamchi moddalar sifatida efir moylari, polisaxaridlar, kumarinlar va flavonoidlar muhim
ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib shuni aytishimiz mumkin: qizilmiya
o'simligi shifobaxshligi bilan birgalikda uni o'stirish qulayligi, turli iqlim sharoitlariga
moslashuvchanligi tufayli undan dorivor o'simlik sifatida foydalanish mumkin. O'simlik tabiiy
mahsulot sifatida organizm uchun zararsiz hisoblanadi. Biz kelgusida qizilmiya o'simligining
yangi turlari va dorivorlik xususiyatlarini yanada ko'proq o'rganishni o'z oldimizga maqsad qilib
qo'ydik.
Do'stlaringiz bilan baham: