98
III ШЎЪБА.
ТУПРОҚ УНУМДОРЛИГИНИ ОШИРИШ, МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ВА
ҚАЙТА ТИКЛАШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
TUPROQSHUNOSLIK FANIDAN DALA AMALIYOTI MASHG`ULOTLARIDA
TUPROQ KESMASINI QAZISHMAVZUSINI O`QITISHDA “KLASTER” METODINI
QO`LLASH
Sh.Nafetdinov, O.Ramazonov, E.Qodirov
Buxoro davlat universiteti
O'zbekiston Respublikasining "ta'lim to'g'risida"gi qonuni va kadrlar tayyorlash
milliy dasturi da har tomonlama yetuk mutaxasis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati,
zamonaviy fan va texnologiyaning rivojlanish talablariga mos
barkamol avlodni tayyorlash
masalalari izchillik bilan tahlil etilgan. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasini maqsadi shundan
iboratki magistr talabalarni o'zlari tanlagan mutaxasisliklari asoslarini o'rganish bilan birga
ularda yuksak e'tiqodni shakllantirish, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash kabi ustuvor vazifalar
turadi. Maxsus fanlarni o'qitish bo'yicha ta'lim jarayonlarini tashkil
qilishda har bir maxsus
fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda va uning xususiy tomonlarini hisobga olib o'qitish
jarayonlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Tuproqshunoslik yo`nalishidagi fanlarni
o`qitishda yangi, ilg`or pedagogic texnalogiyalardan foydalanish o`qitish jarayonida katta
ahamiyatga ega. Tuproqshunoslik fanidan dala amaliyoti mashg`ulotlarida kesma qazish
mavzusini o`qitishda yangi pedagogic texnalogiyalardan “klaster” Metodini qo`llash yaxshi
natija beradi.
Kesma
qazish texnikasi
Dalada kesma qazish uchun hamma talabga javob beradigan dala chekkasidan, jar tepasidan,
do'ng bo'lmagan qulay joy tanlab olinadi. Uzunligi 150-200sm, kengligi 60-80sm, chuqurligi
150-300sm bazan undan ham chuqur qilib kesma qaziladi. Gorizont chegaralari,
yangi
yaralmalar, o'simlik va hayvon izlari, namlik yaxshi ko'rinishi uchun kesma devori( ekran)
quyosh tushadigan tomonga qilib qaziladi. Qazib olingan tuproq faqat ikki yon tomonga
tashlanadi, ekran qismining ustiga tuproq tashlanmaydi.
Kesma
qazish
texnikasi
Tuproqshunoslik fanidan
dala amaliyoti
mashg`ulotlarida
tuproq
kesmasini
qazishmavzusini
o`qitishda “klaster”
metodini qo`llash
Tuproqni
analizga
tayyorlash
Tuproq
gorizontlari
Tuproq
gorizontla
ridan
namuna
olish
99
Tuproq gorizontlari
Tuproq gorizontlar-tuproq paydo bo'lish jarayonlari natijasida paydo bo'ladigan va yer
yuziga parallel yo'nalgan o'zining morfologik belgilari bilan ajralib turuvchi tuproq qatlamlaridir.
Tuproq gorizontlari bir biridan rangi, strukturasi, qovushmasi singari morfologik belgilari bilan
ajralib turadi. A- gumusli gorizont , B-O'tuvchi gorizont, C- ona jins.
Tuproq gorizontlaridan namuna olish
Tuproqdan namuna olish pastki qatlamdan boshlab navbati bilan olinadi. Chuqur
kovlab bo'lingach dastlab ona jinsdan keyin har bir qatlamning 10 sm qalinlikdagi orasi belgilab
olinib, dala doskasiga pichoq yordamida 1000gr atrofida namuna olinadi.
Olingan namuna
xaltachaga solinadi va qog'oz etiketkaga viloyat, tuman, qishloq nomi,maydoni kontur
raqami,namunaning olingan chuqurligi, qatlam qalinligi, sanasi , namiuna oluvchining familyasi
yozib u ham xaltachaga solinadi.
Tuproqni analizga tayyorlash
Daladan olinib, labaratoriyaga keltirilgan tuproq namunalari
havoda quritilib xona
haroratiga keltirilishi kerak. Chunki aksariyat tahlillar anashu holatdagi tuproqda o'tkaziladi.
Dasturda ko'zda tutilgan barcha tahlillarni o'tkazish uchun 1000 gr tuproq sarflanadi. Shundan
500gri tuproqning strukturasi tahlili uchun ketadi. Tuproq hovonchada ezilib, 1mmli elakdan
o'tkaziladi. Elakdan o'tkazilgan mayda tuproq chuqur raqami va qatlamning nomi, namuna
qanday chuqurlikda olingani, tajriba olib boruvchining familyasi yozilgan paketchalarga solib
qo'yiladi. Tuproqning qolgan ezg'ilanmagan qismi esa paketchadagi kabi yozuvlar yozilgan
100
alohida karton quticha yoki xaltachalarga solinadi. Ezgilangan tuproqli paketchalar ham o'sha
quticha yoki xaltachaga solinadi va labaratoriya tahlillari o'tlazish uchun saqlab qo'yiladi.
Xulosa qilib shuni aytganda yangi pedagogic texnalogiyalardan bo`lmish “klaster”
usulida dars mashg`ulotlarini o`tkazish o`quvchi-talabalarga katta qiziqishlar uyg`otib, dars
mavzusini har tomonlama chuqur va puxta o`zlashtirishga yordam beradi
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Q.T Alimov “Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi” Toshkent 2004-yil.
2.
I.P Boboxojayev, P.U Uzoqov “Tuproqshunoslik” Toshkent, Mehnat nashriyoti 1995-
yil.
3.
X.A Abdullayev, L.T Tursunov “Tuproqshunoslik asoslari” Toshkent 1994-yil
Do'stlaringiz bilan baham: