Таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Download 5,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/200
Sana22.06.2022
Hajmi5,16 Kb.
#691793
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   200
Bog'liq
0хирги туплам

 
 
CHO’LLANISHNI BOSHQARISH USULLARI VA MUHOFAZA QILINADIGAN 
YERLARDAN TOG’, YARIM CHO’L VA CHO’L LANDSHAFTLARIDAN 
FOYDALANISH. 
N.X. Hakimova, R.F.Vahobovich 
Buxoro davlat universiteti, Buxoro agroklaster DZZ Tuproq tahlil laboratoriyasi
Hozirgi paytda yurtimizning ekologik holatining buzilishi va undan kelib chiqadigan 
holatlar nafaqat insoniyat hayotida balki, o’simlik va hayvonot olamiga ham jiddiy tasir etib 
kelmoqda. Shu boisdan, o’simliklar olami kamayib cho’llanishni keltirib chiqarmoqda, bu esa 
achinarli hol sifatida qaralmoqda. Dunyoda ekologik muammolarning turli holatdagi 
ko‘rinishlari mavjud. Uning kelib chiqishi birinchi navbatda tabiiy muhitning ma’lum bir 
darajada o‘zgarishi bilan bog‘liq. Misol sifatida cho‘llanish muammosini tahlil qilib ko‘raylik. 
Tabiatda cho‘llar joylashuviga ko‘ra tekislik va tog‘li hududlarda, quruq va sovuq o‘lkalarda 
uchraydi. Masalan, Avstraliya materigining umumiy maydoniga nisbatan 83 foizi arid (quruq) 
o‘lka hisoblanadi. Afrikaning 59, Osiyo qit’asining 38 foiz maydoni shunday hududni 
qamrab olgan. E’tibor berib qaralsa, deyarli barcha cho‘llar atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. 
Cho‘llanish tinch-ohista, ko‘zga ko‘rinmas darajadagi inqiroz jarayoni bo‘lib, u tabiiy 
muvozanatning salbiy tomonga o‘zgarishidir. Eng achinarli holat tabiiy holdagi dorivor 
o’simliklar yo’q bo’lib bormoqda. Dunyo ekspertlari va BMT maxsus bayonotiga ko‘ra, 
bugungi kunda yer sharining o‘rtacha 30 foizi quruq, arid iqlimli o‘lkalarni tashkil qilib, 
cho‘llanishga duchor bo‘lgan, u yerda hozirda 100 dan ortiq davlatlarning 2 milliarddan ko‘p 
aholisi istiqomat qilmoqda. BMT cho‘llanishning bu qadar tez rivojlanishi oqibatida 2025 
yilga borib, dunyo aholisining har beshinchi kishisi cho‘llashgan hududda yashashiga to‘g‘ri 
kelishi haqida bong urmoqda. Bundan tashqari, shu paytgacha 2 milliard gektar hosildor yer 
inqirozga uchragan bo‘lsa, yana har yili unga 12 million gektar yer ana shunday holatga kelib, 
qo‘shilib bormoqda. Bundan tashqari cho’llanishish oqibatida qanchadan-qancha o’simlik 
turlari ha hayvonlar yo’q bo’lib ketmoqda. Tabiiyki, cho‘llanish mamlakatlarni iqtisodiy, 
ijtimoiy va ekologik muammolarga duchor qilish bilan birga, o‘z navbatida, insoniyat uchun 
birinchi navbatda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi, biologik xilma-
xillikni yo‘qotish, salomatlik, suv tanqisligi, hatto ocharchilik, qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi 
va hakozolar oqibatlarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Buni oldini olish maqsadida 
turli xil tadbirlarni amalga oshirish, cho’llanishni bartaraf etish lozimdir. Butun dunyo 
sog‘liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, turli xil kasalliklarning kelib chiqishi 
negizida asosan cho‘llanish asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Cho‘llanish suv resurslari, 
uning miqdor va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yillar borgan sari qurg‘oqchil kelmoqda. 
Hosildor yerlarni yo‘qotish esa, kishilik jamiyatining hayotini xatarli qarorlar qabul qilishga 
undaydi. Dunyo miqyosida qabul qilinayotgan qarorlar yer resurslari va atrof-muhit 
muhofazasi masalasini to’laligicha qamrab olgan. Unda quruq, yarim quruq, o‘ta quruq 
hududlar, arid mintaqalarning o‘zaro bog‘liqlikdagi ekotizimlar ekanligi qayd etilgan. Ushbu 
qarorlarga binoan, uning asosiy maqsadi “Global miqyosda cho‘llanish va yaroqsiz holga 
kelib qolish (degradatsiya)ning oldini olish orqali qurg‘oqchilikning ta’sirini kamaytirish, 


101 
ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun uni qo‘llab-quvvatlash, shu kabi yo‘llar bilan 
qashshoqlikning oldini olish, iloji boricha unga yo‘l qo‘ymaslik” ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
O‘rta Osiyo mintaqasi cho‘llanish borasida o‘ziga xos muammolari bilan ajralib turadigan 
o‘ta qurg‘oqchil va quruq hududlarning klassik namunasidir. Shu sababli Kaspiy dengizidan 
Pomir tog‘igacha bo‘lgan oraliqdagi tekstlikda to‘rt million kvadrat kilometrdan ortiq 
maydonga ega O‘rta Osiyoda cho‘llanish xavfi kuchlidir. Hozirgi vaqtda bu hududning 2/3 
qismidan ko‘prog‘ini quruq yerlar egallaydi. O‘rta Osiyo – iqlim o‘zgarishiga ta’sirchan eng 
zaif mintaqalardan biridir. Iqlimshunoslar tahliliga ko‘ra, haroratning sezilarli darajaga 
ko‘tarilishi yog‘ingarchilik me’yorlarining buzilishi, abadiy muzliklar erishining jadallashuvi 
– bularning barchasi uzoq muddatlarga borib cho‘llanish jarayonini yanada kuchayishiga olib 
keladi. Sobiq ittifoq davrida yerdan oqilona foydalanmaslik, shu jumladan, tinimsiz 
o‘zlashtirilgan maydonlarni intensiv sug‘orish, tog‘ o‘rmonlarining chekinishi, paxta 
yakkahokimligi, cho‘llarni ihotalovchi 
dov-daraxtlarning 
ayovsiz kesilishi, tog‘-kon 
sanoatining rivojlanishi, mintaqada Orol dengizining inqirozi kabi minglab ekologik 
oqibatlarni keltirib chiqardi, unumdor yerlarning tanazzuliga olib keldi. Cho‘llanish jarayoni 
qishloq aholisining turmush tarziga bevosita ta’sir qiladi, u yer resurslari unumdorligini 
pasaytiradi va geotizimlarning barqarorligi va ularning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan buyon, 
mintaqada qishloq xo‘jaligining hosildorligi 20-30 foizga pasaygan, bu esa har yili qishloq 
xo‘jaligini 2 milliard dollar yo‘qotishiga olib keladi. Afsuski, infratuzilmaning kuchsizligi, 
davlatlarning texnik, ma’muriy va moliyaviy imkoniyatlari, axborot almashinuvi va 
gidrometeorologik monitoringning sustligi — bular barchasi cho‘llanishga qarshi kurashish 
va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga yordam bermaydi. Eng achinarlisi, qishloq 
xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi tuproq va o‘simlik degredatsiyasini kuchaytirdi. Oqibatda, 
O‘rta Osiyoda chang bo‘ronlari kuzatiladigan kunlar soni keyingi yillarda keskin 
ko‘paymoqda. Bularning birgina sababi o’simliklarning yo’qolib ketishi va shuningdek, 
chang-to’zonlarni ushlab qolishiga to’siq bo’luvchi omil yo’qligidir. Bugungi kunda 
BMTning tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘rta Osiyoda qurg‘oqchilikning oldini olish 
uchun mintaqaviy tashabbus ustida bosh qotirmoqda. Ushbu tashabbusning asosiy vazifalari 
sifatida qurg‘oqchilikni boshqarish va unga chidamlilikni oshirish bo‘yicha umumiy strategik 
dasturni ishlab chiqish, qurg‘oqchillika tayyorgarlik va unga bardoshlilik bo‘yicha siyosiy 
tashabbusni kuchaytirish, zaruriy ehtiyojlarni aniqlash va mintaqada ishonarli tajriba 
almashish va hamkorlik qilishdir. O‘rta Osiyoda eng yetakchi davlat — O‘zbekiston 
Respublikasi ham BMTning tabiatni muhofaza qilish masalalarini birinchilardan bo‘lib, 
ratifikatsiya qilgan. 1999 yildayoq cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha “Milliy dastur” 
qabul qilingan. Bugungi kunda “ikkinchi milliy dastur” loyihasi tayyorlanmoqda. Ushbu 
loyiha dasturi va barqaror rivojlanishning milliy strategiyasi cho‘llanishga qarshi kurashish 
strategiyasining uzviy davomi sanaladi. So‘nggi yillarda Orol muammosiga bag‘ishlangan 
ikkita davlat dasturi qabul qilindi. Cho‘llanishga qarshi kurashish, suv resurslarni boshqarish 
va shuningdek, o‘rmon resurslari muhofazasi bilan shug‘ullanmoqda. Tabiatni muhofaza 
qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 
yerdan foydalanishda yangi innovatsion tejamkorlik tajribalarini keng miqyosda joriy qilish 
amalga oshirilmoqda. 
Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasida cho’llanish va 
qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida" gi PQ-4204-sonli qarori qabul qilindi.Ushbu qaror bilan O’rmon xo’jaligi davlat 
qo’mitasiga bir qator qo’shimcha funksiyalar yuklatildi. Bular quyidagilardan iborat. 
Respublikada cho’llanishni oldini olish, O’rmonlarni qayta tiklash va ixota o’rmonlarini 
ko’paytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish,
O’zbekistan Respublikasining 
cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish,
Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo’yicha xalqaro va mintaqaviy 


102 
tashkilotlar bilan samarali o’zaro xamkorlikni ta’minlash, O’zbekiston Respublikasida 
cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va 
amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora maxallyi ijro etuvchi hokimiyat organlari 
ishlarini muvofiqlashtirish, Konvensiya talablarini bajarish doirasida “O’zbekiston 
Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish kabi holatlar qayd etilgan. 
Buxoro viloyati misol tariqasida qilingan ishlar quydagicha izoh berish mumkin. Bundan 
tashqari Buxoro viloyatida Qizilqum cho’lidan sug’oriladigan vodiy yerlarini xamda 
infrastrukturalarni qum bosishidan saqlash maqsadida 200 ming gektardan ortiq maydonda 
Buxoro yashil qalqonini yaratish maqsadida saksovuzorlar barpo etish bo’yicha ishlar 
boshlangan.
Shuningdek, o’rmon fondi yerlaridan tashqari qishloq xo’jaligining sug’oriladigan 
yerlarini meliorativ holatini yaxshilash, suv xo’jaligi ob’ektlarini qum bosishdan himoya qilish 
maqsadida ixota daraxtzorlari barpo qilish ishlari Davlat Dasturiga kiritildi. Suv xo’jalik ishlarini 
to’g’ri yo’lga qo’yish qurg’oqchilikni oldini olgan va shuningdek tabiiy manbalarni saqlab 
qolgan bo’lamiz.Kelgusida cho’llanishga va qurg’oqchilikka qarshi kurash ishlarini yanada 
samaraliroq tashkil etish maqsadida "Cho’llanish va yerlarni tanazulliga (degradatsiyasiga) 
qarshi aktual masalalarni muhokama qilish bo’yicha Xalqaro platforma tashkil etish bo’yicha 
muzokaralar olib borilmoqda.Shu kabi yana bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu 
masalalar bo’yicha qilinadigan ishlar juda ko’p. Maqsad cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi 
kurashish bo’yicha innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga keng tadbiq etish, mahalliy aholini 
cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashishi bo’yicha habardorligini oshirish, yerlardan 
barqaror foydalanishni tashkil etish. Cho’l, yarim cho’l va tog’ oldi mintaqalardan to’g’ri 
foydalanish va shu muhitga mos o’simlik turini yarata olish maqsadga muofiq bo’ladi. Bundan 
tashqari cho’llanishni oldini olish to’g’ri melioratsiya tadbirini qo’llash muhim usullardan biridir. 
Umuman olganda cho‘llanish ekologik muammolar ichida bugungi kunda eng dolzarb masala 
bo‘lib sanaladi. 

Download 5,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish