Таълим вазирлиги қарши давлат университети


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 2,07 Mb.
bet24/111
Sana09.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#760682
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
Bog'liq
sotsial psixologya

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqat jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Shu tufayli o‘qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo‘nalgan holda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo‘lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorini, ularning ustanovkalarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
Jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, odamlarning turli sharoitlarda o‘zlarini tutishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun-qoidalardir. Chunki, o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida qabul qiladi. Masalan, o‘smir bola, umuman yoshlar jamoat joylarida kattalarga o‘rin bo‘shatib berishlari kerakligi ham xulq-atvorning bir normasi. Otaning gapini bola tomonidan bo‘linmasligi, kattalar so‘zlari va pand-nasihatlariga e’tiborli bo‘lish ham bizning xalqimiz uchun norma hisoblanadi. Shu normaga amal qilish yoki qilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orqali boshqariladi. YA’ni, yuqoridagi sharoitda agar o‘smir bola avtobusda qariyaga joy bo‘shatmasa, yoki otaga gap qaytarilsa, jamoatchilik, oilaning boshqa a’zolari o‘sha zahoti uni ijtimoiy tartibga chaqiradi.
Demak, har bir shaxs turli sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi. Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o‘z xulq-atvorlarini, qolaversa, o‘zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda bir-birlariga moslashadilar. Lekin ba’zan shunday bo‘lishi ham mumkinki, rollarning ko‘pligi rollararo ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o‘qituvchisining o‘zi o‘qitayotgan sinfda farzandi bo‘lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o‘zida ham ota, ham o‘qituvchi rolini bajarishga majbur bo‘ladi. Yoki xulqi yomon o‘quvchining uyiga kelgan o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham mehmon rollari o‘rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o‘zaro muloqotlari ijtimoiy kutuvlar (ekspektatsiya) tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o‘qituvchidan ma’lum harakatlarni kutishadiki, ular o‘qituvchi roliga zid bo‘lmasligi kerak. O‘z rollariga mos harakat qilgan, doimo meyor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli, normal harakatlar deb ataladi. Masalan, o‘qituvchining odobi, o‘z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, o‘zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. YA’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning o‘z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo‘ladi. O‘qituvchi shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga anchagina o‘yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil yog‘och o‘yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg‘iz qoldirilib, harakatlari pinhona kuzatilgan. Juda ko‘p bolalar taqiqlangan o‘yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida endi barcha o‘yinchoqqa tegish mumkinu, faqat qizil qutichaning qopqog‘ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu bolalarning o‘qituvchisi surati ilib qo‘yilgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda “ta’qiqni buzuvchilar” soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa o‘qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o‘qituvchi obro‘yining roli haqida ham aytish lozim. Chunki, obro‘li odam doimo o‘sha obro‘ qozongan guruhida o‘z mavqeiga va ta’siriga ega bo‘ladi. Shaxs obro‘yi uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obro‘ amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi – shaxsning odamlar bilan to‘g‘ri munosabati, undagi odamiylik xislatlarining, boshqa ijobiy xislatlarining uyg‘unlashuvidadir. Psixologik obro‘ – ta’sir ko‘rsatishning eng muhim mezonidir.
Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy odamlarning birgalikdagi harakati va uzaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan sotsial nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topadigan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos sistemasini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan sotsial nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash) ni o‘z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar xulq-atvoridan farq qiluvchi xatti-harakatiga atrofdagilarning bir xilda munosabat bildirishi dalolat beradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi bexad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi, xarbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy qoidaga mos keladigan xulq-atvorga po‘lat erituvchining o‘z ish joyidagi eng yuqori unumga erishuvi ham, birinchi sinf o‘quvchisining o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘rnidan turishga odatlangan qoidasining bajarilishi ham kiradi.
Odamlarning ijtimoiy qoidalarga murojaat qilishi ularda o‘z xulq-atvori uchun mas’ullik hisini uyg‘otadi, xarakatlar va qiliqlarining ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini baholagan holda ularni to‘g‘rilab borish imkonini tug‘diradi. Qoidalarga qarab mo‘ljal olish kishiga o‘z xulq-atvorining shakllarini andazaga qarab moslash, keraklilarini, sotsial jihatdan maqbullarini tanlab olish, nomaqbul shakllariga amal kilmaslik, o‘zining boshqa odamlar bilan munosabatlarini yo‘naltirib va boshqarib borish imkonini beradi. O‘zlashtirilgan qoidalardan odamlar o‘zlarining xususiy xulq-atvorini o‘zgalarning xulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar.
O‘zaro birgalikdagi harakat jarayonlarida sotsial nazorat munosabatga kirishadigan odamlar «bajaradigan» rollar .repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Psixologiyada rol deganda xulq-atvorning normativ jihatdan ma’qul bo‘lgan muayyan ijtimoiy mavqeni (lavozimga, yoshi yoki jinsiy belgilariga, oiladagi mavqeiga va boshqalarga ko‘ra) egallab turgan har bir kishidan tevarak-atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi. Subyekt o‘qituvchi yoki o‘quvchi, vrach yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, boshliq yoki bo‘ysunuvchi, ona yoki buvi, erkak yoki ayol kishi, mehmon yoki mezbon va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak.
Yolg‘iz bir kishining o‘zi munosabatning turli xil vaziyatlariga duch kelarkan, qoida tariqasida har xil rollarni bajaradi. O‘zining xizmatdagi roliga ko‘ra direktor bo‘lib turgan kishi betob bo‘lib qolganida bemor roliga kirgan holda vrachning barcha ko‘rsatmalarini bajaradi; shu bilan birga uy sharoitida u keksa onasining mo‘mingina o‘g‘li rolini saqlab qoladi; mehmonlarni qabul qilayotgan kezda mehmonnavoz mezbon bo‘lib chiqadi va hokazo. Rol mavqelarining ko‘pligi ba’zida ularning to‘qnash kelishiga — rol konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo‘ladi. O‘qituvchi pedagog sifatida o‘z o‘g‘lining xarakteridagi kamchiliklarni sezmasligi mumkin emas va unga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi, lekii ota sifatida u ba’zan rahmdillik qilib, bolaning salbiy qiliqlarini haspo‘shlab, ularning avj olishiga ko‘maklashadi. Intizomsiz o‘kuvchining ota-onalari huzuriga kelganda pedagog mehmon sifatida ularning farzandi nojo‘ya xatti-harakat qilgani haqidagi noxush xabar bilan mezbonlarni ranjitmasligi lozim edi, lekin o‘qituvchi sifatida shunday qilishga majburdir.
Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning o‘zaro birgalikdagi harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istaydimi yoki istamaydimi, lekin atrofdagilar undan muayyan namunaga mos keladigan xulq-atvorni talab qiladi. Rolning qonday bajarilishi sotsial nazorat ostida bo‘ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baholanadi va namunadan salgina chetga chiqilishi esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar mexribon, hushmuomala, bolalarning ayblariga nisbatan shafqatliroq bo‘lishlari kerak —bu rollar ehtimoliga mos bo‘lib tushadi va ijtimoiy jihatdan ma’qullanadi, har kanday rag‘batga loyiq deb tan olinadi. Lekin atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi haddan oshib ketayotgani, hamma narsa ham kechirilayotgani sezilib turadi va qat’iyan koralanadi. «Onajonisi o‘g‘lini erkalatib yubordi, ko‘p o‘tmay u hali onasi tugul, boshqalarning ham boshiga chiqib oladi»— bu qat’iy, ehtimol, nohaq, lekin onaning mehribonligiga nnsbatan rollar ehtimolining eng oxirgi chegarasini aniq belgilab beradigan hukmdir. Ota-onalar bolalariga nisbatan qattiqqo‘l va talabchak bo‘lishlari kerak. Bu ham ota-onalar roliga oid yo‘l-yo‘riqdir. Bu o‘rinda ijtimoiy baho ana shu yo‘l-yo‘riqlarning ikkinchi bir mutlaq chegarasini belgilab beradi. «U onasining oldida miq eta ol-maydi, u bolani tamomila ezib tashlabdi»,—«orqavoratdan» qoralash shundoqqina sezilib turibdi. Shu tariqa ona rolining bajarilishi ijtimoiy jihatdan ma’qul deb topiladigan muayyan diapazon mavjud. Xuddi shu narsa oilaning katta yoshdagi avlodga mansub boshqa a’zolariga ham taalluqlidir.
Bolaga kelganda shuni aytish kerakki, uning rolidan gapga albatta quloq solishi, kattalarni hurmat qilishi, a’lo o‘kishi, saranjom-sarisht,tirishqoq bo‘lishi va shu kabilar bilan bog‘liq holda kutiladigan maqsadlar hammaga ayon. Atrofdagilarning barchasi—faqat oilada emas, balki undan tashqari hamma joyda bolaga (maktab o‘quvchisimi, yo o‘spirinmi, bundan qat’y nazar) sira ham «orqavoratdan» emas, balki, aytish mumkinki «ochiq tekst» bilan, uning o‘z roliga loyiqli yoki loyiq emasligini aytaveradi. Shunday kilib, o‘zaro birgalikda harakat qilayotgan odamlar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan tahminlariga mosligi munosabat jarayonida muvaffakiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
Munosbatga kirisharkan, har bir kishi o‘zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning xulq-atvari, so‘zlari va hatti-harakatlari ko‘proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo‘lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitashga yoki ularda ko‘rshga tayyor bo‘lgan narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish, qobidiyati va malakasi odob deyiladi. Bundan odobli kishi har doim va barcha hollarda bunday ehtimolga amal kilaverishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Bordi-yu, subyektinng prnsiplari va e’tiqodi uning nazarida atrofdagilar undan kutishayotganiga nisbatan keskin ravishda zid bo‘lgan vaziyat vujudga kelgudek bo‘lsa, u prinsipiallik ko‘rsatib, o‘z xulq-atvorining odobga qay darajada to‘g‘ri kelish-kelmasligi haqida qayg‘urib o‘tir-masligi ham mumkin. Galileyning «u baribir aylanyapti!» degan mashhur iborasi undan o‘z so‘zidan tamomala va qat’iyan voz kechishni kutayotgan inkivizatorlarga nisbatan odobsizlik deb qaralishi mumknn emas, albatta. Balki bu yuksak prinsi-piallik, ilmiy xalollik va grajdanlik matonat dalili, xolos.
Lekin kundalik xayotiy vaziyatlarda noto‘g‘ri taxmin qilish yoki buni ilkor etish odobdan emas. Odobsizlik-— bu munosabat jarayonida munosabatga kirishganlarning o‘zaro birgalikdagi harakatlarining izdan chiqishiga olab keladigan va ba’zan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilish demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg‘araz xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, agar ikkita tanish odam uchrashganda juda ham rasmiy tarzda berilgan «Ishlar kalay»? degan savolga ulardan biri xonadondagi barcha kishilar sog‘lig‘i to‘g‘risida, keyingi kunlardagi uncha ahamiyatsiz voqealar xususida batafsil hikoya qila boshlasa, bu ma’lum darajada odobsizlik deb qaralishi mumkin. Lekin ayrim xollarda odob talablariga rioya qilmaslik jiddiy salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Bu ayniksa, pedagogik munosabat chog‘ida odobsizlik ko‘rinishlarining sodir bulishiga taalluklidir.
Konkret bir misol keltiramiz. O‘qituvchi tuqqizinchi sinfda ifodali o‘qish to‘garagini toshkil yetib uni ancha muvaffaqiyatli ravishda olib borardi. Lekin kunlardan birida quyidagi hol yuz berdi. To‘garak rahbari I. A. Krilovning «Sinchkov kelin» masali ustida ishlashni taklif etadi.U hali o‘qishni boshlamasidanoq, to‘garak qatnashchilaridan biri o‘rnidan turib, boshqa masalni tanlashni iltimos qiladi: «Boshqa xohlagan masalni olayik, faqat bunisini emas!» — «Nima uchun, tushuntirib bering»—e’tiroz bildiradi o‘qituvchi. «Ayta olmayman...»— o‘quvchi sekingina javob beradi. O‘qituvchi buning hammasini akslikka yo‘g‘rib, o‘z so‘zida turib oladi. Yigitcha lablarini tishlagancha o‘rniga o‘tiradi. O‘qituvchi masalning tugallovchi

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish